Muqobil energiya manbalari



Download 12,87 Mb.
bet11/155
Sana19.02.2022
Hajmi12,87 Mb.
#459805
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155
Bog'liq
quyosh majmua

A’nanaviy IEM
Ikkilamchi energiya manbalarining ishlatilishining xozirgi holatdagi istiqbollari. IEM chiqishi va ishlatilishi
Haqiqiy texnologik jarayonlar maium yoqilg'i, elektr va issiqlik energiyasini sarf etishni talab qiladi: kimyoviy reaksiya, mexanik ta’sir natijasida yonayotgan gazlar, issiqlik tashuvchilar, gaz va suyuqliklar ortiqcha bosim ostida issiqlik ajratib chiqaradi. Bu energiya resurslaridan odatda, to‘la hajmda ishlatilmaydi yoki umuman foydalanilmaydi. Mazkur texnologik jarayonda yoki qurilmada foydalanilmaydigan energetik chiqindilar ikkilamchi energetik manbalari nomini oldi(IEM).
Uzoq vaqt IEM dan foydalanishga yetarli darajada e'tibor qara- tilmadi. Ularning mohivati to‘laligicha ochilmadi, hisoblash uslub- lari esa yo'q bo‘lgan. Ikkilamchi energetika manbalari (IEM) mahsulotlarning. chi- qindilarning, o'tkinchi mahsulotlarning, texnologik agregatlar (qurilmalar)da hosil boradigan energetik potensiallardir. Ular mazkur agregatlarda foydalanilmasligi mumkin, lekin boshqa iste'molchilarni energiya ta'minoti uchun qisman yoki to'liq ish- latilishi mumkin. Yoqilg'ini qayta ishlovchi qurilmalar (neftni qayta ishlash, gaz generatorlari, koks qiluvchi, ko‘mirni to‘yintiruvchi va h.k.) mahsulotlarning kimyoviy bog'langan issiqligi, agregatga tushadigan hamda oqimlarni qizdirish uchun foydalaniladigan chiqindilarning issiqlik energiyasi - IEM manbai ikkilamchi manbalariga kiritilmaydi.
Ikkilamchi energiya manbalarining chiqishi — bu mazkur qurilmada malum vaqt birligida hosil bo’ladigan va shu vaqt davrida ishlatishga yaroqli bolgan IEM lar miqdoridir.Ikkilamchi energiya manbalar miqdoriga ishlab chiqarish deb. utilizatsiya qurilmasida IEM hisobiga olingan, issiqlik miqdori, suyuqlik, elektr energiyaga aytiladi. IEM hisobiga ishlab chiqarish quyidagilarga ajratiladi: mumkin bo'lgan ishlab chiqarish, ya’ni qurilma ishlab turganda olish mumkin boigan maksimal energiya miqdori; iqtisodiy maqsadga qaratilgan muvofiq ishlab chiqarish, ya’ni bir qator iqtisodiy omillar (tannarx, mehnat xarajatlari va h.k.) hisobiga olingandagi ishlab chiqarish; rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish - maium davrda mavjud utilizatsiya qurilmalarni modernizatsiya qilish, yangilarini kiritib olishda moijallangan energiya miqdori: haqiqiy ishlab chiqarish - hisobiy davrda real olingan energiya. Ikkilamchi energetik manbalardan foydalanish — bu mazkur agregatlarda IEM foydalanilgan miqdorni boshqa qurilma va tizimlarda ishlatilganligidir. Iste'molchi tomonidan IEM ni ishlatish energiya tashuvchi turini bevosita o'zgartirmasdan, yoki uni energiyani boshqa turiga aylantirish hisobiga yoki utilizatsiya qurilmalarda mexanik ish, sovuqlik issiqlik ishlab chiqarish sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Issiqlik IEM - bu chiqarayotgan gazlar asosiy va qo'shimcha mahsulotlar issiqligi, kul va shlaklar, texnologik qurilmalarda ishlatib bolingan issiq suv va bug issiqligi, texnologik qurilmalarni sovutish tizimi. ishchi organlarining issiqligi. Yonuvchi IEM - boshqa qurilmalarda bevosita yoqilgi sifatida qollanilishi mumkin boigan va keyinchalik mazkur texno- logiyalarda yaramaydigan yonuvchi gazlar va chiqindilar: yog‘ochni qayta ishlash sanoati chiqindilari (yog'och mahsulotlarining chiqindi va qirindilari), imorat va inshootlar konstruksiyasining yonuvchi elementlari, sellyuloza qog‘oz ishlab chiqaruvchi yonuvchi elementlari va boshqa qattiq hamda suyuq yoqilg'i chiqindilari.
Ortiqcha bosim IEM ga yuqori bosim ostida qurilmani tark etayotgan gazlar, suv buglarning potensial energiyasi kiradi. Qaysiki atmosferaga, suv havzalariga, sigimlarga va boshqa qabul qiluvchilarga chiqarib tashlashdan oldin ishlatilishi mumkin boigan energiya. Ortiqcha genetik energiya ham ortiqcha bosim IEM ga kiradi. IEM foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: yoqilg‘i - qachonki ular bevosita yoqilg‘i sifatida ishlatilganda; issiqlik- qachonki ular bevosita issiqlik sifatida yoki utilizatsion qurilmalarda issiqlik ishlab chiqarish uchun foydalanilganda; kuchli - qachonki ular utilizatsion qurilmalarda elektr yoki mexanik energiya ko‘rinishida olib foydalanilganda; aralash - qachonki ular bir vaqtning o‘zida IEM hisobiga utilizatsion qurilmalarda olingan elektr (mexanik) energiya va issiqlik sifatida foydalanilgan. Yonuvchi IEMning ko‘p miqdori bevosita yoqilg'i ko'rinishida ishlatiladi, huddi shunday bevosita qo'llanilishni issiqlik IEM, masalan, isitish uchun sovutish tizimining issiq suvi va h.k. Shuni ta'kidlash zarurki, texnologik agregatlar ichidan energiya resurslarini ishlatish yaxshilanganda va buning natijasida ikkilamchi resurslarning chiqishi qisqarganda, yoqilg‘i va issiqlikni iste’mol qilish sxemasini o‘zgarishi IEMdan foydalanish hisoblanmaydi. Sxemalarning bunday o‘zgartirilishi, zarur agregat (qurilmalar)ning texnologik jarayonini yaxshilaydi xolos. Texnologik agregatlarda chiquvchi gazlarning issiqligi, asosiy va yordamchi mahsulotlarining issiqligi ko‘rinishida hosil boigan ikkilamchi issiqlik energetika resurslaridan to‘g‘ri foydalanilganda, yoqilglni sezilarli iqtisod qilishga erishiladi. Olib borilgan hisob-kitoblar natijasida shu narsa malum boldiki, utilizatsion qurilmalarda olingan issiqlik energiyasining narxi, asosiy energiya qurilmalarda. shu issiqlik energiyasining ishlab chiqarishga ketgan xarajatlaridan past bo’ladi.
IEM chiqishini va mumkin bolgan ishlatilishini hisobga olishni aniqlash — barcha korxonalarda, ayniqsa yoqilg‘i, issiqlik va elektr energiyani ko'p sarf qiladigan korxonalarda yechitishi zarur boigan masalalardan biridir. IEM dan foydalanish, faqat energetika samarasi bilan chegara- lanmaydi, bu atrof-muhitni himoya qilish, zararli moddalarni chiqarib tashlash, miqdorini kamaytirishga olib keladi. Bu chiqindilardan ba'zi birlari qo'shimcha mahsulot beradi, masalan, chiqib ketayotgan gaz bilan chiqarib tashlanayotgan oltingugurt angidridni tutib olib oltingugurt kislotani chiqarishga yo‘naltirish mumkin. Agar harakatdagi korxonalarni kengaytirish va rekonstruksiya qilishda hamda yangi korxonalar loyihalanayotganda IEM dan foydalanish bo‘yicha tadbirlar, ularni iqtisodiy samaradorligini asoslangan holda ishlab chiqarish ko‘zda tutilsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iste’molchilarning amaldagi hamda loyiha- lanyotgan korxonalarda IEM foydalanishdan yuz o‘girishlar. faqat bu korxonalarda, IEM foydalanishning texnik jihatdan yoki iqtisodiy jihatdan samarasiz ekaniigini tasdiqlovchi hisob- kitoblar natijasidagina mumkin boladi. Amalda faqat shamollatishdan chiqadigan bu sovituvchi havo issiqligi, oqova suvlar va boshqa past potensialli oqimlardan foyda- lanilmaydi. IEM ishlatishning past darajasi ko‘p hollarda tekis bolmagan rejimlarda va ularning chiqishlari mavsumiy bolganligi. iste’mol- chilarning mavjud ekanligi, utilizatsion jihozlarni tatbiq qilishdagi moliyaviy qiyinchiliklar (ayniqsa past potensialli IEM utilizatsiya uchun), ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanishning muassasalararo mexanizmini yo’liga qo‘yilmaganligi tufayli kelib chiqadi.

Download 12,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish