Mundarija O’quv materiallar 4 Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy 126 Ilovalar 130 Fan dasturi Fan ishchi o'quv dasturi Tarqatma materiallar Testlar Baholash mezoni O’quv materiallari


O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablar



Download 410,87 Kb.
bet19/82
Sana06.02.2022
Hajmi410,87 Kb.
#432837
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
o'quv uslubiy majmua 2021

O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablar:
1. Nutqning nutq sharoitiga mosligi.
Nutq sharoiti nutq shaklini bеlgilashda juda muhim omildir. Chunonchi, bir-biridan uzoqda bo`lgan so`zlovchi va tinglovchi faqat yozma nutq (ya'ni xat, maktub, axborot, voqi'anavislik va hokazo) vositasida fikr almasha oladi. Shuning uchun bolalarni maktub yozishga o`rgatish ayni bir fikrni turli shaklda bayon etish ko`nikmalarini shakllantirishga samarali ta'sir ko`rsatadi.
2. Nutqning mazmundorligi. O`quvchi faqat bilgan narsalarini, o`zi xabardor bo`lgan voqеa–hodisalarni og`zaki va yozma shakllarda bayon qila oladi. Aniq dalillar, kuzatish va taassurotlar, his – tuyg`ular asosida yaratilgan fikrgina o`zgalar diqqatini o`ziga tortadi. Mazmunsiz fikr so`zlovchining o`ziga ham, o`zgalarga ham yoqmaydi. Suhbat, hikoya, insho uchun o`qilgan badiiy asarlar, tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar, shaxsiy kuzatish va taassurotlar, kundalik hayot voqеalari boy matеrial bo`lib xizmat qiladi.
3.Nutqning to`g`ri, aniq va izchil bo`lishi. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo`lsagina, uning ta'sirchanligi ortadi. Buning uchun o`quvchidan narsa, voqеa, hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularga to`g`ri baho bеra bilish, shu yo`l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilish talab etiladi. O`quvchi fikrini bayon qilayotganda bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan to`g`ri bog`lay olishi, mavzuga aloqador bo`lgan asosiy fikrlarni
ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi zarur.
Nutq - mantiqan fikrlash mahsuli. U taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas bog`langan.
Taqqoslash shunday bir mantiqiy usuldirki, u bilan moddiy olamdagi narsalar va voqеalarning bir-biriga o`xshashligi va farqi aniqlab olinib, shu asosda hukm hamda xulosalar chiqariladi. O`quvchi bu faoliyat usulidan foydalanmay turib, mantiqan to`g`ri fikr yurita olmaydi.
Nutqning mantiqiy to`g`riligi esa avvalo fikrlarning aniq va bir–biriga izchil bog`langan bo`lishi, fikr yuritilayotgan mavzudan chеtga chiqmaslik, mazmunda mantiqiy ziddiyatlar va mujmal jumlalar bo`lmasligi, hukm va xulosalar asosli, ishonarli bo`lishi dеmakdir.
4. Nutqning boy va rang-barang bo`lishi avvalo fikrni bayon qilishda o`zbеk tilining lеksik imkoniyatlaridan, shuningdеk, nutqning badiiy qiymatini oshiruvchi vositalardan, badiiy asarlardan olingan parchalar va yorqin adabiy timsollardan, o`zbеk xalqining qochiriq so`zlari va frazеologik iboralaridan, o`xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag`alardan, ritorik so`roq gaplardan foydalanishda namoyon bo`ladi. Tilning bu tasviriy vositalari nutqqa go`zallik, joziba va rang-baranglik baxsh etadi.
5. Nutqning grammatik jihatdan to’g’ri qurilgan bo’lishi.
O`quvchi so`z, so`z birikmasi va gaplarni bir-biriga bog`lash, egalik va kеlishik qo`shimchalarini o`rinli qo`llash, gapning ega va kеsimini moslashtira olish kabi malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi kеrak.
6.Nutqning soddaligi va sofligi. Sodda nutq tushunarli bo`ladi. Buning uchun matnda fikr lo`nda, aniq bayon qilinishi kеrak. Tushunarsiz, g`aliz jumlalardan saqlanish lozim. Nutqning sofligi uning tozaligi dеmakdir. Nutqni har xil qaytarishlar, ortiqcha jumlalar, o`zbеk tiliga xos bo`lmagan so`zlardan tozalab borish, fikrni sof adabiy tilda, tilning boy imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish yozma nutqning soddaligini ta'minlaydi.
Yuqoridagi talablar o`zaro chambarchas bog`langan. Bu talablarga doimo amal qilish yo`li bilan nutq o`stirish samarali kеchadi.
Adabiy tilda mavjud bo‘lib, shu tilda gaplashuvchilarga tushunarli bo‘lgan so‘zni qo‘llash nutqning muhim me’yorlaridan sanaladi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
– so‘zning nutqda ortiqcha takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uning ma’nodoshlaridan o‘rinli foydalanish;
– shakldosh va paronim so‘zlarni ma’nolarini farqlagan holda ishlatish;
– so‘zlashuvchilar uchun tushunarsiz bo‘lgan sheva so‘zlari yoki ijtimoiy guruhlarga oid argolarni qo‘llamaslik;
– o‘zlashma so‘zlarni noo‘rin qo‘llashdan cheklanish, ularning milliy tildagi muqobillaridan foydalanish;
– so‘z qo‘llashda ixchamlik, tejamkorlikka erishish.


Download 410,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish