II. BOBJahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari va xalqaro valyuta fondining jahon valyuta tizimiga ta’siri.
2.1. Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari va uning xususiyatlari
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida valyuta tizimining samarali tashkil etilishi va uning barqarorligi muhim o’rin tutadi. Valyuta tizimi deganda, valyuta munosabatlarini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakli tushuniladi. Valyuta tizimining holati mamlakatda valyuta munosabatlarini boshqarish va tartibga solish jarayoniga bevosita bog’liq bo’ladi.
Valyuta tizimining uchta asosiy shaklini ajratib ko’rsatish mumkin:
Milliy valyuta tizimi – ma’lum bir mamlakat hududida valyuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga solish bilan bog’liq tadbirlar majmuasini ifodalaydi.
Mintaqaviy valyuta tizimi – muayyan bir mintaqa doirasidagi mamlakatlar tashabbusiga ko’ra tashkil etilgan valyuta tizimini ifodalaydi.
Jahon valyuta tizimi – mamlakatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan, instrumentlar, shartnomalar, tartib-qoidalar va tashkilotlarning majmuasidir.
Jahon valyuta tizimining asosiy vazifasi, xalqaro savdo jarayonida va turli valyutalardagi hisob-kitoblarda xalqaro valyuta likvidligini ta’minlash iborat.
Jahon valyuta tizimi quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
tartibga solish – valyutalar o’rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko’rsatuvchi to’lov balansida yuzaga keladigan nomutanosibliklarni bartaraf etish;
likvidlilik – zahira birliklarini aniqlash hamda to’lov balansining nomutanosibliklarini qoplash uchun ularni qo’llash imkoniyatlari va tashkil etish shakllarini belgilash;
boshqarish – xalqaro moliyaviy institutlarni tashkil etish va ularning vakolatlari orqali hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlab borish.
Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash;
mamlakatlar milliy valyutasi barqarorligini ta’minlashni qo’llab-quvvatlash;
jahon xo’jaligining turli iqtisodiy tizimlari o’rtasida samarali mehnat taqsimotini ta’minlash;
jahon ishlab chiqarishi umumiy hajmining o’sishiga va aholi bandlik darajasining oshishiga erishish;
milliy iqtisodiyotlarda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash;
inflyatsiyani jilovlash va tashqi iqtisodiy muvozanatni ushlab turish va boshq.
Valyuta tizimlari muayyan elementlarni o’ziga qamrab olgan holda faoliyat yuritadi.
Milliy valyuta tizimi quyidagi elementlarni o’zida mujassamlashtiradi:
milliy valyuta;
milliy valyutaning almashinish rejimi;
milliy valyuta pariteti;
milliy valyuta kurs rejimi;
valyuta cheklovlari holati;
mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidligini tartibga solish;
milliy valyuta bozorida operatsiyalarni yuritish tartibi.
Jahon valyuta tizimiga esa quyidagi elementlar kiradi:
xalqaroto’lovvositasi;
valyuta kurslarini belgilash va saqlab turish mexanizmi;
valyutalarnikonvertatsiyalashshartlari;
valyutaviy cheklashlarni davlatlararo tartibga solish;
xalqaro valyutaviy likvidlikni ta’minlash va tartibga solish;
xalqaro hisob-kitob shakllarini umumlashtirish;
oltin va valyuta bozorlarida ishlash rejimlari;
valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo institutlarning huquq va majburiyatlari.
Jahon valyuta tizimi rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan omillar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi;
xalqaro mehnat taqsimoti jadallashuvi darajasi;
jahon bozori rivojlanish darajasi;
xo’jalik yuritishning tizimlari rivojlanish darajasi.
Mamlakatlar o’rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarning ko’p tomonlama munosabatlar sifatida rivojlanishi bilan jahon valyuta tizimining ahamiyati yanada orta boshladi. Chunki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro savdo, kredit, investitsiya va kapital harakati bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy munosabatlar jahon valyuta tizimi doirasida belgilangan muayyan tamoyillar asosida amalga oshirilardi.
Bugun O’zbekistondagi ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o’tkazilayotgan tub o’zgarishlar o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tariladi. O’zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarini jahon andozalari darajasidagi yangi texnika bilan ta’minlash uchun investitsiya mablag’lari ajratayotgan moliya institutlari oldiga katta vazifalar qo’yilmoqda. Bu vazifani moliyalashning nafaqat an’anaiviy usuli bank krediti va boshqa kreditlarga, balkim xorijiy valyuta-kredit munosabatlariga tayangan holda amalga oshirilib kelinmoqda.
O’zbekistonda olib borilayotgan har tomonlama asoslangan xalqaro valyuta- kredit munosabatlari mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va investsiya muhitiga ijobiy ta'sir etishi bilan birga investitsiyalar kiritish ob'ektlarini jozibadorligini ham oshirmoqda. Bular, o’z navbatida, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga barcha moliyalashtirish manbalaridan keladigan invetitsiyalar hajmini o’sib borishini ta'minlamoqda.
Xususan, 2019 yilda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi keskin oshib, 2018 yilga nisbatan 133,9 % ni tashkil etdi.
2019 yil yanvar-dekabr oylarida 189,9 trln. so’m asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirilib, ularning 70,7 % yoki 134,3 trln. so’m jalbetilgan
mablag’lar hisobidan moliyalashtirilgan bo’lsa, korxona, tashkilot va aholining o’z mablag’lari hisobidan 29,3 % yoki 55,6 trln. so’m moliyalashtirildi (3-rasm).
4-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tarkibi, mlrd. so’m11
Shuningdek, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag’lari hisobidan 24856,0mlrd.so’m(jamiasosiykapitalgainvestitsiyalarning13,1%initashkiletib, 2018 yilga nisbatan 4,7 % punktga kamaydi), O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 27866,4 mlrd. so’m (14,7 % va 0,9 % punktiga ko’paydi), kafolatlanmaganvaboshqaxorijiyinvestitsiyavakreditlar21615,4mlrd.so’m(11,4
% va 8,3 % punktga ko’paydi), Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi 6511,9 (3,4 % va 3,0 % punktga kamaydi), Respublika byudjeti 14518,0 mlrd. so’m (7,6 % va1,1
% puktiga kamaydi), Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg’armasi 1759,2 mlrd. so’m (0,9 % va 0,3 % punktga ko’paydi) va Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi hisobidan esa 31,3 mlrd. so’m asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar o’sish sur’atlarini moliyalastirish manbalari bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich kafolatlanmagan hamda boshqa xorijiy investitsiya vakreditlardakuzatilib,2018yilganisbatan4,1martao’sdi.Shuningdek,to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan ivestitsiyalarda ham yuqori o’sish sur’atlari – 3,6 martaga o’sish kuzatilib, bu mahsulot taqsimoti kelishuvi shartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” konlarida qidiruv ishlarini yakunlash va ishlar olib borish, O’zbekiston Respublikasiinvestitsiyabloklarida(Kultak-Qamashi,Muborak,Surxon,Ashibuloq va Koskud, g’arbiy Farg’ona investitsiya bloklari) neft-gaz konlariga ishlov berish vageologikqidiruvishlariniamalgaoshirish,hududlardasementishlabchiqarishini tashkil etish, to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi yirik investitsiya loyihalarining jadal o’zlashtirilgani bilanbog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |