FAN DASTURI
ISHCHI O‘QUV DASTUR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Ro‘yxatga olindi:
№________________
2021-y «_____»_______
|
|
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_____________ ________________
«____» _____________ 2021- yil
|
QUYOSH ENERGETIKASI
fanidan
ISHCHI DASTURI
Bilim sohasi:
|
700 000
|
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
|
Ta’lim sohasi:
|
710 000
|
Muhandislik ishi
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60711000
|
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
|
Umumiy o‘quv soati
|
|
276 soat
|
5-semestr
|
6-semestr
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
Ma’ruza
|
–
|
64 soat
|
32 soat
|
32 soat
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
–
|
48 soat
|
32 soat
|
16 soat
|
Laboratoriya mashg‘ulotlar
|
–
|
32 soat
|
16 soat
|
16 soat
|
Mustaqil ta’lim soati
|
–
|
132 soat
|
66 soat
|
66 soat
|
Andijon-2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil “25” 18 dagi 744-sonli buyrugining 6 - ilovasi tasdiqlangan. “Quyosh energetikasi” fan dasturi asosida tayorlangan.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Andijon mashinasozlik instituti O‘quv uslubiy Kengashining 202__ yil “___” ______________ dagi “___” - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
L.Olimov - AndMI professori.
O.Parpiyev - AndMI “Muqobil energiya manbalari” kafedra assistenti.
Taqrizchilar:
1. B.Azizov - Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxasisi.
2. B.Mamadjanov – Andijon Masinasozlik Instituti dotsenti.
O‘quv - uslubiy bo‘lim boshlig‘i
2021-yil “_____”___________________________________ K.Yo‘ldashev
(imzo)
AndMI Avtomatika va elektrotexnika
fakulteti dekani:
2021 - yil “_____”____________________________________ Sh.Daliyev
(imzo)
“Muqobil energiya”
kafedrasi mudiri:
2021 - yil “_____”________________________________ D.Alijanov
(imzo)
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu fan bugunda butun dunyoda tez rivojlanayotgan qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlashda muxim tayanch tizimi bo‘lib xizmat qiladi, chunki ko‘p yillar davomida insoniyat tabiiy uglevodorod resurslardan foydalanishda tejamkorlik xaqida faol xarakatlar olib borilmadi. Texnologiyalar qanchalik jadallik bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, tabiiy ug‘levodorod resurslari ham shu qadar tez yemirilib borayotganligi ayon bo‘ldi. Shundan so‘ng qayta tiklanadigan resurslar zaxirasi asosida quyosh energiyasidan quvvat manbai sifatida foydalayish borasida keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi.
Yurtimizda quyosh energiyasidan bevosita yoki uni o‘zgartirish orqali foydalanib ishlaydigan qurilmalarni keng miqyosda joriy etishda “Quyosh energetikasi” fani quyosh energetikasining asosiy tushunchalarini; katta va lokal energiya tizimida quyosh energiya qurilmalarining ishlash faoliyatidagi gelioenergetik hisob-kitoblarini va avtonom iste’molchiga ta’luqli axborot ta’minot xususiyatlarini; yerdagi ixtiyoriy nuqtaga va maydonga kelib tushayotgan quyosh nurlarining orientatsiyasini hisoblash usullarini; istiqbolli quyosh fotoelektr qurilmalari, quyosh kollektorlarining energetik tavsiflari va asosiy texnik sxemalarini; ob’ektlarni va qurilmalarni muqobil energiya manbai orqali elektr ta’minotining va quyosh energiyasidan foydalangan xolda ob’ektlarni elektr ta’minotining umumiy masalalarini; avtonom elektr ta’minot iqtisodiyotini, resursni tejamlovchi texnologiyalarni o‘rganadigan bo‘limlardan iborat.
Shu sabab, quyosh energiya resurslari ta’minotidan keng foydalanishda o‘quv rejasida ko‘rsatilgan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida faol qatnashish, QTEM uskunalari va qurilmalari va elektr jixozlaridan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘rganib chiqish, ulardan ongli ravishda foydalana olish, butlovchi konstruksiya qismlarini loyihalashtirishni bajara olish kabi vazifalarni talabaga yuklaydi.
“Quyosh energetikasi” fani “Muqobil energiya manbalari” yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalar uchun maxsus mataxasislik fani hisoblanib, asosan 3- kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi mutaxasislik fanlarning o‘zagi hisoblanib, yurtimizda energetika sohasining kelajak rivojida malakali kadrlar tayyorlashda muxim manba bo‘lib hizmat qiladi.
Ushbu dastur quyosh energetikasining energetika sohasidagi o‘rni va xozirgi kunda kelajak uchun poydevor qo‘yish kabi dolzarb muammolarni ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |