85
neyronlarning dendritlari orqa miyaning o‘zida tarqaladi. Ingichka, aksari miyelinli
aksonlari orqa miyadan chiqib, umurtqa oldi (paravertebral) va umurtqadan oldingi
(Prevertebral) tugunlarda tugaydi. Bu aksonlardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi 20 m/s
dan oshmaydi. Simpatik neyronlarning orqa miyadan chiqib, tugunda tugaydigan
aksonlari preganglionar tolalar deyiladi.
Simpatik nerv tizimining periferik qismini simpatik tugunlar va ularga aloqador
afferent va efferent tolalar tashkil qiladi. Umurtqa oldi tugunlar bosh chanog‘i asosidan
to dumg‘azagacha tushgan umurtqaning ikki yonida yotuvchi chegara stvollarini hisil
qiladi. Chegara stvol tarkibidagi tugunlar bir-biriga komissuralar yordamida, orqa miya
nervlari bilan oq va kul rang tarmoqlar yordamida bog‘langan. Oq tarmoq orqali
preganglionar tola tugunga kirib, effektor neyron bilan tutashishi mumkin. Unda effektor
neyronning aksoni (postganglionar tola) kul rang tarmoq orqali orqa miyaga qaytadi va
oldingi ildiz tarkibida uzilmasdan ishchi a‘zogacha yetadi. Tugunlarda preganglionar
tolalar bilan tutashgan neyronlar aksonlarining talay qismi kichik tutamlarga yig‘ilib,
ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va chanoq a‘zolarini nervlaydi.
Preganglionar simpatik tolalarning bir qismi umurtqa oldi tugunlarda uzilmasdan
prevertebral (umurtqadan oldingi) tugunlarga yetadi va bu yerda effektor neyronlar bilan
tutashadi. Umurtqadan oldingi tugunlar umurtqadan ancha narida, nervlanadigan a‘zoga
ancha yaqin joylashgan. Shuning uchun ularga yetib kelgan preganglionar tola ham,
ulardan chiqqan postganglionar tola ham ancha uzun bo`ladi.
Umurtqadan oldingi katta tugunlardan yulduzsimon, quyoshsimon, ichaktutqichning
yuqori va pastki tugunlarini ko‘rsatish mumkin. Bu tugunlardagi neyronlar qorin
bo‘shlig‘i a‘zolarining simpatik nervlanishini ta‘minlaydi. Deyarli barcha a‘zo va
to‘qimalar simpatik nnervlanishga ega. Birinchi galda bu qon tomirlar, kovak
a‘zolarning, terinig silliq muskullari, ter va hazm bezlari, o‘pka, jigar va yog‘ tto‘qimasi
hujayralari, skelet muskullari va markaziy nerv tizimining o‘zi.
Simpatik nerv tizimi sezuvchi yo`llarga ham ega. Sezuvchi neyronlarning somalari
umurtqadan oldingi tugunlarda joylashgan. Ularning uzun o‘simtalaridan biri
periferiyaga yoi oladi, ikkinchisi orqa miyaga o‘tadi. Boshqa bir neyronlarning uzun
o‘simtasi ishchi a‘zoga borib yetsa, kaltalari tugunning o‘zida tarqalib, oraliq neyronlar
orqali effektor neyronlar bilan bog‘lanadi va shu yerning o‘zida mahalliy refleks yoyi
hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: