Mundarija


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon usul va vositalari



Download 361,5 Kb.
bet2/2
Sana12.01.2020
Hajmi361,5 Kb.
#33427
1   2
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davl;atning roli

3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon usul va vositalari


Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:

1. Bevosita ta‘sir qilish usullari;

2. Bilvosita ta‘sir qilish usullari;

3. Tashqi iqtisodiy usullar.

Ma‘lumki, markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda dvlatning qitisoiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta‘sir qilish usullari ustun bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda, iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog‘langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:

1) Ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar bilan tomon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;

2) Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba‘zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish;

3) Davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va apralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. Bu uchinchi yo‘l ustun ravishda amal qilmoqda.



Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma‘muriy vositalardan foydalanadi. Ma‘muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta‘sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma‘muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‘rsatish mumkin:

1-jadval




2011 yil


2012 yil

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil

2017 yil

2018 yil

yanvar-mart

Yalpi ichki mahsulot1)

96,949.6

120,242.0

144,548.3

177,153.9

210,183.1

242,495.5

302,536.8

407,514.5

91,097.7

YaIM deflyatori indeksi

121.5

115.5

111.7

114.3

110.4

108.7

119.4

128.1

120.4

Inflatsiya darajasi (o‘sish sur'ati)

O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, %

07.июн

7.0

06.авг

06.янв

05.июн

05.июл

14.апр

14.мар

04.мар

Sanoat mahsuloti

47,587.1

57,552.5

70,634.8

84,011.6

97,598.2

111,869.4

148,816.0

235,340.7

67,421.9

Iste'mol tovarlari

18,336.4

21,527.8

28,614.1

33,868.5

42,085.5

48,253.8

59,690.4

83,512.6

19,214.6

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 2)

48,068.3

58,549.3

69,391.3

85,101.7

103,302.0

119,726.7

154,369.4

195,103.7

20,309.1

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

19,500.0

24,455.3

30,490.1

37,646.2

44,810.4

51,232.0

72,155.2

124,231.3

29,885.1

Qurilish ishlari

9,504.8

11,753.9

15,219.3

20,060.4

25,423.1

29,413.9

34,698.0

51,129.3

11,179.7

Chakana savdo tovar aylanmasi

28,539.0

36,946.4

46,863.0

58,136.6

71,184.1

88,071.6

105,229.9

133,195.2

32,839.4

Xizmatlar, jami 3)

35,196.3

44,386.0

55,872.8

68,032.1

78,530.4

97,050.0

118,811.0

150,889.8

40,168.7

Tashqi savdo aylanmasi,(mln. AQSh. dollor)

26,365.9

26,416.1

28,269.6

27,530.1

24,924.3

24,232.2

26,566.1

33,429.9

9,409.2

Eksport

15,021.3

13,599.6

14,322.7

13,545.7

12,507.6

12,094.6

12,553.7

13,990.7

4,132.3

Import

11,344.6

12,816.5

13,946.9

13,984.3

12,416.6

12,137.6

14,012.4

19,439.2

5,276.9

Saldo

3,676.7

783.1

375.8

-438.6

91.0

-43.0

-1,458.7

-5,448.5

-1,144.6

2011 – 2019 yillar uchun Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar4

  1. 2010-2017 yillar uchun ma'lumotlar aniqlik kiritilgan (qayta baholab chiqilgan) ma'lumotlarni hisobga olgan holda keltirilgan;

2) 2011-2019 yillar uchun ma`lumotlar XXTUT tasniflagichi asosida keltirilgan. 2011-2018 yillar uchun ma'lumotlar aniqlik kiritilgan (qayta baholab chiqilgan) ma'lumotlarni hisobga olgan holda keltirilgan.

3) alohida faoliyat turlarini hisoblash uslubiyatining o‘zgarishi sababli 2011 yildan boshlab ma'lumotlar aniqlashtirildi

Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib Respublikamizning YaIM ko‘rsatgichlarida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. 2017 – 2018 yillar oralig’ida YaIM hajmi 105 trillion so‘mga o‘sgan. Bunda sanoat maxsulotlari va xizmatlar ko‘rsatish soxalarining ulushi yetakchilik qilmoqda.

Ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish;

4) Iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar).

Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

1) Hisob stavkasini tartibga solish;

2) Moliya-kredit muassasalarining markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish;

3) Davlat muassasalrining qimmatli qog‘ozlar bazoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to‘lash)

4) Davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag‘larining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari o‘zgartiradi;

5) Markaziy boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o‘sishiga ta‘sir qilishini ta‘minlaydi;

6) Davlat Markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o‘z obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul miqdori o‘zgarib, bu foizga ta‘sir qiladi.

Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.

Davlatning byudjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismii o‘zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag‘larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Soliqlardan xo‘jalik sub‘ektlari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta‘sir ko‘rsatishda ham keng ravishda foydalandi.

Davlat iqtisodiyotni tartib solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o‘ynaydi. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, bozor kon‘yunkturasi yomonlashgan, turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odamda o‘sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga harakat qiladi.

SHuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin:

1. Davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;

2. Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag‘batlantirish hamda iqtisodiyotdagiikibiy siljishlarni ta‘minlash;

3. Investitsiya jarayoni va iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish;

4. Ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta‘sir ko‘rsatish;

5. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning shakllaridan eng ustuvori davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Dasturning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foyalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favqulodda va maqsadli bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda 5 yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyaga ega bo‘ladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob‘ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.

Iqtisodiyotga davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksportlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreitlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.

Xullas, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda qo‘llaniladigan vosita va dastaklari birgalikda milliy iqtisoiyotni takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlkatlarning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‘z ta‘sirini ko‘rsatib boradi.

  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda pul-pul kredit vositalarining o‘rni va takomillashtirish yo‘nalishlari


Moliyaviy mexanizmlar va moliyaviy munosabatlarni ishlash uchun pul tovarining mavjudligi va uni aylanma harakati muhim rol o‘ynaydi. Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.

Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlanib qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.

Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

1. Milliy pul birligi (so‘m, dollar, yena, marka va x.q.);

2. Naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi;

3. Pul emissiyasi, ya‘ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;

4. Pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.

Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi.

Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, vekselllar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi.

Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi (naqd va kredit pullari) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.



Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Shunday qonunlardan biri va eng muhim muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.



1-rasm. YaIM deflyatori va uning tarkib o‘zgarishi dinamikasi5

Mazkur davrda valyuta almashuv kursi devalvatsiyasi hisobiga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub'ektlarda mahsulot va xizmatlar nominal hajmining oshishi YaIM deflyatorining keskin o‘sishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, oldingi chorakka nisbatan tog‘-kon sanoati, qurilish, transport va aloqa sektorlarining YaIM deflyatoridagi hissasi 3 barobarga ortdi (2.2.1-rasm).

2018 yilning 3-choragiga kelib YaIM deflyatori 31,6 foizga teng bo‘ldi. Uning pasayishiga asosan devalvatsiya effektining kamayib borishi va almashuv kursining barqarorligi ta'sir ko‘rsatdi.

Deflyatorning YaIMning xarajatlar tarkibi bo‘yicha tahlili 2018 yildagi o‘sish asosan yalpi qo‘yilmalar deflyatori keskin oshishi evaziga shakllanganligini ko‘rsatmoqda, bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotga xorijiy valyutadagi investitsiyalar hajmining ortishi va milliy valyuta almashuv kursining devalvatsiyasi bilan izohlanadi (1-rasm)

Muomalani ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:

1. Muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasiga;

2. Pul birligining aylanish tezligiga;

3. Kreditning rivojlanishiga, puldan to‘lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog‘liq bo‘ladi:



Pm = Tb – Xk + Xt – O‘x-k ;

Bu yerda: Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;

Tb - sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori narxi);

Xk – kreditga sotilgan tovarlar summasi;

Xt – to‘lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to‘lovlar summasi;

O‘x-k – naqd pulsiz o‘zaro hisob-kitoblar;

At – pulning aylanish tezligi.

Pul miqdoriga ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasi qonuniga quyidagicha ta‘rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar narxi summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.

Oltin va qog‘oz pul muomalasi qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. Masalan:

1. Oltin pul muomalada bo‘lganda:

a) ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinadi va har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;

b) tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur bo‘lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bilan muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tartiblanadi.

2. Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga teskari mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradi:

a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shunga kam bo‘ladi, agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;

b) agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya‘ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi.

Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:

1. Qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomalaga uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo‘ladi.

2. Qog‘oz pulning har birligida belgilangan qiymat miqdori muomalaga uchun zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.

Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda umumiy pul massasining 9-10 fozni, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 35-40 foizni tashkil qiladi.

Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.

Pul taklifi ko‘p jihatdan inflyatsiya jarayonlariga ham ta‘sir ko‘rsatadi. “Inflyatsiya” atamasi (lotincha “inflation” – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib, muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.

Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Inflyatsiya – bu qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir.

Qog‘oz pul tovarlarga, oltinga va xorijiy valyutalarga nisbatan qadrsizlanadi. Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Masalan, iste‘molchilik tovarlariga narx indeksi 2008 yilda 113,6; 2009 yilda 118,3ga teng bo‘lsa, inflyatsiya sur‘ati qo‘yidagicha bo‘ladi:

Inflyatsiya sur‘ati =118,3–113,6 x 100% = 4,1%

Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur‘atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlari mavjud.

Talab inflyatsiyasi – iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmining ko‘paytirib ortiqcha talabni qondira olmaydi, chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.

Taklif inflyatsiyasi – bu inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.

Inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham mavjud: urmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha, jadal inflyatsiyada 20dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada o‘sishi ko‘zatiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta‘minlashda banklar muhim rol o‘ynaydi. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasalardir.

Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga Markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.

Davlat banki – mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi.

Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko‘ra Markaziy bank “baklar banki” deyiladi.

Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga ijtimoiy faoliyat qilmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga qo‘maklashadi.

Markaziy bank ko‘plab xilma-xil vazifalarni bajaradi:

1) boshqa bank muassasalarining majburiy zahiralarini saqlash;

2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta‘minlash va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularga kreditlar berish;

3) davlatning monetar siyosatini amalga oshirish;

4) barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtirish va ular ustidan nazoratni amalga oshirish;

5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlash;

6) pul taklifi ustidan nazorat qilish, milliy valyutani muomalaga chiqarish.

Tijorat banklari o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aktsionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag‘lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o‘rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi.

Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi.

Xalq banki – mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob-kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta‘minlaydi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‘shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi.

Investitsion banklar –maxsus kredit muassasalari bo‘lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar)ga taqdim qiladi.

Ipoteka banklar – bu ko‘chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muassasalaridir, uning resurslari o‘zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi.

Bugungi kunda respublika hududida mulkchilikning turli shaklidagi 30dan ziyod tijorat ixtisoslashgan banklar va ularning 3,7 mingdan ko‘proq filiallari faoliyat qilib turadi.



2-jadval

O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatining

asosiy ko‘rsatkichlari6

Ko‘rsatkich


2011


2012


2013


2014


2015


2016


2017


2018


Tijorat banklari aktivlari (mlrd so‘m)

3198,0


3918,2


4419,0


6400,0


6630,6


7208,0


9276,2


12065,0


Tijorat banklari yalpi kapitali hajmi (mlrd so‘m)

602,0


714,7


791,0


824,0


930,9


1250,0


1502,6


2104,0


Faoliyat ko‘rsatayotgan mini-banklar soni (birlik)

309


530


795


1122


1450


1500


2038


2161


Kichik tadbirkorlik sub‘ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi (mlrd so‘m)

206,0


256,0


294,0


353,9


419,9


547,9


743,7


1251,0



Tijorat banklarda aholi omonatlari qoldig‘i (mlrd so‘m)

91,5


170,1


245,0


323,0


449,5


975,0


994,6


1724,0


O‘rta va uzoq muddatli kreditlarning jami ktredit qo‘yilmalaridagi ulushi (foiz)

74,0


81,0


81,0


82,8


81,0


85,0


86,7


-

  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda budjet-soliq vositalarining o‘rni va takomillashtirish yo‘nalishlari


Ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi iqtisodiyotni isloh qilish strategiyasining boshlangich nuktasi bo‘lib xizmat kiladi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida brinchi darajali chora tadbirlar hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida moliya va soliq siyosati sohasida quyidagilar ilgari suriladi;

qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti defitsitini iloji boricha hamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarning barcha turlarini bosqichma-bosqich kiskartirib borish;

budjet mablag‘lari daromad tushganidan keyingina taqsimlashtiradigan yo‘ldan ogishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ektiyojlari uchungina budjetdan mablag‘ ajratish;

Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul bilan qaytarilmaydigan kilib ta’minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;

Soliq tizimini takomillashtirish, budjet daromadlari barkaror suratda to‘ldirib turilishini ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, kishlok xo‘jalik mahsulotini qayta ishlaydigan va xalq is’temoli mollari ishlab chiqaradigan ko‘shma korxonalarning rivojlanishini rag‘batlantiradigan pishik-puxta soliq siyosatini olib borish.

Byudjet xarajatlari 2017-yilga nisbatan 60 foiz yoki 29 trillion soʻmga oshgan. Ushbu mablagʻlarning 5,6 trillion soʻmi “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari va arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltirildi. Yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish, aholini ish bilan taʼminlash uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankiga 700 milliard soʻm va Xalq bankiga 1 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirishga 4,5 trillion soʻm ajratildi. 

Asosiysi, byudjet sohasi xodimlari ish haqi, pensiya va nafaqalarini inflyatsiya koʻrsatkichidan yuqori oshirish bilan birga tarbiyachilar, oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, profescor-oʻqituvchilar, madaniyat xodimlarining ish haqi 30 foizdan 100 foizgacha oshirildi. 

Xususan, 2019-yil 1-yanvardan: 

– tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni toʻliq bekor qilish natijasida korxonalarda qoʻshimcha 5,2 trillion soʻm daromad qoladi;

– jismoniy shaxslar uchun daromad soligʻining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy toʻlovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sugʻurta badali bekor qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshadi; 

– yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi 5 foizdan 2 foizgacha, foyda soligʻi 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes subyektlari yagona soligʻi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ qoladi. Umuman olganda, mavjud 19 ta soliq va majburiy toʻlovlar turi 15 tagacha kamaytiriladi. 

Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.

Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi.

Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat.

Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o‘z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi.

Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskretsion fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.

Diskretsion fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o‘ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalambor, vaqt oraliqlari bilan bog‘liq.

Nodiskretsion fiskal siyosat — davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig‘ini avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskretsion fiskal siyosat o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o‘rnatilgan barqaror-lashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskretsion fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun huqumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi

Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlarni qo‘shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to‘liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.

Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo‘yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.

Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;

mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to‘g‘risidagi shartnomalar;

o‘tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;

Mamlakatning qarziy majburiyatlari o‘zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo‘lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to‘lov muddatlari, foiz to‘lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o‘zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.

Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

hukumatning davlatni qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha qarzining asosiy nominal summasi;

hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzning hajmi;

mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‘yicha majburiyatlar hajmi; va boshqalar.

O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlar hajmi;

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo‘ladi.

Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g‘aznachilik tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.

Xulosa


Xulosa qilib aytganda, davlatning iqtisodiyotga aralashishi anchagina iqtisodiyotga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Biroq davlat iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, o‘zining richaklari orqali aralashishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Rivojlangan mamlakatlardagi davlatning juda muhim vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy-moliyaviy inqirozlarning oldini olish, ulardan chiqish va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish boʻyicha choratadbirlar koʻrishdir. Davlat boshqa mamlakatlar xoʻjaliklari bilan iqtisodiy, savdo va toʻlov balanslarini nazorat qiladi, ularni muvofiqlashtirishga va faollashtirishga harakat qiladi. Bularning hammasi milliy iqtisodiyotning barqarorligi, rivojlanishiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi davlatlarning tobora koʻproq inson va butun xalq manfaatdorlgini koʻzlaydigan hamda aholining mutlaq koʻpchiligi koʻllab-quvvatlaydigan davlatlarga aylana borishi, kelajakda bu mamlakatlardagi jamiyatlarning, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning umum-demokratik ijtimoiy jamiyatga aylanishi kuzatilmoqda.

Hozirgi davrda oʻzini sotsialistik hisoblab kelayotgan mamlakatlar — Xitoy Xalq Respublikasi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Kuba Respublikasida iqtisodiyot asosan umumlashgan mulkchilikka, markazdan boshqarishga va rejalashtirishga asoslangan iqtisodiyot boʻlib qolmoqda. Biroq ularning baʼzilari (Xitoy, Vyetnam)da jiddiy iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda, bozor iqtisodiyotini ham shakllantirish siyosati oʻtkazilmoqda; mamlakat iqtisodiyotida, ayniqsa, erkin iqtisodiy zonalarda, davlat nazoratida xususiy va xorijiy kapital faoliyatiga, kapital, yollanma mehnat munosabatlariga erkinlik berilmoqda. Natijada ularda Davlat kapitalizmi.ning koʻlami va iqtisodiy hayotga taʼsiri oʻsmoqda.

Bozor iqtisodga oʻtayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarga xorijiy tovarlar va kapitallar juda erkin, tez kirib kelmoqda, baʼzi tarmoqlarda vabozorlarda katta hukmron mavqelarga ega boʻlmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



  1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.:2017

  2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 4—6-son, 39-modda

  3. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Raqobat to‘g‘risida. 2012 yil 6 yanvar.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. - T.:«Adolat» 2018.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli farmoni

  6. O‘zbekiston Respublikasining Prezdentining 2017 – yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stependiyalar to‘lash mexanizimini takomillashtrishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PF-2753-sonli karori

  7. SH.M.Mirziyoyev ,,Milliy taraqqiyot yo‘limizni qa’tiyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko‘taramiz’’

  8. ,,Erkin va farovon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz’’, Sh.M.Mirziyoyev,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimidagi nutq.

  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.

  10. X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.sh. Fayziyev “Makroiqtisodiyot” darslik. T.2015.

  11. Malikov T.S., Jalilov P.T. Budjet-soliq siyosati. Darslik – T.: Akadem nashr, 2011.

  12. Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. Э40 заведений / Под ред. В.Д. Камаева. — 8-е изд., перераб и доп. M.:KNORUS, 2010. – 384 стр.

  13. Нуреев Р. М. Курс микроэкономики: Учебник для вузов. —. Н90 2-е изд., изм. — М.: Издательство НОРМА, 2002. — 572 с.

  14. Экономическая теория. Под ред. Добрынина А.И., Тарасевича Л.С. 4-е изд. - СПб.: 2010. — 560 с.

  15. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015

  16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil statistik axborotnomasi, T., 2018.

  17. Экономика Узбекистана. Аналитический обзор за 2017 год. Центр эффективной экономической политики T., 2018.

  18. www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasining rasmiy sayti

  19. www.uza.uz – O‘zbekiston milliy axborot agentligi

  20. www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

  21. www.ceep.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti.

  22. www.internetindicators.com – Iqtisodiy indikatorlar Internet veb-sayti.

  23. www.economyworld.comPhotius Coutsoukis and Information Technology Associates (Axborot Texnologiyalari Assostiastiyasi) veb sayti.

  24. www.Cbu.uz – o‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan

2 Шавкат Мирзиёевнинг «Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак» номли китоби (2017)

3 Монетар сиёсатнинг 2019 йил ва 2020–2021 йиллар даврига мўлжалланган асосий йўналишлари

4 www.stat.uz sayti ma’lumotlari asosida

5O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida

6 www.cbu.uz sayti ma’lumotlari asosida


Download 361,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish