Мундарижа сўзбоши


Materiklar suv osti chekkasining megarelefi



Download 0,7 Mb.
bet32/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

3.3.4. Materiklar suv osti chekkasining megarelefi

Materiklar maydonining 35% iga yaqini dengiz va okean suvlari bilan qoplangan. Bu maydonning 2/3 qismi shimoliy yarim sharda, faqat 1/3 qismi esa janubiy yarim sharda joylashgan.

Okean maydoni qancha katta bo‘lsa, materiklarning suv osti chekkasi shuncha kam maydonni egallaydi. Masalan, materiklarning suv osti chekkasi Tinch okeanida 10% ni, Shimoliy Muz okeanida esa 60% dan ko‘p maydonni tashkil etadi. Materiklarning suv osti chekkasi shelf (materik sayozligi), materik yonbag’ri va materik etagi kabi qismlarga bo‘linadi (3.3.4.1-rasm).

Shelf materiklarning dengiz va okeanlar qirg’oqlari bo‘ylab cho‘zilgan suv osti davomi bo‘lib, eni bir necha km dan 1200-1500 km gacha, chuqurligi 200-1000 m gacha boradi. Relefi asosan tekislik, yuzasining o‘rtacha qiyaligi 1­0 gacha etadi.

Shelf daryolar quruqlikdan keltirgan, shuningdek to‘lqinlar dengiz qirg’og’ini emirishdan hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar (shag’al, qum, qumoq, loyqa) bilan qoplangan. Uning yuzasida o‘tmishda kontinental sharoitda hosil bo‘lgan relikt relef shakllari, masalan daryo o‘zanlari, vodiylar, muz-akkumulyativ tekisliklar uchraydi. Bundan tashqari shelfda abrazion tekisliklar, dengiz yotqiziqlaridan tuzilgan akkumulyativ tekisliklar, ko‘tarilmalar, pastqamliklar, tropik suvlarda marjon riflari va boshqalar uchraydi.

Shelf Yevrosiyoning shimolida. Avstraliyaning shimoliy sohillarida, Bering, Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarida keng rivojlangan. Uning umumiy maydoni 31194 ming km2, yoki Dunyo okeani maydonining 8,6 % ini tashkil etadi. Shelf atamasi ingliz olimi X.R. Mill (1887) tomonidan taklif qilingan.

Materik yonbag’ri shelf bilan materik etagi orasida joylashgan okean tubining qirg’oqqa yaqin qismi. U shelf va materik etagiga qaraganda ancha tik (qiyaligi o‘rtacha 5-70, ko‘pgina hollarda 15-200 dan 500 gacha), zinapoyasimon tuzilganligi va relefining ancha parchalanganligi bilan farq qiladi. Materik yorbag’rida chuqur suv tagi vodiylari (kanonlar) tarqalgan; ba’zi bir suv tagi kanonlari materik yonbag’ridan tashqariga chiqmaydi, lekin shunday kanonlar ham borki, ularning bosh qismi materik sayozligida bo‘ladi; bunday kanonlar ko‘pincha er ustidagi katta vodiylarning suv tagidagi davomidir (Kongo, Hind. Gudzon, Yukon va boshqa daryolarning vodiylari dengiz tagida davom etadi). Ko‘pgina kanonlarning chuqurligi 2000 m, uzunligi bir necha yuz km ga boradi. Ularning yonbag’ri tik, ko‘ndalang kesimi V-simon shaklda, quyi qismida yirik konussimon yoyilmalar hosil bo‘lgan. Ayrim kanonlar 3000 m chuqurlikgacha etib boradi. YOnbag’irning yuqori qismida suv osti surilmalari, loyqali oqimlar kuzatiladi. Kanonlar materik yonbag’irlaridagi zinapoyasimon uzilmalarda suv osti daryo oqimining erozion ishidan hosil bo‘lganligi to‘g’risida fikrlar mavjud.

Materik etagi materiklarning suv ostidagi eng chekka qismi bo‘lib, materik yonbag’ri bilan tubi o‘rtasida joylashgan. U qiya akkumulyativ tekislikdan iborat bo‘lib, uning maksimal qiyaligi materik yonbag’ri yaqinida 2,50 gacha boradi. Materik etagi okean tubi tomon nishobligi kamayib 3,5-4,5 ming km chuqurlikda tugaydi. Ayrim joylarda u suv osti kanonlari bilan kesilgan. CHo‘kindi jinslarning qalinligi 200-500 metrga boradi, xolos. Materik etagi geologik tuzilishga ko‘ra er po‘stining okean tagidagi qismi bilan materik qismi qo‘shilgan joyidagi chuqur bukilmadan iborat bo‘lib, u qalin cho‘kindi jinslar bilan to‘lgan. Bu cho‘kindi jinslarning manbasi shelfga quruqlikdan daryolar keltirgan yotqiziqlardir. Ular suv osti surilmalari va loyqali oqimlar yordamida materik etagiga keltirilgan.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish