Suv eroziyasi va akkumlyatsiyasi relefi. Yer yuzasida yog`in tushmaydigan joy yo`q desa bo`ladi. Oqar suv quruqlikning hamma joyida o`z ishini bajaradi. U yaratgan rel`yef shakllari esa nihoyatda xilma-xildir. Oqar suvlarning o`yishi eroziya deyiladi. Yomg’ir yoki qor suv tomchilari egilib oqa boshlaydi. Ular quruqlik yuzasining barcha qismiga tasir etib,undagi eruvchan moddalarni yuvib ketadi.
Bu yuzlama yoki yonbag`ir eroziyadir. Uning natijasida yonbag`irlar yoppasiga yuviladi, pasayadi,tekislana boradi. Yonbag`ir etagi yaqinida va uning pastki qismida yuvilib tushgan uvoq jinslar to`planadi. Bu yotqiziqlar dellyuviy (lot. yuvmoq) deyiladi.
Yomg’ir suvlari qisqa vaqt ichida jilg’a yoki daryolarga oqib tushadi. Bu jilg’a va daryolar ma’lum ravishda o’zan boylab oqadi. O’zan eroziyasi yoki chiziqli eroziya avval paydo bo’lib, u bora- bora vodiyga aylanishi mumkin.
O’zan eroziyasi mahsulotlari suv oqimining quyi qismida oqish tezligi va kuchi kamaygan joyda yotadi.
Bu alyuvial ( lotincha -oqiziqli) yotqiziqlar oqim etagida yotiq konus shakilda joylashadi, yani konusning uchi yuqorida yuvilgan asosan pasda bo’ladi. Bu relyef shakli yoyilma konus deyiladi.
Demak oqar suvning erozion ishi albatta jinislarning yuvib ketishi, ham to’plash ( akkumlyatsiya) dan iborat bo’ladi.
Har bir o`zan oqimining uch qismi ajralib turadi:
Suv yig`ilish maydoni;
Oqim o`zani yoki kanali;
Yoyilma konusi.
Jar relefi. Jarlarning paydo bo`lishi va yanada o`sishiga sabab bo`ladigan tabiiy omillarga quyidagilar kiradi:
Balandlik rel`yefi buning natijasida suv oqimining qiyaligi va kuchi ortadi;
Yozgi yomg`irlarning jala tarzida yog`ishi va qorning bahorda jadal erishi buning natijasida kuchli suv oqimlari vujudga kelib ularni yanada kuchli chuqurlashtiradi;
Joylarning oson yuvilishi va ayni vaqtda tik jarlik hosil qiluvchi tog` jinslaridan lyoss va lyossimon qumoqlardan tarkib topganligi.
Jarlarning katta-kichikligi va jinslar xarakteriga qarab juda xilma-xil bo`ladi. Jarlarning chuqurligi odatda 10-20 m ba`zan 80 m gacha bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan jar tagi normal qiyalik muvozanat profilligi ketadi. Shundan so`ng jarning chuqurlashuvi susayadi. Jarlar qishloq xo`jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Ular qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni ancha qisqartiradi. Yomg’ir va qor suvlari tuproqni suvga toydirmay gurunt suvlarga qo’shilmay darholoyiq yerlarga oqib tushib ketadi. Shamol qorlarni uchirib kelib jarlarga to’playdi natijada daryolardagi tuproqlar bahorda qor suvidan bahra ololmaydi.
Jarlar uyib yuborgan joylarda tuproq eroziyasi ham kuchli bo’ladi. Jarlarga qarshi kurash birinchidan ularning paydo bo’lishini oldini olishga, ikkinchidan mavjud chuqurlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |