262
Tukli hujayralarni chig
‘
anoq markazidagi burama tugundan chiqqan afferent nerv
tolalari nervlaydi. 30—‘0 ming chamasidagi bu tolalarning 90% i ichki retseptor
hujayralarda, qolgan 10% i bir necha marta ko
‘
p bo`lgan tashqi tukli hujayralarda
tugaydi. Kortiy a‘zoning efferent tolalari ham bor, ular afferent tolalardan impuls
o
‘
tishini tormozlashi mumkin.
Kortiy a‘zoni shilliqsimon massa — qoplovchi yoki tektorial membrana bosib turadi.
Bu membrananing bir cheti chig
‘
anoq devorming ichki yuzasiga, ikkinchisi kortiy
a‘zosiga yopishgan.Tashqi retseptor hujayralarning kipriklari tektorial membrananing
pastki yuzasiga tegib turadi.
68-rasm. Chig
‘
anoqningkesimi.
O`rta narvonning tashqi devorida tomirli tasmaeha ajralib turadi. Bu tuzihna
chig'anoqni energiya bilan ta‘minlashda va endolimfaning tarkibiy barqarorligini
saqlashda katta ahamiyatga ega. Bazal membrananing eni hamma qismida teng emas:
oval darcha yaqinida 0,0‘ mm, chig'anoq cho'qqisi tomon kengaya borib,5 mm ga yetadi.
Demak, chigfanoq toraygan sari bazal membrana kengayadi.
Kortiy a‘zoning asos qismida joylashgan retseptor hujayralarni yuqori chastotali
tovush tebranishlari, uch (apikal) qismidagilarni esa quyi chastotali tebranishlar
qo'zg‘atadi.
Tovush to`lqinlari energiyasi uzangi orqali vestibulyar narvondagi perilimfaga
uzatiladi. Oval darcha sohasida hosil bo`lgan bosim to`lqini chig
‘
anoqning boshidan
oxirigacha bo`lgan — 3,5 sm masofani 20 msda bosib oladi.
Asosiy membrana unga ta‘sir qilgan bosimga shu lahzada javob bermaydi, Awal u
oval teshikka yaqin joyda kolariladi va bu to`lqin paydo bo`lgan joyidan membrana
bo'ylab harakat qila boshlaydi. to`lqin bosib oladigan masofa va tezligi tovush
chastotasiga bog‘liq. Asosiy membrana bo'ylab yugurib oluvchi to`lqin paydo bolish va
harakat qilishi membrananing qayishqoqligiga bog‘liq, membrananing bu xususiyati oval
teshikdan gelikotremaga tomon orta boradi Tovush ta‘sir qilganda uzangi uzluksiz
tebranganidan to`lqinlar
asosiy
membranadan ketma-ket, biri ikkinchisi- ning orqasidan yugurib oladi Tebranishlar
soni yuqori bolsa, to`lqinlar qisqa
masofani bosib olib, soliadi. Quyi chastotali to`lqinlar
asosiy membrana bo'ylab ancha katta masofaga tarqaladi. Demak, asosiy membrananing
hattiq boshlanish qismi yuqori chastotali to`lqinlarni olkazmaydigan filtr vazifasini
263
bajaradi. Yuguruvchi to`lqin amplitudasi uning chastotasiga qarab membranasining
malum bir nuqtasida juda yuqori bo`ladi. Yuqori chastotali tebranishlarning amplituda
maksimumi asosiy membrananing uzangiga yaqin qismiga, quyi chastotali
tebranishlarning amplituda maksimumi esa gelikotremaga
yaqin qismiga to
‘
g
‘
ri keladi.
Tukli retseptor hujayralarni bir tomondan, bazal membrana, ikkinchi tomondan
tektorial membrana siqib turadi. Bazal membrananing harakatlari hujayra tuklarining
tektorial membranaga tegib, egilishiga olib keladi Natijada, bu hujayralar bilan
boglangan eshituv nervi tolalarida impulslar hosil bo`ladi. Bu impulslar soni yuguruvchi
to`lqin amplitudasi juda baland bo`lgan joydagi retseptor hujayralardan boshlangan
tolalarda eng yuqori bo`ladi
I
Demak, turli chastotadagi tovush to`lqinlari asosiy membrananing turli qismlaridagi
retseptor hujayralarni qo
‘
zg
‘
atadi. Agar tovush rag
‘
bati bir necha chastotaga ega bolsa,
bazal membrananing monand qismlaridagi bir nechta guruhretseptor hujayralar
qo‘zg‘aladi.
Do'stlaringiz bilan baham: