Quyosh toji — quyoshning tashqi, eng koʻp choʻzilgan (Quyoshning bir necha dia-metriga teng) qatlami. Quyosh toji Quyosh gardishidan taxminan million marta xira boʻlib, Quyosh toʻla tutilishi paytida aniq koʻrish mumkin. Quyosh toji Quyosh faolligi maksimal yillarda simmetrik, minimal yillarda esa ekvator boʻylab choʻziq shaklda boʻladi. Quyosh toji spektrida koʻp marta ionlangan Gʻe, Sa, S, O va elemetlari atomlarining emission chiziqlari bor. Quyosh tojida barcha atomlar ionlangan. Quyosh tojining oʻrtacha temperaturasi 10 6 K dan yuqori va toj boʻylab sekin oʻzgaradi. Quyosh tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiyali zarra (proton, elektron)lar sochilib turadi va bu oqim kuyosh shamoli deb ataladi. Quyoshning faol sohalari ustida toj moddasi ancha quyuqlashgan boʻlib, temperaturasi 1010 K gacha boradi, rentgen hamda radionurlanish nihoyatda kuchli boʻladi, Quyosh toji baland togʻlarga oʻrnatilgan maxsus teleskoplar — koronograflar yordamida ham kuzatiladi.
Yerning issiqlik sharoitiga Quyoshning yorug‘lik nurlarining ta'siri, Quyosh energiyasi bizga nuriy energiya sifatida yetib keladi va u Yer yuziga tushgach yutiladi va issiqlik energiyasiga aylanadi. Yer yuzidagi joyning isitilish darajasi shu joyning yorug‘likni yutish qobiliyatiga bog‘liq: oq sirtlar (qor) kam, qora sirt (suv) ko‘p yutadi. Oq bulut unga tushayotgan oq nurni, asosan, qaytaradi va sochadi. Sochilgan oq nur kuchsiz va Yei sirtini isita olmaydi. Yer yuzidagi har xil joylar (cho‘llar, ekinzorlar, o‘rmonlar, kulrang va qora tuproq, toshli tog‘lar, suv havzalari) turlicha isiydi. Qizigan Yer yuzi unga tegib turgan atmosfera qatlamini isitadi va unda konvektiv oqimlai hosil qiladi va atmosferada shamollar boshlanadi. Shuning uchun atmosferada temperatura Yer yuzi yaqinida eng yuqori bo‘ladi va balandlik bo‘yicha pasayib borib, 12 km balandlikda 220 K (-53 C) gacha tushadi. Suvning yorug'lik yutishi kuchli, shuning uchun dengiz va okeanlar ustida katta havo uyurmalari hosil boiadi va ular nisbatan past bosimdagi quruqliklar tomon harakatlanadi, dengiz bilan quruqliklar orasida global atmosfera aylanishi ro‘y beradi. Shunday qilib, sirtning isishi unga tushayotgan nurlanish quwatiga va uning yutish koeffitsiyentiga bog‘liq. Sirtga tushayotgan quvvat u bilan Quyosh orasidagi atmosferaning tiniqligiga bog‘Iiq. Osmonni chang yoki tutun qoplaganda tushayotgan quwat kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |