Mundarija: кirish



Download 221,58 Kb.
bet8/9
Sana14.07.2022
Hajmi221,58 Kb.
#794967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jahongirov Salohiddin

Yamayka valyuta tizimi – zamonaviy jahon valyuta tizimi bo’lib, alohida mamlakatlarning valyuta tizimlariga emas, balki huquqiy mustahkamlangan davlatlararo tamoyillarga asoslangandir. Yamayka valyuta tizimining o’ziga xos xususiyati erkin suzib yuruvchi valyuta kurslarini joriy etilishi bo’ldi.
Bretton-vuds tizimining inqirozi valyuta islohotlarining ko’pgina loyihalarini keltirib chiqardi: jumladan, jamoaviy zahira birliklarini tashkil etish, tovar va oltin bilan ta’minlangan jahon valyutalarini chiqarish va oltin standartiga qaytish loyihalari.
Monetarizm tarafdorlari davlat aralashuviga qarshi bozor tomonidan tartibga solishni yoqlashdi, to’lov balansini avtomatik tarzda o’z-o’zidan tartibga solinish g’oyasiga asoslangan holda suzuvchi valyuta kurslari rejimi joriy etishni taklif qilishdi (M. Fridman, F. Maxlup va bosh.). Neokeynsianchilar J.M.Keynsning xalqaro valyuta tashkil etish to’g’risidagi oldingi g’oyasiga qaytishdi (R. Triffin, U. Martin, A. Dey. F. Peru, J. Denize). AQSh oltinni to’liq demonetizatsiya qilish va dollarning mavqeini qo’llab-quvvatlash maqsadida xalqaro likvid vositani tashkil etish yo’lini tutdi. G’arbiy Evropa, ayniqsa Frantsiya dollarning etakchiligini cheklash va XVF kreditlarini kengaytirish sari harakat qildi.
Valyuta inqirozidan chiqishga bag’ishlab jahon miqyosida bir qator konferentsiyalar o’tkazildi. 1972-1974 yilllarda XVF jahon valyuta tizimini isloh qilish loyihasini tayyorladi.
Mazkur loyiha 1976 yilda XVFga a’zo mamlakatlarning kelishuviga ko’ra Kingstonda o’tkazilgan konferentsiyada rasmiy jihatdan kuchga kirdi. Yamayka valyuta tizimi asosiga oltin standartidan to’liq voz kechish tamoyili qo’yildi.
Mazkur tizimga muvofiq valyuta munosabatlari quyidagi tamoyillarga asoslangan holda amalga oshirilishi lozim:

  • oltin andozasi tizimi rasman bekor qilindi;

  • oltin demonetizatsiyasi belgilandi, uning jahon puli funktsiyasi bekor qilindi;

  • valyutani oltinga bog’lovchi oltin paritetlari taqiqlandi;

  • markaziy banklarga bozor bahosi bo’yicha oltinni oddiy tovar sifatida sotish va sotib olishga ruxsat etildi;

  • SDR (Special Drawing Rights) standarti joriy etildi, undan jahon puli sifatida, shuningdek, valyuta almashinuv kurslarini o’rnatish hamda rasmiy aktivlarni baholashda foydalanish ko’zda tutildi.

  • alohida markaziy banklarga ichki pul siyosatini mustaqil o’tkazish imkoniyati kengaytirildi. Mamlakatlarning markaziy banklari valyutaning qa’tiy belgilangan paritetini ushlab turish uchun valyuta bozorlari faoliyatiga aralashishga majbur emaslar. Biroq, ular valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun valyuta interventsiyalarini amalga oshiradilar.

  • zahira valyutalari sifatida AQSh dollari, Germaniya markasi, funt sterling, shveytsariya franki, yaponiya ienasi, frantsuz franki rasman tan olindi (evro muomalaga kiritilishiga qadar);

  • erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimi o’rnatildi, shuningdek, ularni jahon valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllantirish belgilandi;

  • davlatlarga valyuta kursi rejimini mustaqil belgilashga ruxsat etildi.

Yamayka bitimining barcha ishtirokchi mamlakatlari asosida valyutalarning oltin tarkibi yotgan qa’tiy belgilangan valyuta kurslaridan valyuta bozorlaridagi talab va taklif ta’sirida muayyan chegaralarda erkin o’zgaruvchan suzuvchi valyuta kurslariga o’tishdi.

Xulosa


Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari – bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’plab omillar ta’sirida xalqaro valuta- kredit munosabatlarimurakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’zining o’ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir.
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta – bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi.
Xalqaro valuta munosabatlari – valutaning jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyati natijalarining o’zaro almashuviga xizmat ko’rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitaliing xalqaro miqyosida harakati bo’lib, bu harakat tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berishlik, muddatlilik va xaq to’lashlik asosida berish bilan bog’liqdir.
Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati, iqtisodiy rivojlanish darajalari, moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish sifatlari va hajmining o’sishi, ishlab chiqarish infratuzilmasiningtarakqiyotiko’pjihatdanxalqarovalyuta-kreditmunosabatlariga bog’liq.
Shunigndek, xalqaro valuta-kredit munosabatlari jamiyatda moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga maqsadli va asoslangan investitsiyalar jalb etishni o’zida aks ettiradi. U yoki bu davlatning zamonaviy xalqaro valuta-kredit munosabatlari iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, qishloq xo’jaligini ko’tarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholini ish bilan ta'minlash,fanvatexnikanirivojlantirishvashuningdek,ekologikmuammolarnihal etish bilan ajralibturadi.
O’zbekistonda islohotlarning hozirgi bosqichida Xalqaro valuta-kredit munosabatlarining bosh maqsadi – iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun korxonalar va kompaniyalarning investitsion faolligini yanada kuchaytirish, iqtisodiytoni raqobatbardoshligini ta’minlash, markazlashmagan investitsiyalarni ko’paytirish, iqtisodiyotga ko’proq investitsiyalarni jalb qilishdir.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, xalqaro valuta-kredit munosabatlarida strategikinvestorlarko’pmiqdordagimablag’larnibirinchinavbatdaiqtisodiyotio’z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarga yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va xorijiy investorlarni birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balkibiznesdagikeyingiqulayvamaqbulistiqbollarqiziqtiradi.Qolaversa,ulareng avvalomintaqalarningemas,balkimamlakatningxatarlilikdarajasinihisobgaoladi.

Download 221,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish