Mundarija O’quv materiallar 4 Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy 126 Ilovalar 130 Fan dasturi Fan ishchi o'quv dasturi Tarqatma materiallar Testlar Baholash mezoni O’quv materiallari



Download 410,87 Kb.
bet14/82
Sana06.02.2022
Hajmi410,87 Kb.
#432837
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82
Bog'liq
o'quv uslubiy majmua 2021

Ilova 4.
1- topshiriq. Gaplarni ko‘chiring, ulardagi so‘zlarning qanday adabiy til me’yorlariga mosligini izohlang.
1. Yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Abu Rayhon Beruniy).
2. Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham hech bir so‘zni buzma, to‘g‘ri ta’rifla. So‘zni bir xil gapir (Kaykovus).
3. Bilib so‘zla, so‘z bilig sanalur (Yusuf Xos Hojib). 
4. So‘zlaringda bo‘lsin fikr-u o‘y yoniq, bo‘lsin har so‘zingda bir nuqta aniq (X.Dehlaviy). 
5. Agar tilni asramoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo so‘zni siypamoq boshqa ofatdur (A. Navoiy).
2-topshiriq. Gaplarni o‘qing va ko‘chirib yozing. O‘z o‘rnida va o‘z ma’nosida qo‘llangan so‘zlarni aniqlang. Ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini izohlang.
1. Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
2. Odamning qo‘li — gul, xalqim eking gul, yashasin tobora obod shahrimiz (S. Zunnunova). 
3. Nimani aniq tasavvur etolmasang, uni shu qadar chalkash gapirasan: noaniq va chalkash ifoda faqat fikrning belgisidir (N. G. Chernishevskiy).
4. Nodonlardek yuzlab so‘zni qilma qator, donolardek bir so‘z degil, lek ma’nodor (S. Sheroziy). 
5. Sizlar bilan gaplashganimda o‘zimning qora o‘tmishimda ham ba’zi yorug‘ nuqtalar bo‘lganligini his qilyapman (A. Muxtor).
3-topshiriq. Parchani o‘qing, nutq aniqligi buzilgan holatlarni aniqlang.
...Endi biz-ku, o‘tdik, bolalarimiz ham bizday bo‘lmasin deng. Buning uchun bolalarga har xil adabiyotlardan o‘qitish kerak. Bu to‘g‘rida ham hozirgi tarbiya o‘choqlarimizning
beparvoligi bor. Chunonchi, men u kuni o‘g‘lingizni imtihon qilib ko‘rdim. Mazasi yo‘q! Hatto Saltikov bilan Shchedrin, degan mashhur yozuvchilarni bir-biridan farq qilolmaydi,
ikkovi bitta odam deydi. Kula-kula o‘libman. Sizga aytaman deb esimdan chiqibdi.
Zargarov «o‘g‘lim a’lochi» deb hech kimga so‘z bermas edi, Qutbiddinovning bu kulgisi uni tamom o‘ldirdi.
— Rosti bilan shunday dedimi? Adabiyotdan ham «a’lo» baho olgan edi-ku.
— Adabiyot muallimi oshnangizdir.
— Be, Saltikov bilan kim dedingiz hali, Shchedrinmi?
Shuni bilmasa men qulog‘ini tagi bilan sug‘urib olaman.
Qutbiddinov hamon kular edi.
Bilmaydi, bahuzur sug‘urib ola bering, azbaroyi xudo,ikkovi bir odam deydi.
Qutbiddinovning me’yoridan ortiq kulgisi Zargarovning g‘ashini keltirdi. Nima bo‘lib uning og‘zidan «mening o‘g‘lim bilmasa, sening o‘g‘ling ham bilmaydi» degan mazmunda so‘z chiqib ketdi. Qutbiddinov ham o‘zining o‘g‘liga ishonganligi uchun, Zargarovning bu bo‘htoniga darrov, issig‘ida zarba bergisi keldi.
— Hozir, hozir, — dedi, — Suyar! Ho, Suyar! Bu yoqqa chiq, o‘g‘lim! E, yotganmiding? Mayli, bu yoqqa o‘tir. Bizga bir narsani hal qilib ber: Saltikov katta yozuvchimi, Shchedrin katta yozuvchimi?
Suyar goh otasiga, goh Zargarovga qarar va hayron edi.
— Yoq, savolni noto‘g‘ri qo‘ydingiz, — dedi Zargarov.
— Bunday: Saltikov ilgari o‘lganmi, Shchedrinmi?
— Ikkovi bitta odam-ku! — dedi Suyar, nima gap ekanini bilolmay.
Zargarov qiyqirib kuldi, chapak chaldi va bunga ham qanoat qilmay o‘rnidan turib o‘yinga tushdi.
Qutbiddinov do‘q urdi:
— Saltikov bilan Shchedrin-a? Kim aytadi senga?
— O‘zim bilaman, kitobda bor...
A. Qahhor, «O‘jar» hikoyasidan.



Download 410,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish