Qo’shimcha ma’lumot
Agar kubning tasviri ma’lum bo’lsa, uning yordamida qolgan 4 ta muntazam to’rtyoqning tasvirini hosil qilish mumkin:
1.Kub yoqlarining markazlari muntazam oktaedrning uchlari rolini o’taydi.
2. agar kubning bir uchidan chiqqan uchta yog’ining shu uchdan chiqqan uchta diagonalini o’tkazsak, muntazam tetraedr uchlari hosil bo’ladi.
Muntazam ko’pyoq
Har qanday muntazam ko’pyoq yoqlari sonini f, uchlari sonini l, qirralari sonini k bilan belgilasak,
Tetraedr uchun:f=4,l=4, k=6;
Oktaedr uchun: f=8, l=6, k=12;
Geksaedr uchun: f=6, l=8, k=12;
Ikosaedr uchun: f=20, l=12, k=30;
Dodakaedr uchun: f=12, l=20, k=30.
Bularning hammasi uchun: f+l-k=2.
Eyler teoremasi: Har qanday qavariq ko’pyoqning yoqlari bilan uchlari soning yig’indisi qirralari sonidan ikkita ortiqdir.
Isbot: Biror M qavariq ko’pyoq berilgan bo’lib, uning yoqlari sonini f, uchlari sonini l, qirralari sonini k bilan belgilasak, bu holda f+l-k=2. bu vaqtda ikki hol yuz berishi mumkin.
Muntazam ko’pyoqlar besh turining mavjudligi.
Muntazam ko’pyoqlarning ko’pi bilan besh turi mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |