3-mavzu: Asosiy va qo‘shimcha omillar va ularning kosmosda, yer sharoitida A(φ°, ψ°) nuqtada ixtiyoriy orientatsiyalashgan Qabul maydoniga quyosh nurlanishining tushishiga ta’siri
Quyosh energiyasi oqimi. Akslangan, diffuziyalangan, to‘g‘ri quyosh oqimi
Yer atmosferasining tarkibi. Quyoshning og‘ishi va ekliptikasi. Quyosh soat burchagi. Quyosh atrofida yerning elliptik ravishda aylanishi.
Bahorgi va kuzgi teng kunlik. Anolemma. Kuper formulasi. Xar xil quyosh balandliklarida yer atmosferasida quyosh nurining yo‘l uzunligi.
Atmosferaning tiniqlik koeffitsienti (aerozol, suv bug‘i, chang va boshqalar).
Kosmosda quyosh energiyasi to’g’ridan to’g’ri quyosh nurlanish oqimi deb atalgan to’g’ri chiziq bo’ylab keladi. Yer yuzasida ixtiyoriy orientatsiyalashgan qabul qilgich maydonga quyosh nurlari uch xil quyosh energiyasi oqimidan iborat ko’rinishda tushadi. Yer yuzasida vaqtning (t) har momentida qabul qilgich maydonchaga quyosh nurlari yig’indi oqimi Rz(t) quyidagichadir
Rz(t)= Rpr(t)+ Rg(t)+ Rot(t)
Bu yerda to’g’ri yo’nalgan quyosh energiyasi oqimi Rpr(t)
Atmosfera tarkibidagi bulut , aerosol chang zarralari tomonidan diffuz yoki sochilgan Rg(t)
Yer sirtidan quyosh nuri bir qismining akslangan holatda qaytishi Rot(t)
Agar qabul qilgich maydoncha kosmosda joylashgan bo’lsa Rz(t) faqat Rpr(t) dan tashkil topgan oqim xisobiga amalga oshiriladi. Yer sharoitida esa ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi. Bu birinchi navbatta qabul qilgich maydonining quyoshga nisbatan geometrik joylashuviga bog’liq bo’ladi. Malumki yer shari α=0.033 ga teng ekssentrisitetga ega bo’lib quyosh atrofida elliptic orbita bo’ylab harakatlanadi. Bunda shartli ravishda yer o’qining qiyalik yo’nalishi fazoda qatiy ravishda quyosh atrofida harakatlanayotgan yer tekisligining normaliga 23027=23,450 burchak ostida joylashadi. Bu holatda quyoshga to’g’ri yo’nalgan chiziq va yer ekvatori tekisligi orasidagi burchak quyoshning og’ishi deb ataladi. U son jihatdan quyosh atrofida yerning aylanish tekisligiga o’tkazilgan normal va yerning aylanish o’qi yo’nalishi β burchak yil davomida 21- dekabr uchun -23 027dan 21- iyun uchun +23027 gacha quyoshli teng kunlik 21-mart va 23-sentabr uchun nolga teng bo’lib o’zgaradi β0 (t) ning qiymati β orqali belgilab 23.45 ga teng .
Quyoshning og’ishi berilgan kun uchun Kuper formulasidan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |