Yurakning qo‘zg‘alishi elektr potensiallarni hosil qilsa, uning qisqarishi yurak zarbi
va tonlarini yuzaga chiqaradi.
Chap tomondagi beshinchi qovurg‘a oralig‘iga qoini bosilsa, yurak zarbini sezish
mumkin. Bu zarb sistola vaqtida yurak holatining o‘zgarishidan paydo bo`ladi. Yurak
qisqarar ekan, deyarli qattiq bo`lib qoladi va chapdan o‘ngga sal buriladi. Chap qorincha
ko‘krak qafasiga urilib, uni bosadi. Ana shu bosim zarb bo`lib seziladi.
140
Yurak ishlab turganda o‘ziga xos tovushlar eshitiladi. Bu tovushlar yurak tonlari, deb
ataladi. Ularni stetoskop yordamida eshitish, fonokardiograf yordamida magnit tasmasiga
yozib olish mumkin.