YURAK SIKLI BOSQICHLARI
Yurak har daqiqada 75 marta qisqarganda uning bir sikli 0,8 s davom etadi. Sistola,
diastola va umumiy pauza bitta yurak siklini hosil qiladi. Yurakning qisqarishlari
bo`lmachalar sistolasidan boshlanib, u 0,1 s davom etadi. Shu vaqt ichida
bo`lmachalardagi bosim simob ustunining 5-8 mm gacha ko‘tariladi. Bo`lmachalarning
sistolasi tugagach, qorinchalar sistolasi boshlanadi. Uning davomiyligi 0,33 s.
Qorinchalar sistolasi bir necha davr va bosqichlarga bo`linadi. Qorinchalar sistolasining
boshlanishiga miokard tolalarining taranglashishi xosdir. 0,08 s davom etuvchi bu davr
tarannglashish davri, deyiladi. U tolalarning asinxron qisqarishi bilan boshlanadi.
Asinxron qisqarish bosqichi 0,05 s davom etadi. Tolalarning bir qismi qisqarib,
qolganlari bo‘shashganidan, asinxron qisqarish bosqichida qorinchalar bo‘shlig‘idagi
bosim taxminan 0 ga teng bo`ladi. Qo‘zg‘alish hamma tolalarga tarqalib, ularni ham
qisqartirganda, qorinchalardagi bosim keskin ortadi va chap qorinchada 70-90 mm. s. u.
gacha, o‘ng qorinchada 15-20 mm s.u. gacha ko‘tariladi. Bosimning bu o‘zgarishi 0,03 s
davom etuvchi izometrik qisqarish bosqichida kuzatiladi.
Bosimning qorinchalar bo‘shlig‘ida oshishi natijasida atrio-ventrikulyar qopqoqlar
tezda yopiladi. Ayni vaqtda yarim oysimon qopqoqlar ham yopiq bo`ladi. Demak
qorinchalar bo‘shlig‘i berk bo`lganidan undagi qonning hajmi o‘zgarmaydi. Qisqarish
izometrik turda bo`lgani uchun tolalarning tarangligi ortadi va qon bosimo chap
qorinchada 120 mm s.u. gacha, o‘ng qorinchada 25 mm s.u. gacha ko‘tariladi.
Bu bosim aorta va o‘pka arteriyasidagi bosimdan yuqori bo`lgani uchun yarim
oysimon qopqoqlar ocholadi va 0,25 s ga teng bo`lgan qonning haydalish davri
boshlanadi. Haydalish davrining boshida qorinchalardagi bosim ortadi. Natijada aorta va
o‘pka arteriyasiga qon juda tez oqib chiqadi, qorinchalarning hajmi tezda kichiklashadi.
Bu qonning tez haydalish bosqichi bo`lib, 0,12 s davom etadi. Undan keyin qorinchalar
miokardining qisqarishi sustlashadi, qon oqimi sekinlashadi. Bu qonnig sekin haydalish
bosqichi 0,13 s davom etadi.
Qorinchalar bo‘shlig‘ida bosimning kamayib ketishi qonning orqaga, qorinchalar
tomon oqishiga sabab bo`ladi. Ammo bu oqim yarim oysimon qopqoqlarga uriladi va
ularni yopadi. Shuningdek juda qisqa vaqt ichida ham atrio-ventrikulyar, ham yarim
oysimon qopqoqlar yopiq turadi. Keyin qorinchalar bo‘shashib, hajmi ortadi. Ulardagi
bosim qonga toigan bo`lmachalardagi bosimdan pastroq nuqtaga tushadi. Shunda atrio-
ventrikulyar qopqoqlar ochilib, qorinchalar qonga toia boshlaydi.
Yurak qorinchalarining diastolasi boshlanadi. Qorinchalar diastolasi 0,47 s davom
etadi. U ham bir necha davr va bosqichlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |