I-Bob. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
tayyorlovchi, qayta ishlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohaning
ahamiyati va iqtisodiyotdagi o‘rni
1.1.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va iste’molchilarga
yetkazib beruvchi sohaning tarkibi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligining samaradorligi ko‘p jihatdan boshqa
iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ekan. Chunki, bir
tarmoqning pirovard mahsuloti boshqa bir tarmoq uchun ishlab chiqarish
vositasi yoki xom
ashyosi bo‘lib xizmat qiladi va uning tarmoq uchun birlamchi qayta ishlash yoki mahsulotni
iste’molchiga yetkazib berish xizmatini yuzaga keltiradi.
Sanoat bilan qishloq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasidagi bunday aloqadorlik negizida,
organik jihatdan aloqador bo‘lgan va yagona pirovard maqsadga qaratilgan agrosanoat
majmuasi vujudga kelishini taqozo etadi. Demak, agrosanoat majmuasi vujudga kelishining
asosiy sababi bir
tomondan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarmoqlar ishlab chiqarish munosabat-
larining takomillashuvi bo‘lsa, boshqa tomondan, ijtimoiy mehnat taqsimotining
mavjudligidir.
Shular negizida shakllangan agrosanoat majmuasining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy
maqsadi: mamlakatning oziq-ovqat muammosini hal qilish va unga bo‘lgan iste’molni ilmiy
asoslangan
meyorlarga yaqin-lashtirish; aholini qishloq xo‘jaligi xom ashyosidan
tayyorlanadigan oziq-ovqat bo‘lmagan tovarlarga bo‘lgan talabini qondirish; agrosanoat
majmuasi korxonalarini rivojlantirishning intensiv shakliga o‘tkazish va shu asosda pirovard
mahsulot ishlab chiqarishni o‘stirishni ta’minlash; barcha tarmoq
va korxonalarda mavjud
resurslar salohiyatidan foydalanishni yaxshilash va shu asosda ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish; tashqi savdo oboroti tuzilmasini, oziq-ovqat mahsulotlarini
ko‘proq chetga chiqarish hisobiga o‘zgartirishdan iborat. Maqsad majmuaning samarali
tarkibining shakllanishini talab etadi. Demak, agrosanoat majmuasi- bu qishloq xo‘jaligi
mahsulotini
yetishtirish, uni yig‘ishtirib olib saqlash, qayta ishlash va iste’molchiga sifatli
holda yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlarining o‘zaro manfaatli
majmuasidir.
Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tayyorlaydigan (sotib oladigan),
dastlabki yoki to‘liq qayta ishlaydigan va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib
beradigan (sotadigan) barcha tarmoq va korxonalar agrosanoat majmuasining 3-sohasini
tashkil etadi. Bularga: paxta tozalash zavodlari, konserva zavodlari,
pillani qayta ishlash
fabrikalari, sut va go‘shtni qayta ishlash korxonalari, yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalari,
meva sharbatlari, vino, kon’yak kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, muzxona
(xolodilnik) va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi korxonalar kiradi.
Bu soha murakkab tarkibga ega. Har bir mahsulot turi yoki bir-birini to‘ldiruvchi
mahsulotlar bo‘yicha agrosanoat majmuasining o‘z korxonalari mavjud. Albatta, ayrim
mahsulotlarni respublikada chuqur qayta ishlash darajasi yuqori emas. Masalan,
respublika
qishloq xo‘jaligining asosiy ekin turlaridan biri bo‘lgan paxta xomashyosining 100 foizi
dastlabki qayta ishlashdan o‘tadi. Dastlabki qayta ishlangan paxtaning 14-16 foizigina
respublikada ikkilamchi va chuqur qayta ishlanadi. Natijada, paxtadan juda kam miqdorda
yarim tayyor va tayyor oxirgi tovarlar ishlab chiqariladi. Bu borada qilinadigan ishlar hajmi
katta.
Do'stlaringiz bilan baham: