MIYACHA FAOLIYATI
Miyacha harakatlarni boshqaradigan tizimning juda muhim qismi bo`lib, quyidagi
vazifalarni bajaradi: 1) muskul tonusi va vaziyatni boshqarish; 2) maqsadga erishishga
qaratilgan vaziyat va harakatlarni uyg‘unlashturish; 3) miya po‘stlog‘i yuzaga
chiqaradigan harakatlarni uyg‘unlashtirish.
Muskul tonusi va vaziyatni boshqarish chuvalchangga bog‘liq. Miyachaning bu qismi
vaziyat va muskullar tonusi to‘g‘risidagi afferent impulslarni oladi va shular asosida
chodir yadrosi orqali Deyters yadrosiga, to‘rsimon formatsiyaga va ular yordamida orqa
miya markazlariga tonus va vaziyatni sozlab turuvchi efferent impulslarni yuboradi.
71
Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay
qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi.
Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi.
Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi
sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu
ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati
to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni
boshqarishda ishtirok etadi.
Ba‘zi bir maqsadga erishishga qaratilgan tez harakatlar ham (musiqa asboblarini
chalish, sport mashqlarini bajarish) miyachaning tishli yadrosi nazoratida yuzaga
chiqadi.
Miyachani elektr toki bilan ta‘sirlash muskullar tonusini o‘zgartirish va ma‘lum
harakatlarni yuzaga chiqarishdan tashqari, ichki a‘zolar faoliyati uchun ham befarq emas.
Bu ta‘sir bir qator vegetativ reaksiyalarga sabab bo`ladi, masalan, qorachiq kengayadi,
arterial qon bosimi oshadi, hazm tizimi a‘zolarining harakati va shira ajratish faoliyati
susayadi. Demak, miyacha visseral faoliyatlarni boshqarishda ham ishtirok etadi.
Miyachani olib tashlash yoki shikastlash eng avvalo muskullar tonusining
o‘zgarishiga va harakatlarning buzilishiga olib keladi. L.Lyuchiani miyacha butunlay
olib tashlangandan keyin ro‘y beradigan hodisalarni uch davrga bo`ldi; 1) jarohatlanish
davri, 2) funksiyalarni yo‘qotish davri, 3) funksiyalarning tiklanish davri.
Operatsiyadan keyingi birinchi davrda hayvon butunlay ojiz bo`ladi, oyoqlarida tura
olmaydi. Ikkinchi – funksiyalarni yo‘qotish davrida uchta simptom: atoniya, astaziya va
asteniya ro‘y-rost namoyon bo`ladi. Atoniya – muskullar tonusining yo‘qolishi, miyacha
olib tashlangandan keyin bir necha kun o‘tgach ro‘y beradi. Ayni vaqtda ba‘zi muskul
guruhlarining tonusi oshishi ham mumkin. Shuning uchun bu simptomni atoniya emas,
distoniya deyish to‘g‘riroq bo`ladi. Odamsimin maymunlarning miyachasi olib tashlansa,
dastlab atoniya paydo bo`ladi. Natijada ular muvozannat saqlay olmaydi.
Miyacha olib tashlangandan so‘ng muskullar silliq tetanik qisqarish qobiliyatini
yo‘qotadi. Hayvon tinmay qaltirab, tebranib turadi. Bu holat astaziya deyiladi.
Harakatlar tejamsizligi, unda ortiqcha muskullar ishtirok etishi, qisqarishlarning silliq
tetanik bo`lmasligi sababli organizn salga charchaydi yoki asteniyaga uchraydi.
Operatsiyadan keyin asliga kelayotgan harakatlar noaniq bo`ladi, ularning kuchi,
kattaligi va yo‘nalishi buziladi.
Odamning miyachasi zararlanganda, u gandiraklaydi, ko‘zini yumsa, yiqilib tushadi.
Yurganida oyoq-qo`llarining harakatlari keragidan kucchli, poyma-poy bo`ladi, mast
kishining harakatlariga o‘xshaydi. Bular ataksiya alomatlaridir.
Yuqorida ko‘rsatilgan atoniya, astaziya.astenuya, ataksiyalardan tashqari, miyacha
olib tashlanganda yoki jaroxatlanganda adiadoxokinez, dezekvilibratsiya va boshqa
simptomlarni ham kuzatish mumkin. Adiadoxokinez – antagonist muskullarning birin-
ketin tez harakati buzilishidir. Natijada kasal qoiini bir necha marta tez-tez buka va yoza
olmaydi. Dezekvilibratsiya muvozanatni saqlay olmaslikdan iborat.
Miyachaning yarmi olib tashlanganda muskullar tonusi operatsiya qilingan tomonda
buziladi. Bunday hayvonlar aylanma harakat qiladi (manej harakatlari).
Sut emizuvchi hayvonlarda shikastlanishdan so‘ng paydo bo`lgan miyacha
faoliyatidagi o‘zgarishlar vaqt o;tib, asli holiga keladi. Bu tiklanishni katta yarim
sharlarning motor sohalari miyacha funksiyalarini o‘z zimmasiga olib, ta‘minlaydi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |