Мундарижа сўзбоши



Download 0,7 Mb.
bet66/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

Qirg’oq riflari (gollandcha-suv tagidan yoki dengiz yuzasidan keskin ko‘tarilib turadigan qoyalar) materik va orollarning qirg’oqlarini keng terrasa shaklida o‘rab turadi. To‘siq riflari quriqlikdan ma’lum masofada laguna orqali ajralib turadi. Katta to‘siq rifi Avstraliyaning sharqiy qirg’og’i yaqinida joylashib, uzunligi 2000 km ga boradi. Lagunasining kengligi 35-140 km, chuqurligi 30-70 m.

Atollar Tinch va Hind okeanlarining tropik kengliklaridagi ochiq joylarda keng rivojlangan xalqasimon orollar bo‘lib, uning o‘rtasida laguna joylashadi. Atoll orolining tashqi yonbag’ri tik, ichki yonbag’ri esa qiya bo‘lib, unda turli xil organizmlar yashaydi.

Fitogen va marjon qirg’oqlari biogen qirg’oqlar deb ataladi. Agar quriqlik sekin asta cho‘kayotgan bo‘lsa, dengiz suvlari daryolarning quyar joylariga bostirib kiradi va natijada ular kengayib, varonka shaklini oladi. Bunga dengiz suvining qalqib qaytishi sabab bo‘ladi. Suv ko‘tarilganda daryo suvi quyar joyda to‘planadi, suv qaytanda esa bu suv dengiz suvi bilan birga dengizga qaytishda daryo o‘zanidagi oqiziqlarni olib ketadi.

Qayta o‘zgartirilgan bunday quyar joylar estuariylar (lotincha-suv bosish) deyiladi. Temza, Sena, Yantszi (CHantszyan), Ob’, Parana, Kongo daryolarining quyar joylari estuariylarga misoldir. Estuariylarning hosil bo‘lishi uchun quyar joyda suv qaytishi tezligi suv ko‘tarilishi tezligidan katta bo‘lishi va oqiziqlar miqdori oz bo‘lishi zarur. Masalan, Xuanxening yillik oqimi 126 km3 , qattiq oqimi 1887 mln tonna bo‘lsa, bu nisbatan Yantszi daryosida 690 km3, 501 mln tonnadir. Shunday qilib Yantszi quyar joyida suv oqimi va qattiq oqim o‘rtasida disproportsiya bo‘lganligidan estuariy, Xuanxeda esa oqiziqlar miqdorini ortiqcha bo‘lishligidan deltaning shakllanishiga sabab bo‘lgan

Dunyo okeaniga har yiliga 18.5 mlr t allyuvial oqiziqlar keltiriladi. Uning 90% er sharidagi 15 ta yirik daryolarga to‘g’ri keladi. Daryolarning quyar joylarida oqiziqlar to‘planib borib uchburchak (grekcha harf-delta) shaklidagi delta qirg’oqlari hosil bo‘ladi. Bu qirg’oqlarni ikkilamchi parchalangan qirg’oqlar deyish mumkin. Deltalarning hosil bo‘lishi va rivojlanish bosqichi bo‘yicha uchburchak (Nil), panjasimon (Missisipi, Kura), yoysimon (Lena), tumshiqsimon (Tibr), to‘ldirilgan (Kuban), siljigan (Volga) kabi tiplari mavjud.

Qutbiy kengliklarda qirg’oqlar ko‘pincha muzdan iborat bo‘ladi. Muz qirg’oqlar ikki xil bo‘ladi: a) ko‘milma muzdan tarkib topgan va b) quruqlikdan sirg’alib tushgan muzliklarning chekka qismlaridagi qirg’oqlar. Muz qirg’oqlar juda harakatchan: muzliklar dengizga tomon uzliksiz harakat qiladi va vaqti-vaqti bilan sinib, aysberglarni hosil qiladi. Bu qirg’oqlar juda o‘zgaruvchandir

Qirg’oqlarning geologik tuzilishi, iqlimiy sharoiti va dengiz suvlarining faoliyati xususiyatlariga ko‘ra materiklarning qirg’oqlarida turli-tuman qirg’oq tiplari vujudga kelgan.




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish