3-masala
Vertikal devorga A, B va C sharnirlar yordamida uchta og’irligi e’tiborga olinmaydigan sterjenlar o’zaro O nuqtada b iriktirilgan sterjenlar o’rnatilgan (28-shakl). AO va BO sterjenlar gorizontal tekislikda joylashgan va har biri devor bilan 45° burchaklar tashkil qiladi. CO sterjen vertikal tekislikda yotadi va devor bilan 30° burchak hosil qiladi. Sterjenlarning sharnirli O boltga bo’lgan reaksiyasi aniqlansin. Unga og’irligi Q yuk osilgan.
Yechish:
O sharnirning muvozanatini tekshiramiz. Unga og’irligi Q yuk qo’yilgan, hamda cho’zilgan deb qabul qilingan sterjenlardagi SE, SA va SB reaksiyalari. Burchak AOB ni to’g’ri deb, koordinata o’qlarini shaklda ko’rsatilganday olamiz.
Fazodagi kesishuvchi kuchlar sistemasi uchun muvozanat tenglamalarini (2.10) tuzamiz.
;
;
.
SC kuchni x va y koordinat o’qlariga proyeksiyalashda, ikki qaytalab proyeksiyalash usuli tatbiq qilindi. Кuchni x o’qidagi proyeksiyasi SCX ni topish uchun, avval SC kuchni x o’qi yotgan tekislikka (uchburchak AOB yotgan tekislikka) proyeksiyalaymiz. Shaklda ko’rsatilmagan AOB uchburchakning bissektrisasi bo’ylab yo’nalgan vektorni hosil qilamiz, uning miqdori SCsin30° ga teng. So’ngra bu vektorni x o’qiga proyeksiyalaymiz va quyidagini hosil qilamiz:
SCX=SCsin30°cos45°.
Xuddi shunday SCY proyeksiyani aniqlaymiz. Muvozanat tenglamalarini yechib quyidagilarni topamiz.
,
SC ning ishorasi manfiy chiqqanligi uchun, CO sterjenni siqiladi deb xulosa chiqaramiz. Uning O sharnirga bo’lgan reaksiyasi shaklda ko’rsatilgan yo’nalishga teskari yo’nalgan bo’ladi. SA va SB–reaksiya kuchlarining ishoralarining musbat ishorali bo’lishi OA va OB sterjenlarning cho’zilishini ko’rsatadi. Ularning O sharnirga reaksiyalari shaklda ko’rsatilgandek bo’ladi.
4-masala
Shaklda ko’rsatilgan qurilmaning (konstruksiyaning) bir qator vaznsiz sterjenlarda hosil bo’ladigan zo’riqishlarning miqdor va yo’nalishlari analitik aniqlansin.
Berilgan:
|
α
|
β
|
P, kN
|
60
|
30
|
8,0
|
29-shakl
Yechish:
1. AC va AD sterjenlarning P kuchi qo’yilgan A nuqtaning muvozanatini tekshiramiz. 2. AB, AC sterjenlarni kesib, A nuqtani ajratib, erkin deb bog’lanishlardan xoli deb qaraymiz. P kuchi va sterjenlarda hosil bo’ladigan zo’riqishlarni TS, TB va TD belgilab sterjen o’qlari bo’ylab yo’naltiramiz. 3. Кesishuvchi kuchlarni muvozanat shartlarini tuzamiz, buning uchun kuchlarning koordinata o’qlardagi proyeksiyalarining yig’indisini tuzamiz. va burchaklarni kiritamiz.
(1)
(2)
(3)
Masalani yechish uchun avvalo sin, cos va sin, cos larning
qiymatlarini hisoblab chiqamiz.
a) CDA dan BDA dan
Bu yerdan:
Trigonometrik formulalarni tatbiq qilib, quyidagilarni aniqlaymiz.
b) Shakldan ko’rinadiki
Trigonometrik formulalarga asosan
Hisoblangan qiymatlarni muvozanat tenglamalariga qo’ysak, quyidagilarni hosil qilamiz.
Bulardan quyidagilarni olamiz
Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, berilgan P kuch ta’siridan AC va AB sterjenlar siqilar ekan, AD sterjen esa cho’ziladi. Natijalarni quyidagi jadvalda berish mumkin.
2.1-jadval
Sterjenlar
|
Zo’riqishlar
|
Sterjenlar teng holati
|
AB
|
7,7 kN
|
siqiladi
|
AC
|
4,4 kN
|
siqiladi
|
AD
|
3,8 kN
|
cho’ziladi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |