Mundarija kirish



Download 284,37 Kb.
bet2/3
Sana02.04.2020
Hajmi284,37 Kb.
#42988
1   2   3
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi-fayllar.org





III.ADABIYOTLAR SHARXI.

Er sharida mavjud bo‘lgan xilma-xil ekinlardan 78 oilga kiruvchi 1200 turdan ortiq ekinlar sabzavot ekinlaridir.Bu ekinlardan yarmiga yaqini madaniylashgan bo‘lib, qolgan qismi yovvoyi xolda foydalaniladi.

Mamlakatimizda 70 turdan ortiq ekin sabzavot sifatida ekiladi.Xamdo‘stlik mamlakatlarida sabzavot etishtirish zonal xususiyatga ega bo‘lgan. Ekin maydonlarini o‘lchalish bo‘yicha dastlabki o‘rinda karam turadi va bu ekin sabzavot band qilgan jami maydonni 25.3% ni, pomidor 23.2%, bodiring 15.4% ni, sabzi 7.4%ni, lavlagi 5.2%ni, piyoz 9.5%ni qolgan sabzavotlar 14%ni band etgan. Ekin maydonlari bunday band etilishiga mos ravishda sabzavotlar xosili quydagi ko‘rinishda bo‘ladi Oq bosh karam 31%, pomidor 28.1%, bodiring 9.3% sabzi 7.3% , piyoz 5.8% , lavlagi 7.1, va boshqa sabzavotlar 11.6%.

Odamlar o‘simlik maxsulotlarini istemol qila boshlagandan buyon dastlab ongsiz ravishda, sekin asta maqsadli ravishda uni sifatini oshirish va xosildorligini ko‘tarish yo‘llarini o‘rgana boshladi va miqdori yuqori bo‘lgan o‘simliklarni ajratib olib eka boshladi. Bu esa sekin - sekin xosildrlikni ko‘tarish uchun imkon berdi.

Karam ekini qadimiy sabzavot ekinlaridan biri bo‘lib xisoblanadi. Karamni insonlar eka boshlaganiga 4000 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi.

Karamning madaniy formalari yovoyilardan keskin farq qiladi. Karam sovaqqa chidamli o‘simliklar guruxiga kiradi.

N Rodnikov va boshqalar (1978) tomonidan berilgan malumotlarga ko‘ra karamni nrmal o‘sib rivojlanishi uchun esa maqbul xararat 17-22 s xosil organlari shakillanish davridagi yuqori xarorat, ayniqsa yuqori xaroratni tuproqdagi va xavodagi past namlik bilan o‘zlashtiruvchi karamlar salbiy tasir ko‘rsatadi.

V I Edlisheyn ( 1953) sabzavot ekinlari tashqi muxit xaroratiga bo‘lgan talablariga qarab besh garuxga bo‘ladi.

V .P Mateev va M.I. Rubsov (1958) fikriga ko‘ra , fotosintez maxsuldorligi , u gullagan vas arf etilgan muddatlar , o‘simlik xosildorligiga ekin turi va nav xususiyati,ekinni parvarishlash usulari yordamida tashqi muxit sharoitigina ekin talabiga moslashtirish mumkin. Bundan tashqari muxit omillarini karam talab etadigon xoltda yaqinlashtirish tera olsak u xolda ximoyalangan tuprqda olingandek ochiq erda xam gaktar xisbida 100-300 tonna karam xosili oshirish mu

Karam o‘simligi ustida juda ko‘p izlanishlar olib borgan tadqiqotchi V. A. Borisov (1978) karam organik o‘g‘itiga talabchan ekinlarni takidlaydi.U asosan unumdorligi past kuchsiz madaniylashgan tuproqlarga solish zarurligini ko‘rsatadi. Karam mineral o‘g‘it solishga xam nixoyatda talabchan ayniqsa azotli o‘g‘itga, azotli o‘g‘itsiz karamdan yuqri xosil olish mumkin emas.

Fosforli o‘g‘itlar yo‘q kuchli tuproqlarda yaxshi samara beradi.

Turli meyor nisbatdagi organo-miniral o‘g‘itlar aralashmasini karamni o‘sishi, rivojlanishi va xosildorligiga tasiri xaqida ko‘p tadqiqotchilar yozishgan.

Jumladan , V. Liunova (1967) karamga solingan azotli o‘g‘itni oshirish , karamni o‘sishiga , barg o‘rashi va sonini ortiradi bosh o‘rashini tezlatadi deb yozadi.Lekin karamga solingan azo‘tli o‘g‘it meyyorini xaddan tashqari oshirib yuborish karam boshini tarkibiga salbiy tasir etadi. Chunki ayrim karam navlari yorilish xususiyatiga moyil bo‘ladi. Nav karamlarga azotli o‘g‘it ko‘p solinsa uni boshlari yorilib ketadi. Shu sababli karamni bunday navlarni ostiga azo‘tli o‘g‘itlarni meyorini bilib solish kerak. Bu esa iqtisodiy jixatdan nixoyatda muxim axamiyatga ega.

V .F. Bilik, V. E. Soekina (1981) lar karam xosildorligini ortishi, xosil sifatini yaxshilashiga o‘g‘it qo‘llashdan tashqari karam qator oralariga ishlov berish sifati xam muxim axamiyatga ega ekanini takidladilar. Ularni fikricha karam qator oralariga ishlov berish quydagi tadbirlarga javob berishi kerak.


  1. Kultivator ish qamrovi kamchiligi shu dalada ko‘chat o‘tqazish seyalkalari ish qamrov kengligi bilan bir xil bo‘lishi kerak.Kultivator ishlash yo‘nalishi shu dalada ishlagan seyalka ko‘chat ekish agregati yo‘nalishini takrorlashi kerak. Aks xolda kultivator ishchi organlaridan zararlangan ko‘chatlar soni ortadi va ko‘chat qalinligini siyraklashishiga sabab bo‘ladi.


  2. Kultivator ishchi organlari yaxshi charxlangan bo‘lishi va ular shunday o‘rnatilgan bo‘lishi kerakki, ular ish qamrovidagi barcha begona o‘tlarni o‘ldirib ketishi kerak.Buning uchun kultivatoro rganlari bir-biriga 3-4 sm o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.


  3. Kultivator ximoya zonasi minimal bo‘lishi va u birinchi ishlorga 7-8sm dan tekis joyda va xar safar 4-5 sm dan oshirilishi kerak. Keyingi kultivatorda 10-15 sm qoldirish mumkin. Dastlabki birinchi kultivatorda ximoya zonasidagi tuproq qatlamini yumshatish uchun qo‘liga rigasion yulduzcha qo‘yiladi.


  4. O‘simlik tolasi xolatiga qarab, qator orasiga va egat o‘rtasiga sug‘orish egati chiladi.


  5. Mintaqa sharoiti, tuproq xolati, yog‘in miqdori va sug‘orish soniga qarab qator orasiga kultivatsiya qilish 2-3 tadan 7-9 tagacha etib borishi mumkin. Xar bir sug‘orishdan keyin , quruq etilgach albatta kultivatsiya o‘tkazilishi kerak .


Tadqiqotchilar P. Rodnikov, A. Simirnov (1984) takidlashicha karamni o‘g‘itlash yuqori xosil olishni asosiy yo‘li xisoblanadi. Bunda organik mineral o‘g‘it solish yaxshi natija beradi. Lekin ko‘proq chirindiga boy bo‘lgan joylarda g‘aqat mineral o‘g‘it solishni o‘zi xam yaxshi samara beradi. Lekin ko‘proq chirindiga boo‘ bo‘lgan joylarda faqat mineral o‘g‘itni solish xam yaxshi samara beradi. Tuproq unumdorligi past bo‘lgan erlarda albatta organik mineral o‘g‘itni birga qo‘llashni tavsiya etadilar. Ertangi karam ostiga yolg‘iz organik o‘g‘itni solish tavsiya etilmaydi. Chunki yangi organik o‘g‘itni minerallashtirish uzoq davom etgani uchun qisqa fursatda pishib etiladigon ertangi karam undan foydalana olmaydi .

Yaxshi o‘sib rivojlanayotgan karam bir qism solib o‘zlashtirish uchun 3.4 qismi fosfor va 2.5 qism azot o‘zlashtiriladi, fosforni 50% va kaliyni 70% o‘zlashtiriladi xolos.Shunday qilib o‘simlik uchun zarar bo‘lgan va etishmagan kaliyni ayniqsa mineral o‘g‘itn ko‘rinishida solish lozim. Shuni xisobga olish kerakki, karam o‘rab xosil qilguncha bo‘lgan davirda u azotga talabchan bo‘ladi, chunki u asstimulatsion aparatni kuchayishiga kerak, keyingi davirda kaliyga talabchan bo‘ladi. Kaliy karam boshini shakilanishini tezlashtiradi.

Karamdan 300-400ts/ga xosil olish uchun bir gektar erga kamida 30-40 tonna go‘ng, 120- 150 kg azo‘t, 60-70kg fosfor, 90-100 kg kaliy solish kerak,

Tuproqlarda karamdan 500-600 ts/ga xosil olish uchun gektariga 150kg azot, 80kg fosfor, 150 kg kaliy solish lozim bo‘ladi. Soxil tuproqlqrida esa gektariga 120kg azot, 80kg fosfor, 180kg kaliysolish kerak. Torfli tuproqlarda esa 80kg azot, 150kg fosfr va 210 kg kaliy solish talab etiladi.

V Matveev M I Rubsovlarni (1985) takidlashicha , karamdan yuqori xosil olish uchun faqat organik va mineral o‘g‘itni birga qo‘llash kerak.

Ko‘chat etishtirish ustida izlanishlar olib borgan P . Kmlina (1976) ko‘chatlar normal o‘sishini takitlovchi optimal ekish normasi 10-12 s/m2 deb xisoblanadi.Ekish oldidan urug‘ni Fentural bilan dorilash zarur.Tomir band erishiga qarshi uruqni suvda 20 minut davomida qoldirish kerak. Tarkibida bo‘r , marganes, rux, tutuvchi o‘g‘it eritmasi urug‘ni ishlash xam xosil miqdori va sifatini belgilaydi.Eritma quydagicha konsentratsiyada ishlatiladi.0.01-0.03% bor kislatasi, 0.02%mis sulfat eritmasi, 0.05-0.1% marganes sulfat va 0.003% rux sulfat eritmasidan urug‘ massasini 50% miqdorini bir sutka ivitiladi.

V Matlev, M Rutsv (1985) larning yozishicha, janubiy mamlakatlarda ertangi karam ekin sifatida ekib o‘stiriladi. Ozarbayjonda kaasniy bo‘yi soxillarida karamni ertangi Derbent, Maxalliy Anairon, Kusarchoy va boshqa navlarining urug‘i sentiyabr oyining ikkinchi yarmida ekiladi, karam ko‘chati noyabr oyining ikkinchi yarmida dalaga ekiladi. Xosilni keyingi yilning aprel oyida eg‘ishtirib olinadi. Bu issiqxonaga noyabr oyi boshida ekilgan nomercherviy chriboviski 147 navi xichmini etishtirishdan 20-25 kun ertangi.

X. Paitiev (1981) bergan malumotiga ko‘ra Qirimning janubiy soxilida kuzgi karam etishtirishni optimal muddati 15-25 sentiyabr bo‘lib, ko‘chati dalaga 1-20 noyabrda ekiladi. Bu muddatda ekilgan karam xosili may oyi boshida yaxshi etiladi.

Sabzavot ekinlarini sug‘orish bo‘yicha tajribalar o‘tkazib ko‘rgan F. Kulepva (1976) bir necha guruxga bo‘ladi.

Nam suvi- odatda bu turdagi sug‘orish yiliga 1-2 marta o‘tkaziladi kuz qish davrida qurg‘oqchilik rayonlarira urug‘larni normal unib chiqishini taminlash uchun o‘tkaziladi. Barcha yosh o‘simliklarni xayotini boshlang‘ich davrida normal o‘sib rivojlanishini taminlanadi. Sizot suvi chuqur joylashishiga qarab 1000-3000m3gacha meyorda belgilanadi.

Ko‘chat ekish oldidan o‘tkaziladigon sug‘orish odatda tuproqni yaxshi xolatga keltirish uchun , begona o‘tlarni o‘ldirib olish va tuproqni ekin oldidan ishlash orqali ularni yo‘nalish , unayotgan urug‘ni etarli nam bilan taminlab yoki maysalarni tekis undirib olish yoki nixollarni yaxshi tutib olish maqsadida o‘tkaziladi. Bunda sug‘orish meyyori 500-800 m3/gacha tashkil etadi.

O‘suv davrida sug‘orishda urug‘dagi nam miqdorini o‘simlikni extiyoji uchun earur bo‘lgan miqdorgacha etkazish uchun o‘tkaziladi. Sug‘orish meyor soni mavsumiy sug‘rish meri ob –xavo sharoiti tuprqni mexanik tarkibi, sizot suvi chuqurligiga bog‘liqdur. Sabzavot ekinlarini ekish turi va boshqa omillariga qarab 15-20 martagacha sug‘orish meyori esa 800m3/gacha uetib borishi mumkin.Namlovchi sug‘orish –issiq esa y-yuqori ko‘rsatgichga etganda o‘simlik atrofidagi xavo xarorati pasaytirish maqsadida yoozg‘irlatib o‘tkaziladi.Bunday sug‘orish meri 80-150m2 ni tashkil etadi.

Shaxsiy sug‘orish erlari issiqxonada xam keng tarqalgan sug‘orish usuli , leyka yoki chelak yordamida sug‘orishdir. Bu sug‘orish usulari ichida eng sermexnat , ko‘chat unuvchanligi past bo‘lgan usul xisoblanadi. Kotta maydondagi sabzavotlarni egatlab suvni o‘z oqimi bilan ,yoki yomg‘irlatib sug‘oriladi.

Suvni o‘z oqimi bilan sug‘orish usuli eng qadimgi usul bo‘lib xozirgi kunda karam ekinlari Respublikamizda dalalarda asosan shu usul bilan sug‘oriladi. Bunda sabzavotlar uchun chilgan egatlar orqaliy sug‘oriladi.

Sabzavotlarni yomg‘irlatib sug‘orish eng progressiv usul bo‘lib , bu usul sizot suvlari yuzadagi maydonlarda yaxshi samara beradi bu usul kam mexnat talab qiladigon usul xisoblanadi.

V Zuev, A Abdulaev (1997) turli tuprooq sharoitlarida karamdan 250 -300 ts/ga xosil olish xar xil mineral o‘g‘itlar kasirini o‘rganib quydagi meyor mineral o‘g‘itlar solishni tavsiya etadilar.120-150kg azot, 120-150kg fosfor, 60-70kg kaliy. Ular bu miqdordagi mineral o‘g‘itni quydagi muddatlarda solinsa eng optimal muddat deb xisoblanadi. Organik o‘g‘itlar yillik miqdori , fosforli o‘g‘it yillik miqdorini 65-70%ni va kaliyli o‘g‘it meyorini 50% shular ostiga ,fosfor miqdori yillik meyorini 20-25%ni ekish oldidan ko‘chat o‘tkazilgandan keyin aztni 25-40%ni , karam boshi paydo bo‘lishida azotni qolgan qismini va qolgan qismini solish tavsiya etiladi.

O‘tkazilgan tajribalardan malum bo‘ldiki O‘zbekistonni bo‘z turpoqlari sharida karam xosillarini 500 ts/ga bo‘lsa bir gektar erdan 227kg azot, 68kg fosfor, 252kg kerak bo‘ladi. Shu sababdan xam karam o‘simligi turlicha solinayotgan mineral o‘g‘itlarga juda talabchan.Bu mintaqada bo‘z tuproqlar chirindiga kambag‘al bo‘lgani uchun organik o‘g‘itlarni mineral o‘g‘it bilan uyg‘unlashtirib berish juda yaxshi samara beradi. Bunda gektar xisobidaxam kaliy bilan 20 tonna chirindini tuproq ostiga solish zarur.

P Rodnikov. Kuryukov ,A Smirnov (2001) lar karam o‘g‘itini kechki karam ekilchach maydonda nav tozaligini maqsadida o‘tkazilgan aprobatsiyadan boshlanishini takidlaydilar. Shu bilan birga uruo‘lik uchun onalik karam boshlari belgilanadi. Odatda karam boshi shakli , o‘lchami, zichligi, rangi, xususiyati o‘zak balandligi va yo‘g‘onligi shu navga xos bo‘lganlari tanlab olinadi.

Urug‘lik karam boshi 0 S xararat va 90-95% namlikda saqlanadi. Xavo xarorati -1sga tushib ketishiga yul qo‘ymaslik kerak. Karamni dalaga ekishdan 2-3 kun burun chirigan barglardan tozalanib karam boshi o‘sish nuqtalariga tegmagan xolda ko‘nussimon qilib qirqiladi. Va o‘zagi qoldiriladi.

Karam boshini o‘lchami urug‘ sifatiga bevosita tasir ko‘rsatadi. Ekilgan urug‘lik karam yuqori agrotexnik fonda parchalanadi. Ildiz tizimi kuchsiz rivjlangan unumdorligi past tuproqlarda etishtirilgan urug‘ sifati past bo‘ladi.

IV.ASOSIY QISM

4.1 Karam o‘simligini tarixi.

Karam juda qadimiy madaniy ekin bo‘lib, o‘ rimliklarga va qadimiy greklarga xam malum edi. Karamning asl vatani Evropaning o‘rta dengiz soxili xisoblanadi. Karamni 9-10 asrlarda Markaziy va Sharqiy Evropada yashagan slavyan qabilalari xam bilar edilar.

Xozirgi vaqtda karam juda xam keng tarqalgan sabzavot ekinidir, u tropik zonalardan tortib to qutub doirasigacha borib etgan.O‘rta Osiyo da qarib 400ming va AQSh da 86ming va Yaponiyada taxmiynan 12ming ga erga ekiladi.

O‘rta Osiyoda karam jami sabzavot ekinlari maydonini o‘rta xisobda 26% ini tashkil etadi, ammo mamlakatimizning markaziy shimoliy- g‘arbiy va Shimoliy rayonlarida uning salmog‘i 10-50% ortib, janubiy rayonlarida esa10-20% gacha kamayib boradi. Karamning tarkibida oziq moddalar uncha ko‘p emas, lekin u mineral tuzlar va vitaminlar , ayniqsa vitamin S ga juda boy.

Oddiy karam tarkibida oziq moddalar va vitaminlar nisbatan kam bo‘ladi. Gulkaram va ayniqsa bryussel karami tarkibida azotli moddalar ko‘pligi bilan boshqa karamlardan farq qiladi.Kolrabi karam shakarga boy , bu esa unga shirin maza berib turadi. Oddiy karam ovqatga tuzlangan xolda va yangilgicha salat tayyorlashda ishlatiladi. Guulkaram seret «bosh» xosil qiladi. Ovqatga qaynatilgan, qovurilgan ,bazan sirkalangan xolda ishlatiladi. Gulkaram ajoyib parxez maxsulotdir.

Kolrabi sharsimon poya- meva xosil qiladi. U yangiligicha qaynatilgan va dimlab pishirilgaan xolda istemol qilinqdi. Tarkibida vitaminlarning ko‘pligi va erta pisharligi tufayli U juda qimmatli xisoblanadi.Qolrabi karam boshqa karamlarga qaraganda 10-12 kun oldin etiladi.

Savoy karamning boshi yumshoq, barglari pufakchaga o‘xshash bo‘ladi, yangiligicha (salat) xamda sho‘r va boshqa taomlarga ishlatiladi. Kamchiligi shuki u uzoq saqlashga yaramaydi.

Bryussel karamining poyasi baland bo‘lib, barg qo‘ltiqlqridan mayda boshlar chiqadi. Bu karam pishirilgan xolda sho‘rvalarga va marinadlarga ishlatiladi.

Barg karamning poyasi baland, barglari cho‘ziq va sereet. Bu karam mollarga beriladi. Yangi barglaridan sho‘rvaga solinadi va pyure tayyorlanadi. Barg karamning serburma bargli va xilma-xil rangli, bazi bir botanik formalari manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.

Karamni yana bir tur xili bu xitoy karamidir. Karamning bu navi poyasining rivojlanganligi va bazan uncha pishiq bo‘lmagan karam bosh xosil qiladigon nozik barglardan tuzilgan tupbargi bilan boshqa navlardan farq qiladi.




4.2 Karamning biologik xususiyatlari.

Turli karamlarni ahamiyati va tarqalishi. Karam o‘simliklariga bu oilaga kiruvchi karamning turli botanik turlari kiradi. Eng ko‘p halq xo‘jalik ahamiyatiga ega hamda keng ravishda tarqalgan karam turi oq boshli karam hisoblanadi. U ikki yillik, bosh ko‘rinishidagi meva organiga ega o‘simlikdir. Qizil boshli karam ham ana shu turga tegishlidir. U qizil siyoh rang tusli karam boshi hosil qiladi. Bunday tus uning tarkibidagi R - vitamini faolligiga ega tsianidin moddasi mavjudligi bilan izohlanadi.

Boshqa turlar boshli karamga nisbatan ancha kam tarqalgan. Ularning ichida gul karam ko‘proq ekiladi. Gul karamning ozuqa organi kuchli darajada butoqlangan, tig‘iz jamlangan gulkosali butoqlaardan iborat bo‘ladi. Mazkur karamning boshi yashildan tortib qopdeq oppoq tusgacha bo‘ladi. U bir yillik o‘simlik. “Brokkol” karam ham shu turga kiradi. U odatdagi gulli karamdan karam boshining tuzilishiga qarab farq qiladi. Uning karam boshi yashil yoki siyoh rang tusli g‘unchadan iborat. “Brokkol” karamining tarqalishi juda chegaralangan [Zuev V.I, Abdullaev A.G., 1997].



O‘zbekistonda cheklangan maydonlardagina ba’zi xavaskor dehqonlar tomonidan “Savvoy”, “Bryussel”, “Kolrabi”, “Bargli”, “Xitoyi”, hamda “Pekin” karamlari etishtiriladi (1.1.1-rasm). “Savvoy” karami boshi tuguvchi hamda oqbosh karamga nisbatan bujmaygan g‘ijimli bargi bilan farq qiluvchi ikki yillik o‘simlik. Bryussel ikki yillik o‘simlik bo‘lib balandligi 70-80 sm, barglari orasida 20-30 mayda boshchalar tugadi. “Kolrabi” karami birinchi yili poyasimon yoki yassi shaklli meva tugadi. U ikki yillik o‘simlik. Uning mevasi birinchi yili iste’mol qilinadi. “Bargli” karam birinchi yili ovqatga ishlatiladi. U butoqlaydigan yoki butoqlamaydigan bargli poya hosil qiluvchi ikki yillik o‘simlik. “Xitoyi” karambirinchi yili achchiq tuzlamalarni tayyorlashda ishlatiladigan pukak bosh tugadigan ikki yillik. o‘simlik. “Pekin” karami - bosh tugmaydigan bir yillik o‘simlik bo‘lib, himoya qilingan erda qishda ko‘kat olish uchun etishtiriladi.












Pekin

Bryussel

Kolrabi

Brokkoli



Download 284,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish