Мундарижа сўзбоши



Download 0,7 Mb.
bet29/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

3.3.1. Materiklar megarelefi

Materiklar-murakkab tuzilishdagi yaratma bo‘lib, u litosferaning uzoq davom etgan evolyutsiyasida shakllangan. Materiklar megarelefining evolyutsiyasini tushuntirishda A.Ye. Krivolyutskiy (1977) «Geosinklinallar va platformalar» geotektonik kontseptsiyasidan foydalangan. U materikllar rivojlanishini VII bosqichga bo‘ladi.

Geosinklinal davrning I bosqichida burmalangan asosda chuqurlik yoriqlari bilan murakkablashgan tor geosinklinal-sayoz dengiz havzasi hosil bo‘ladi. Yer po‘sti cho‘kkan sari unda qalin vulkaniq va cho‘kindi jinslar to‘planadi va ular metamorfizatsiyaga uchraydi.

Geosinklinal davrning II bosqichida geosinklinalda er po‘sti bukilishda davom etadi, lekin uning markaziy qismida ko‘tarilish bo‘lib, orollar hosil bo‘ladi. Geoksinklinalning relefi ancha murakkablashadi: havzaning tagida sinklinallar va antiklinallar paydo bo‘ladi.

Geoksinklinal davrning III bosqichida havzaning katta hududida kuchli tektonik harakatlar bo‘lib, umumiy ko‘tarilish kuzatiladi: magma qatlamlar orasiga kirib boradi: granitli qatlam hosil bo‘ladi: burmali-palaxsali struktura shakllanadi.

Geosinklinal davrning IV bosqichida geosinklinalda kuchli tektonik harakatlar natijasida uning markaziy qismida baland tog’ relefi hosil bo‘ladi, vulkanizm kuchayadi, chekka qismlarda hosil bo‘lgan chuqur botiqlar tog’ tizimlarini bir-biridan ajratib turadi. Geosinklinal o‘rnida epigeosinklinal tog’lar vujudga keladi.

Materiallar rivojlanishining V bosqichi geosinklinal rejimidan platformaga o‘tish davri bo‘lib, unda ko‘tarilgan tog’ tizimlari vaqt o‘tishi bilan ekzogen jarayonlar ta’sirida emiriladi. Yemirilgan tog’ jinslari suv, shamol, muz, va boshqalar ta’sirida past joylarga olib ketiladi. Bunda tog’larning qattiq magmatik va memorfik jinslardan iborat ichki qisimlari ochilib qoladi. Baland tog’lar o‘rnida tekislik hosil bo‘ladi.

Materiklar rivojlanishining VI bosqichda kuchli tektonik harakatlar yana qaytarilib, tekislik o‘rnida baland tog’lar, ya’ni qayta yoshargan tog’lar (epiplatforma tog’lar) hosil bo‘ladi. Ular asosan metomorfik tog’ jinslaridan tuzilib, relefi bo‘ylama yirik yoriqlar va magmatizm jarayonlari bilan murakkablashgan bo‘ladi.

VII bosqich rivojlanishning platforma davri bo‘lib, unda geologik davrlar davomida tog’lar denudatsiya ta’sirida yo‘qotiladi va ularning o‘rnida (burmali asosda) denudatsion tekisliklar hosil bo‘ladi. Uning ko‘p joylari asta-sekin cho‘ka boshlaydi. Yer po‘sti cho‘kkan notekis joylarni dengiz suvi bosadi: dengiz tubida qalin cho‘qindi jinslar qatlami hosil bo‘ladi. Burmali asos va subgorizontal yotuvchi cho‘kindi qatlamlar qoplami bo‘lgan tektonik strukturalarni V.E.Xain hozirgi platformalar (plitalar) deb ataydi.

Materiklar hosil bo‘lishining murakkab evolyutsiyasi va turli bosqichlarning ketma-ketligi, ularning tektonik va geologik tuzilishida o‘z aksini topgan. Materiklar hududida nisbatan turg’un oblastlar-platoformalar va katta tektonik harakatchanlikka ega bo‘lgan oblastlar- geosinklinallar ajratiladi. Platforma va geosinklinallarning turli tuzilishga va rivojlanishga ega bo‘lishligi turli relef shakllarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Shuning uchun, materiklar hududida platformalar va geosinklinallar kabi ikki morfostruktura tipi ajratiladi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish