67
qo‘zg‘atishi statokinetik reflekslarning yuzaga chiqishiga sabab bo`ladi. Statokinetik
refleksning yo‘nalishi tezlashish vaqtida uchta yarim aylana kanaldan qaysi biri
qo‘zg‘alganiga bog‘liq. Agar to‘g‘ri chiziqli harakat sekinlashsa (tananing tezlanishi
manfiy bo`lsa), sagittal kanal retseptorlari qo‘zg‘aladi. Muskullar tonusining o‘zgarishi
gavdani oldinga egadi.
Tananing musbat tezlashishi ham, masalan, avtobusning birdan tez yurishi, shu kanal
retseptorlarini qo‘zg‘atadi. Ammo, bu safar muskullar tonusining qayta taqsimlanishi
gavdani orqaga tortadi. Shuning uchun harakat tezligi o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatib,
muvozanatni saqlaymiz.
Tana vertikal yo‘nalishda harakat tezligi o‘zgarishiga uchrasa, vestibulyar lift
reflekslari yuzaga chiqadi. Lift ko‘tarila boshlaganda oyoqni yozuvchi muskullarning,
pastga tusha boshlaganda esa bukuvchi muskullarning tonusi ortadi.
Tana burchak tezlashishiga ham uchrashi mumkin. Bu holat gavdani aylantirilganda
ham uchraydi. Yana o‘sha yarim aylana kanallardagi retseptorlarning qo‘zg‘alishi o;ziga
xos statokinetik reflekslarni – bosh va ko‘z nistagmini hosil qiladi. Gavdani
aylantirilganda, avvalo bosh gavdaning aylanayotgan tomoniga qarama-qarshi holda
sekin-asta buriladi, so‘ngra tez harakatlanib, tanaga nisbatan asli holiga qaytadi.
Aylanish davom etadigan bo`lsa, bosh nistagmi deb ataluvchi bu holat takrorlanaveradi.
Aylanish vaqtida ko‘z nistagmi ham kuzatiladi: ko‘z soqqasi aylanishga aylanishga
qarama-qarshi tomonga sekin buriladi va tezlik bilan dastlabki holatiga qaytadi.
Bosh va ko‘z nistagmi aylanayotgan vaqtda ko‘z oldidagi nnarsalarni uzoqroq
kuzatish imkonini beradi.
Statokinetik reflekslarni yuzaga chiqaradigan impulslar vegetativ yadrolarga ham
yoyilib, vestibulo-vegetativ reflekslarni vujudga keltirishi mumkin. Bu reflekslar ichki
a‘zolarning faoliyati o‘zgarishi sifatida namoyon bo`ladi.
Yurak o‘ynab, qon bosimi pasayadi yoki ko‘tariladi, hazm tizimi harakatlari
kuchayadi, odamning ko‘ngli aynab qusadi.
Vestibulo-vegetativ reflekslari kuchli bo`lgan odamlar dengiz flotida, aviatsiyada,
transportda ishlay olmaydilar. Demak, miya stvolining stato-kinetik reflekslarini
o‘rganish kasb tanlashda amaliy ahamiyatga ega.
TO‘RSIMON FORMATSIYA FAOLIYATLARI
To‘rsimon (retikulyar) formatsiya miya stvolining muhim tuzilmalaridan biri. U
uzunchoq miyadan boshlanib, Varoliy ko‘prigi irqali o‘rta miyaga ko‘tariladi. To‘rsimon
formatsiya sohasidagi qon tomirlarni harakatlantiruvchi, nafas va hazm tizimi faoliyatini
boshqarib turuvchi muhim markazlar haqida yuqorida aytib o;tgan edik. Bu tuzilma
miya stvolidan o‘tgan ko‘tariluvchi va tushuvchi yo`llardan chetroqda bo`lsada, uning
neyronlarida o‘tkazuvchi tolalarning yon shoxlari sinapslar hosil qilib, to‘rsimon
fermatsiyani bosh miyaning hamma sohalari bilan, miyacha bilan, orqa miya bilan
bog‘lab turadi.
Keyingi 30-40 yil davomida to‘rsimon firmatsiyaning miyaning boshqa sohalariga
aloqadorligini va formatsiya bilan orqa miya, formatsiya bilan bosh miyaning o‘zaro
funksional munosabatlarini o‘rnatishga katta ahamiyat berildi. Bu borada G.Megun va
uning hamkorlari katta tadqiqot ishlari olib bordilar.
Do'stlaringiz bilan baham: