Muqaddima


QO’ZG’ALUVCHAN TO’QIMALAR FIZIOLOGIYASI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QO’ZG’ALUVCHAN TO’QIMALAR FIZIOLOGIYASI 
 
      Barcha  tirik  hujayralar  ta‘sirlanuvchanlikka,  ya‘ni  tashqi  yoki  ichki  muhit 
o‘zgarishlariga 
javoban 
o‘z 
faoliyatini 
o‘zgartirish 
qobiliyatiga 
ega. 
Ta‘sirlanuvchanlikning  yuzaga  chiqishi  turlicha  bo`lishi  mumkin  (moddalar 
almashinuvining va o‘sishning tezlashishi, shira ajralishi, harakatga kelish, elektr impuls 
ishlab chiqarish va hokazo). 
     Tirik mavjudot faolligini o‘zgartiruvchi omillar ta‘sirlovchilar deyiladi. 
Tashqi yoki ichki muhitning o‘zgarishlari yetarli kuchga ega bo`lsa,  
yeterlichatez ro‘y bersa va yetarlicha uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki 
organizmning ta‘sirlovchisi bo`la oladi. 
     Ta‘sirlovchilar yuzaga chiqara oladigan javob reaksiyalari ichida 
qo‘zg‘aluvchanlik ajralib tyradi. Hujayra qo‘zg‘alishi deganda, aksari uning 
ta‘sirottga tez va ixtisoslashgan ravishda javob berishi tushuniladi. Qo‘zg‘alish 
hujayraning harakatga kelishi yoki elektr impuls ishlab chiqarishi yoki shira 
ajratishidan iborat bo`lishi mumkin. Bu ixtisoslashgan javob reaksiyalarni 
muskul, nerv va bez to‘qimalri hosil qila oladi. Shuning uchun ularni 
qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar deb atashgan. Qo‘zg‘luvchanlik sezuvchi nerv 
tolalari oxirlariga va ixtisoslashgan retseptor (sezuvchi) hujayralarga ham xos. 
      Qo‘zg‘alishni paydo qiladigan mexanik, kimyoviy, tovush, yorug‘lik va 
boshqa omillar ta‘sirlovchilar bo`lishi mumkin. 
Muayyan qo‘zg‘aluvchan hujayraga nisbatan adekvat va noadekvat  
ta‘sirlovchilar tafovut qilinadi. 
     Qo‘zg‘aluvchan hujayra faqat adekvat ta‘sirlovchini qabul qilishga  
moslashgan bo`lob, uning juda os miqdoriga ham qo‘zg‘alish bilan javob  
beradi. Yorug‘lik nuri – fotoretsrptorlar uchun, tovush – eshituv retseptorlari  
ucnhun, hidli moddalar – hid bilish retseptorlari uchun adekvat  
ta‘sirlovchilardir. Boshqa ta‘sirlovchilar aytib o‘tilgan hujayralar uchun  
noadekvat (yot) hisoblanadi. Noadekvat ta‘sirotlar ham ixtisoslashgan  
hujayralarni qo‘zg‘atishi mumkin. Ammo uning kuchi adekvat  
ta‘sirlovchinikiga nisbatan bir necha ming ( ba‘zida million) barobar ko‘p  
(kuchli) bo`lishi kerak. Qo‘zg‘alishni paydo qilish uchun zarur bo`lgan  
ta‘sirotning eng kam kuchi bo‘sag‘a kuchi deyiladi. Bo‘sag‘adan kam kuchga  
ega bo`lgan ta‘sirotlar qo‘zg‘alishni paydo qila olmaydi. Qo‘zg‘aluvchan  
hujayralarning ta‘sirotlar bo`lmagandagi osoyishta holatini mutloq faolsizlik,  
deb bo`lmaydi, chunki ularda modda almashinuvi va boshqa jarayonlar davom  
etadi. 
     Ba‘zi bir ta‘sirotlar hujayralarda manfiy reaksiyalarni, masalan, moddalar  


 
 
14 
 
almashinuvi vao‘sishning sustlashishini, qo‘zg‘aluvchanlikning kamayishini  
sodir qilishi mumkin. Bular tormozlanish reaksiyalaridir. Tormozlanish jarayoni  
organizm faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. 
     Qo‘zg‘alish vaqtida hujayralarda bir qator fizikaviy-kimyoviy jarayonlar 
 sodir bo`ladi, ularning tuzilmalarida ma‘lum o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bulardan 
elektr hodisalar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. 
     ―Hayvon elektri‖ haqidagi ta‘limotning shakllanishi L.Galvani, K.Matteuchi, 
 E.Dyubua Reymon va boshqa bir qator olimlar nomi bilan bog‘liq. Umuman 
 XVIII asrning ikkinchi yarmida elektr hodisalarni o‘rganish boshlandi. Shu 
 davrda elektr tokini hosil qilish  yo`llari topildi. Elektrniing tirik to‘qomalarga 
 ta‘sirini o‘rganishda baqaning orqa oyog‘idan tayyorlangan preparat qulay 
 bo`ldi.  Elektr  manbaniing    bu  preparatga  ta‘sir  qilishi  muskulni  qisqartiradi.  Italiyalik 
olim L.Galvani atmosfera elektrining ta‘sirini o‘rganishga kirishganida shu preperatdan 
foydalangan.  U  baqaning  umurtqa  pog‘onasiga  birlashgan  oyoq  preperatni  tayyorlab, 
umurtqalar orasidan mis ilmoq o‘tkazib, ayvonning temir panjarasiga osib qo‘ygan. Havo 
ochiq  bo`lganda  ham  atmosfera  elektri  bor  bo`lsa,  u  muskulga  ta‘sir  qilib,  qisqartiradi, 
deb  o‘ylagan.  Ammo  hech  qanaqa  qisqarish  kuzatilmagan.  Shamol  turib,  preperatni 
tebratgach, baqa oyog‘ining uchi vaqti-vaqti bilan temir panjaraga tega boshlagan. Har 
gal  oyoq  uchi  temir  panjaraga  tekkanda,  muskul  qisqargan.  Galvani  bu  hodisani 
quyidagicha  tushuntirgan.  Baqaning  orqa  miyasida  hosil  bo`lgan  ―hayvon  elektri‖ 
o‘tkazgich mis ilmoq va temir panjara orqali oyoq muskullariga yetib kelgan va ularning 
qisqarishiga  sabab  bo`lgan.  Demak,  tirik  organizmda  ham  elektr  hosil  bo`ladi,  degan 
hulosaga  kelgan.  Galvanining  tajribasi  olimlarda  katta  qiziqish  uyg‘otdi.  Uni  ko‘p 
olimlar  takrorlab,  baqaning  orqa  miyasini  jyoqning  muskullariga  ikki  xil  metall 
(masalan,  mis  va  temir)  yordamida  ulansa,  muskullar  qisqarishini  ta‘kidlashdi.  Bular 
ichida Volta ham bor edi. U Galvani olgan natijani takrorlagan bo`lsada,‖hayvon elektri‖ 
bor degan gapga qo‘shilmadi. Volta muskullarni qisqartirgan tok manbai baqaning orqa 
miyasida  emas,  balki  turli  metallardan  iborat  bo`lgan  zanjir  ekanliginni  birmuncha 
tajribalar  o‘tkazib  isbotladi.  Bunga  javoban  Galvani  metallardan  foydalanmay,  yangi 
tajribalar  o‘tkazdi.  ―Hayvon  elektri‖  borligini  isbotlagan  bo`lsa  ham,  olimlar  ko‘proq 
Voltaga  ishondilar.  Galvanini  siyosiy  sabablar  bilan  ishdan  haydashdi,  tajribalar 
o‘tkazishdan mahrum bo`lgan Galvani ko‘p o‘tmay vafot etdi. 
     XIX  asrning  boshlarida  boshqa  bir  italiyalik  olim  K.Matteuchi  shu  davrda  kashf 
etilgan  sezgir  galvanometr  yordamida  hayvon  elektrinin  bevosita  oichab,  uning 
mavjudligini uzil-kesil isbotladi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish