Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish



Download 21,56 Mb.
bet115/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

7.3. Tamponaj sementlari

Tamponaj sementlari bog‘lovchi moddalar (portlandsement, shlak, ohak), minerallar (kvarsli qum, asbest, gil, shlak), organiq moddalar (sellyuloza, ishlab chiqarish chiqindilari)dan tashkil topgan.

Bog‘lovchi moddalarning turlariga qarab sementlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1) portlandsement asosidagi tamponaj sementlari;

2) domina shlaklari asosidagi tamponaj sementlari;

3) ohak-qum aralashmalari;

4) boshqa tamponajlash sementlari.

Qo‘llanish sharoitlariga qarab tamponaj sementlari qumli, tolali, gel-sementli, sulfat tuzlariga barqaror, kengayuvchi, yengillashtirilgan, suv emulsiyali, neft-sementli bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda tamponaj sementlarining quyidagi nomenklaturasi aniqlangan.

1. Sovuq va issiq quduqlar uchun tamponaj materiallari. Odatda, quduq tubi harorati yuqori bo‘lgan chuqur quduqlar uchun qo‘llaniladigan sementlarning qotishiga 1 soat 15 min vaqt ketadi. Ularni 100-1200S haroratda 2 kechayu-kunduz saqlansa, mustahkamligi 1,8 MN/m2 (18 kgs/sm2) ga teng bo‘ladi. Bu sementlarning qotish darajasi konsistometr yordamida aniqlanadi.

2. Yengillashtirilgan tamponaj sementlari – zichligi 140-1650 kg/m3 bo‘lgan eritmalarda qo‘llaniladi. Yengillashtirilgan tamponaj eritmalari sifatida gillar yoki gidravlik qo‘shimcha (penza, distomin, trepel, opoka) lar ishlatiladi

3. Og‘irlashtirilgan tamponaj sementlari – sement klinkeri (40%) bilan gematit (60%) ning birgalikdagi mahsuloti. Ularni zichligi 2200 kg/m3 bo‘lgan og‘irlashtirilgan gilli eritmalar bilan burg‘ilangan quduqlarni sementlashda qo‘llaniladi.

4. Tolali sementlar – kichik bosim ostida darzli qatlamlarga sement eritmalarining kirish chuqurligini kamaytirish talab qilingan sharoitlarda hamda yuvish eritmalarining yutilish zonalarini tugatishda qo‘llaniladi. Bu sementlarning 1200C haroratda mustahkamligi 1,8 MN/sm2 (18 kgs/sm2) teng bo‘ladi.

5. Qumtoshli tamponaj sementlari – sement-klinker maydalangan aralashmasi bilan qumning birgalikdagi mahsuloti. Bu sementlar qatlam suvi tuzlarining ta’siriga qarshi yuqori barqarorlikka ega va sement toshi bilan tog‘ jinsining zich kontaktda bo‘lishini ta’minlaydi.

6. Kengayuvchi sementlar – qotish jarayonida bu sementlarning hajmi o‘zining dastlabki hajmiga nisbatan 2%gacha kattalashadi. Odatda sementning bunday qotishi natijasida quvurlar orti buhitida bosim oshadi. Bu esa sement eritmasining zich va mustahkam halqa hosil qilishini ta’minlaydi.

7. Putssolan sementlar – o‘rtacha chuqurlikdagi quduqlarning mustahkamlovchi quvurlari birikmalarini sementlashga mo‘ljallangan. Putssolan sementi portlandsement klinkeri va nordon gidravlik qo‘shimcha (putssolan, trepel, diatomit) lardan tashkil topgan gidravlik bog‘lovchi modda hisoblanadi. Bu sement chuchuk va sulfat suvlarida katta suv o‘tkazuvchanlik va yuqori barqarorlik xossalariga ega.

8. Gil tuproqli sementlar tez qotuvchi gidravlik bog‘lovchi material hisoblanadi. U burg‘ilash jarayonida oddiy tamponaj sementlariga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Tamponaj sementi bilan gil-tuproqli sementning aralashmasi (odatda 5:1 yoki 4:1) sementning qotish muddatlarini keskin qisqartiradi.


Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish