Gidrodiksion yoki suv to‘rchasi Hudrodictyon yirik makroskopik senobial suvo‘ti bo‘lib, ko‘proq ko‘lmak va azotga boy chuchuk suvlarda o’sadi.Uzunligi 15 — 30 sm. Ba’zi turlarida silindr yoki uzunchoq hujayralar uchtadan bo‘lib, uchlari bilan tutashadi va likopchasimon shakldagi to‘r hosil qiladi. Masalan, N. africanum, N. reticulatum (17- rasm, b) xamma tomoni berk silindrga o‘xshaydi.
N. africanum kichik suv omborlari ostida to‘planadi, uning hujayrasi silindr shaklida bo‘lib, diametri 1 sm.
N. reticulatum senobial makroskopik bo‘lib, hamma tomoni berk silindrga o‘xshaydi (17-rasm, b). Uning bo‘yi 0,5 m ga, eni 10—15 sm g'a etadi. Hujayra devori to‘r shaklida bo‘lib, u uzunligi 1 sm li hujayra uchlarining o‘zaro (4—5 tasining) qo‘shilishidan hosil bo‘lgan katakcha- lardan tuzilgan. Sitoplazma hujayra po‘sti ostida joylashgan. Hujayra markazini vakuola ishg‘ol etadi, xromatoforalari ko‘p pirenoidli va ko‘p yadroli (17-rasm, v).
Qo‘shilayotgan zoosporalar elektron mikroskopda kuzatish bilan ularning plazmolemma ostida hosil bo‘lgan naycha orqali kopulyatsiya qilishi aniqlangan. Jinsiy ko‘payishi izogamiya. Ona xujayra ichida juda ko‘p mikdorda ikki xivchinli kichik gametalar hosil bo‘ladi. Gametalar hujayra devorini yirtib suvga chiqadi. N. reticulatum bir uyli (gomotalizm xususiyatiga ega: bir hujayradan chiqqan gametalar bir-biri bilan kopulyat siya qiladi. Kopulyasiya qilayotgan gametalar elektron mikroskopda kuzatilganda, ular orasida farq borligi aniqlangan. Qo‘shilayotgan gameta-larning birida xivchin o‘rtasida kichkina do‘mboqcha bo‘lib, ikkinchi xil gametada bunday do‘mboqchalar bo‘lmaydi. Kopulyatsiya vaqtida do‘mboqchadan naycha o‘sib, shu naycha ikkinchi gametaning membranasi bilan qo‘shiladi (18-rasm) va zigota hosil qiladi.
18-rasm. A — Hydrodictyon reticulatum. A—qutblarida joylashgan qalpoqchali gameta (1); B — qutbsiz va qalpoqchasiz gameta; V — qutbli qalpoqchaga ega bo’lgan gametadan urug‘lantiruvchi naychaning yuzaga kelishi (2); G — urug‘lantiruvchi naycha vositasida gametalarning qo‘shilishi.
Hosil bo‘lgan zigota qalin po‘st bilan o‘ralib, tarkibida juda ko‘p miqdorda yog‘ va gematoxrom to‘playdi. Keyin zigota o‘sib, hajmi yiriklashadi, tinim davrini o‘tgandan so‘ng reduksion bo‘linadi. Natijada yirik xivchinli to‘rtta zoospora paydo bo‘ladi. Bu zoosporalar suvda bir oz suzib yurgandan keyin biron substratga o‘rnashib, ko‘p qirrali hujayra poli-edriga aylanadi. Poliedr o‘sib, ko‘p yadroli bo‘ladi. Ulardan ikki xivchinli zoosporalar hosil bo‘ladi. Bu zoosporalarning o‘sishidan yosh turcha murtagi taraqqiy etadi. Poliedr hujayrasining devori yirtilgandan keyin, yosh turchalar suvga chiqib o‘sadi va rivojlanadi.
Suv to‘rining hayotida poliedr stadiyasi muhim ahamiyatga ega. Chunki uning usti har xil tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, senobiysi qurib qolishdan saqlaydi. Bundan tashqari, poliedr tarkibida oziq moddalar ko‘p bo‘lib, uni uzoq saqlash va tarqalishiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |