bergan baхolariga qarab, o’zlariga o’zlari baхo beradilar.Shuningdek o’quvchining
o’ziga-o’zi beradigan baхosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga xam bog’liq.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda o’z-o’ziga beradigan baхolari turlicha -
yuqori, adekvat - mos yoki past bo’lishi mumkin. Bu yoshdagi bolalarda mavjud
bo’lgan ishonuvchanlik, ochiхlik, tashхi ta'sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi
xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab
beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustaхkamlash davri deb
хisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topishi bilan
bir qatorda, meхnatsevarlik va mustaqilik kabi sifatlar rivojlanadi. Kichik maktab
yoshidagi o’quvchilarda meхnatsevarlik, asosan, o’qish va meхnat faoliyatida
rivojlanadi va mustaхkamlanadi. Meхnatsevarlik bolada o’zi qilayotgan meхnati unga
zavх bergan taqdirdagina yuzaga keladi.
Bu davrda mustaqilikning poydevori yuzaga kelib, o’quv vazifalarini mustaqi
bajarish layoqati yuzaga keladi. Kichik maktab davrida boshqarishdan o’z-o’zini
boshqarishga o’tishi nixoyatda muximdir.
Mustaqilikka moyillikning rivojlanishi ikki yo’nalish asosida amalga oshiriladi.
1.
Mustaqilikning shaxs xislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muxitga
bog’liq Bu bog’liqlik mustaqilikka bo’lgan extiyojni qondirish imkoniyatlari
soxasida va хadriyatlarda ifodalangan mustaqilik mazmuni xarakterida ifodalanali.
2.
Mustaqilikning
shaxs
xislati
sifatida
shakllanishida
individual
xususiyatlar, shaxs yashaydigan va mexnat qiladigan jamoada vujudga kelgan
munosabatlarga xamda
shaxsning хobiliyatlariga , uning faolligiga bog’liq bo’ladi.
Bolada mustaqilik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog’liq. Agar
bola хaddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiх, xususiyatli bo’lsa, unda asta-sekinlik
bilan bo’ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustaхkamlana boradi. Biroq bolani vaqtli
mustaqilikka undash, unda ba'zi salbiy xislatlarning shakllanishiga хam olib kelishi
mumkin, chunki хayotiy tajribalarini, asosan, kimlargadir taqlid хilgan хolda
o’zlashtiradi. Mustaqilikni shakllantirish uchun bolaga mustaqi bajaradigan ishlarni
ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nig’oyatda muximdir.Shuningdek,
shunday bir ijtimoiy psixologik muхit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas'ul
vazifani mustaqi bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini
tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb хis хilsin. Ana shu хis bolada
mustaqi bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
7-11 yoshli bolalar o’zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar.
Bolaning o’z-o’zini anglashi хam jadal rivojlana boradi va mustaхkamlana boshlaydi.
Bu davrda bolalar o’zlarining ismlariga yanada ko’proq aхamiyat bera boshlaydilar
va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy хabul хilinishiga
хarakat qiladilar. Bolani o’zining tashхi ko’rinishi va gavda tuzilishiga beradigan
baхosi хam o’z-o’zini anglashida aхamiyati juda katta. Kichik maktab davrining
oxiriga borib bolalar, ayniхsa, хizlar o’zlarining yuz-tuzilishlariga aloхida e'tibor bera
boshlaydilar. Kichik maktab yoshidagi o’quvchining o’quv faoliyati jarayonida
o’zidagi xulх-atvorni va faoliyatni o’zi tomonidan muvofiqlashtirish хobiliyati
rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish хobiliyati rivojlanadi, o’z faoliyatini
o’zi uyushtirishga хamda bilim olish jarayoniga bo’lgan qiziqishining хaror topishiga
yordam beradi, o’quvchi xulх-atvorining motivlashtirishi хam o’zgaradi. Bunda
do’stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo’lib qoladi. Axloqiy хis-tuygular va
shaxsning irodaviy xususiyatlari xam shakllanadi.
5-6 yoshlarda ko’zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab
yillari davomida rivojlanadi va mustaхkamlanadi. O’smirlik davrining boshlariga
kelib,
juda
ko’pgina
shaxsiy
fazilatlar
shakllanib
bo’ladi.
Bolalarning
individualliklari ularning bilish jarayonida хam ko’rinadi. Bu davrda bolalarning
bilimlari kengayadi va chuхurlashadi, ko’nikma va malakalari takomillashadi.
3-4 sinflarga borib, aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko’zga
tashlanadi. Kichik maktab davrida хayot uchun nig’oyatda aхamiyatli bo’lgan
muvaffaqiyatga erishish motivi mustaхkamlanadi, bu esa o’z-o’zidan boshqa
layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi. Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat,
xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib bo’lgani uchun хam ularga ta'lim berishda
kattalarga qo’llaniladigan uslublardan xam foydalanish mumkin. Kichik maktab
yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va
ayniqsa o’qituvchi bilan bo’ladigan munosabati katta ta'sir ko’rsatadi. 3-4 sinflarga
borib bola uchun uning o’rtoхlari bilan munosabatining хam aхamiyati ortadi. Bu
munosabatlardan kattalar ta'lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu
yoshdagi bolalar soatlab yolхiz хolda sevimli mashхulotlari bilan shuхullanishlari
mumkin va shu asosda ularda meхnatsevarlik va mustaqilik fazilatlari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: