YURAK FAOLIYATINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
Yurak ishi juda o'zgaruvchan bo'lib, doimo organizmning qon aylanishiga bo;lgan
talabiga moslashib turadi. Bu moslashuvni bir qator boshqaruv mexanizmlari ta'minlaydi.
Ularning bir qismi yurakning o'zida – yurak ichi (intrakardial) mexanizmlar, qolganlari
esa – yurakdan tashqari (ekstrakardial) mexanizmlardir.
INTRAKARDIAL BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Yurakning o'ziga bog'liq – intrakardial mexanizmlarga hujayra ichi boshqaruv
mexanizmlari, hujayralararo aloqalarni idora qilish mexanizmlari va yurak ichidagi
periferik reflekslar kiradi.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |