Yarim o'tkazgichlarning tuzilishi Misol uchun yarim o'tkazgichning tipik vakili bo'lgan germaniyni qaraylik. Uning tartib nomeri 32 va to'rtta elektron qobig'i mavjud: 1-qobiqda 2 ta; 2-qobiqda 8ta, 3-qobiqda 18 ta,4- qobiqda esa 4 ta elektron joylashgan. Uchta ichki qobiqdagi elektronlar turg'un bo'lib, kimyoviy reaksiya-larda ishtirok etmaydi. Oxirgi to'rtinchi qobiqdagi elektronlar esa atom yadrosi bilan juda kuchsiz bog'langan. Aynan shu elektronlar elementning boshqa atomlarining nechtasi bilan kimyoviy bog'lanishga kira olish qobiliyatini ko'rsatib, mazkur elementning valentligini aniqlaydi. Shuning uchun ham oxirgi qobiqdagi elektronlarga tashqi yoki valentli elektronlar deyiladi. Tashqi qobig'ida to'rtta elektroni mavjud bo'lgan germaniyning valentligi to'rtga teng. Mazkur atomga boshqa atomlar yaqinlashganida valent elektronlar boshqa atomning valent elektronlari bilan oson ta'sirlashadi va kimyoviy bog'lanish hosil qiladi. Atom qobig'iga ma'lum energiya berilganda atomnig ionlashuvi ro'y berishi mumkin. Aynan so'nggi qobiqdagi elektronni ozod qilish uchun eng kam energiya taqozo qilinadi. Germaniy, kremniy va yarim o'tkazgichlarning boshqa bir qancha vakillari kristall moddalar hisoblanadi. Ularning atomlari ma'lum qonuniyatlarga muvofiq joylashgan bo'ladi.
Kaskadli quyosh elementi. (frans. cascade) — 1) bir necha pogʻonaga urilib tushadigan tabiiy yoki sunʼiy pog’ona. Sunʼiy K. istirohat bogʻlarida har xil sathdagi suv havzalari va pogʻonama-pogʻona supachalar tarzida quriladi (yana q. Sharshara); 2) sirkda qiziqchilarning akrobatik tarzda birinketin "yiqilish" usullari; 3) operettada qoʻshiq joʻrligida ijro etiladigan joʻshqin raqs; 4) gidroelektr stansiyalari kaskadi — bitta daryo oqimi boʻyicha yoki bir suv havzasiga birin-ketin, bosqichma-bosqich quriladigan va suv xoʻjaligi maromi hammasi uchun umumiy hisoblanadigan gidroelektr stansiya (GES)lar majmui 5) elektr mashinalari kaskadi — bir-biri bilan mexanik va elektrik tarzda yoki faqat elektrik jihatdan bogʻlangan ikki yoki bundan koʻp elektr mashinalardan iborat qurilma. Oʻzgarmas quvvatli va oʻzgarmas momentli boʻlishi mumkin. Birinchisida qoʻshimcha mashinalardan biri asosiy mashina (dvigatel) oʻqiga mexanik tarzda biriktiriladi. Ikkinchisida mexanik biriktiruv boʻlmaydi, balki qoʻshimcha mashinalardan biri oʻrniga ikkita elektr mashina ulanadi. K. elektr dvigatellarning aylanish chastotasini ravon va tejamli rostlab turishga imkon beradi; 6) transformatorlar kaskadi — ketma-ket ulangan ikki yoki undan koʻp elektr transformatorlar majmui. Yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish yoki undan foydalanish uchun moʻljallanadi. Bunday K.da transformatorlarni pogʻonali uygʻotish usuli qoʻllaniladi. Bunda har qaysi navbatdagi transformator oʻzidan oldingi transformatorning kuchaytiruvchi chulgʻamidan uygʻotiladi. Kuchlanishi 1,5—2 MB gacha boʻlgan K.da 4 tadan 8 tagacha transformator boʻlishi mumkin; 7) kuchaytirish kaskadi —tarkibida kuchaytirish elementi, nagruzka zanjiri, oldingi yoki ketingi K. bilan bogʻlanish zanjiri boʻlgan radiotexnika qurilmasi. Kuchaytirish elementi sifatida yarimoʻtkazgichli (tranzistor, tunnelli diod) va elektrvakuumli elektron asboblar (qabul qilishkuchaytirish lampalari, klistron) qoʻllaniladi. Bunday K. kirishiga berilgan signal uning chiqishida (nagruzka zanjirida) kuchayib boradi. Kirish kuchlanishi (tok, quvvat)ning chiqish kuchlanishiga nisbatan K.ning kuchlanish (tok, quvvat) boʻyicha kuchaytirish koeffitsiyenti deb ataladi.