ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “AVTOMATIKA VA ELEKTROTEXNIKA” FAKULTETI 3-KURS 259-17 GURUH TALABASI ABDULLAJONOVA SAIDANING ELEKTR MEXANIK TIZIMLARDA RELE HIMOYASI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Mavzu: Elektr uzatish liniyalarida qo‘llaniladigon asosiy himoyalar
Elektr uzatish liniyalarida asosan qo‘yidagi himoyalar qo‘llaniladi.
1. Tok himoyalari. Tok himoyasi deb himoyalanayotgan oboektda tok oldindan belgilangan maolum qiymatlar chegarasidan chikanda ishlaydigan himoyaga aytiladi. Tok ortganda ishlaydigan tok himoyalari maksimal tok himoyasi (MTH) (oddiy va yo‘naltirilgan) hamda tok otsechkasi (TO) ga bo‘linadi va ular elektr qurilmalarni himoya qilishda asosiy yoki rezerv himoya sifatida keng qo‘llaniladi.
2. Differensial himoyalar. Differensial himoyalar bo‘ylama va ko‘ndalang diferensial himoyalarga bo‘linadi. Bo‘ylama differensial himoyaning ishlash prinsipi himoyalanayotgan oboektning kirishi va chiqishidagi toklarni taqqoslashga asoslangan. Bo‘ylama differensial himoya asosiy elektr qurilmalar va uzunligi 20 km gacha hamda kuchlanish 35 kV va undan yuqori elektr uzatish liniyalarida qo‘llaniladi. Ko‘ndalang differensial himoya parallel liniyalardagi toklarni taqqoslashga asoslangan va uzunligi katta parallel liniyalarda qo‘llaniladi.
3. Masofa himoyalari. Masofa himoyalarining ishlash prinsipini umuman olganda himoya o‘rnatilgan nuqtadagi kuchlanish va tokning nisbati, yaoni qisqa tutashuv nuqtasigacha bo‘lgan qarshilikni o‘lchashga asoslangan. Masofa himoyalari asosan qishloq elektr tarmoqlarida qo‘llaniladi.
3. Masofa himoyalari. Masofa himoyalarining ishlash prinsipini umuman olganda himoya o‘rnatilgan nuqtadagi kuchlanish va tokning nisbati, yaoni qisqa tutashuv nuqtasigacha bo‘lgan qarshilikni o‘lchashga asoslangan. Masofa himoyalari asosan qishloq elektr tarmoqlarida qo‘llaniladi.
Qisqa tutashuv hosil bo‘lganligining belgilaridan biri tokning ortishidir. Bu belgidan maksimal tok himoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Maksimal tok himoyasi deb faza toki oldindan belgilangan maolum qiymatdan ortganda ishlaydigan himoyaga aytiladi.
Tok himoyalari maksimal tok himoyasi va tok otsechkasiga bo‘linadi. Ular orasidagi asosiy farq himoyaning tanlash xususiyatini taominlashda. MTH ning tanlash xususiyati hayallash vaqtini to‘g’ri tanlash va TO ning tanlash xususiyati esa ishga tushish tokini to‘g’ri tanlash yuli bilan amalga oshiriladi. MTH maksimal yuklama toklari va dvigatellarning ishga tushishi toklaridan, TO esa himoyalanaetgan oboektning so‘nggidagi maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtiriladi.