Mundarija kirish I. Tabiiy geografik komplekslarni o`rganishning nazariy masalalari



Download 271,5 Kb.
bet10/12
Sana31.12.2021
Hajmi271,5 Kb.
#235641
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Qashqadaryo havzasida ta

Shamol eroziyasi natijasida ariqlar, zovurlar, yo`llar, ekinzorlar shamol keltirgan turli-tuman ko`chkilar bilan to`lib qoladi, ekinlar qayta-qayta ekiladi. Oqibatda kech pishadi, hosilning sifati buziladi. Zovurlarning ko`chkilar bilan to`lishi ularning ish rejimini buzadi. Suv yurmay qolishi natijasida zax yuzaga chiqib ikkilamchi sho`rlanish boshlanadi, natijada ko`chatlar siyraklashib hosildorlik pasayadi. Shuning uchun ham erozion jarayonga qarshi kurash muhim va kecjninghiktirib bo`lmaydigan vazifadir.

Eroziya jarayoni rivojlanishi geografik sharoitga bog`liq. Eroziya jarayoniga qarshi kurash choralarini qishloq xo`jaligida yerdan foydalanishda katta ahamiyatga ega. qishloq xo`jaligi uchun k-kli bo`lgan taqdirda eroziyaga qarshi kurashgan holda yangi yerlarni ochish zarur.

Qashqadaryo viloyati hududida hozirgi zamon eroziya jarayoni uchta geomorfologik regionga bo`linadi:


  1. Viloyatning shimoli-sharqiy qismini tog`li region egallaydi. Bu tumanga Qoratepa tizmasining janubi – g`arbiy qismi kirfadi. Bu region balandlikda joylashganligi uchun ham ko`p yog`in tushadi. Joyning abslut balandligi 2500-3000 m bo`lib, namlik yetarli (yog`in miqdori 700-900 mm).

Olingan materiallar tahlili shuni ko`rsatadiki, chuqurlatish eroziyasining paydo bo`lishiga bir qancha omillar ishtirok etadi.

Chuqurlatish eroziyasi kuzatilgan tumanda hudud rel`yefining hozirgi zamon tuzlishi muhim rol o`ynaydi. Bunga bir qancha geografik omillar bilan bir qatorda insonning xo`jalik faoliyatidagi ta`siri ya`ni yerning intensivligini oshirishdagi yo`nalishi ta`sir qiladi.

Jarlarning deyarli hammasi tipik profilga ega, ya`ni tik tushgan chuqurligi 10-30 m, uzunligi 50-1500 m gacha boradi. Yillik yog`in miqdorining kamayishi joy balandligini pasayishi bilan bog`liq holda Katta O`ra daryo va Kichik O`ra daryolardek uchsiz chuqurlatish eroziyasini ko`rish mumkin.

Katta O`ra daryoning havzasi hozirgi zamon eroziya formalari o`zining kam suv to`planganligi bilan xarakterlanib, uzunligi 5-10 m gacha boradi.



  1. Tog` oldi geomorfologik regioniga viloyatning janubiy va janubi-sharqiy qismi kiradi. Mutloq balandligi 800-900 m atrofida bo`lib, eng baland nuqtasi 1500 m ga yetadi.

Bu region chindan ham sel oqimi kelib tushadigan o`choq hisoblanadi. Langar-Qorail tog`i va Dehqonobod qishlog`i janubida joylashgan pastki tog`li tumanidan boshlanadigan Langar daryosida sel hodisasi xavfi ko`proq kuzatiladi.

Balandlikning pasayib borishi natijasida yonbag`irlar yassilashadi va vodiy suv oqimi tog`dan keltirgan jinslar tushadi. Suvayirg`ichlar yonbag`irlarida tub jinslar suv oqimi natijasida ochilib qolgan. Bu regionning pastki zonasi lamikor dehqonchilik bilan band.



  1. Tekislik geomorfologik region Qashqadaryo viloyatining g`arbiy qismini egallaydi. Mutloq balandligi 300-600 m. Bu region to`rtlamchi davr g`ovak jinslari bilan qoplangan. Qashqadaryo tekislik geomorfologik tumanida eroziya jarayoni hosil bo`lishida ikki xil sabab bor:

  1. Eroziya oson hosil bo`ladigan qiya uchastkalar;

  2. Inson tomonidan yerni xo`jalikda ishlatilishi.

Qashqadaryo viloyati tekislik maydonining katta qismida suv va shamol eroziyasini ko`rish mumkin. Ko`proq irrigatsiya eroziyasi va tuproq deflyatsiyasi kabi eroziya jarayoni ko`rinishlari tekislikda ko`p uchraydi. Kuzatib chiqilgan barcha tumanlarda insonning noratsion xo`jalik ta`siri tabiiy eroziyaning tempini o`zgartirdi. Bu esa o`z navbatida antropogen chuqurlatish eroziyasining tarqalishiga sabab bo`ldi.

Chuqurlatish eroziyasiga qarshi kurash ikki xilda olib boriladi:

1. Tashkiliy xo`jalik ishlari yo`nalishi bilan;

2. Agromeliorativ ishlarni keng miqyosda olib borish, ya`ni tuproq va o`simlik qoplamini saqlab qolish, irrigatsiya suvlarini oqizish, yonbag`irlarni haydashdan foydalanishni amalga oshirish lozim.

Tabiatda shunday tabiiy hodisalar ham borki, ular yer bag`rida ya`ni yerning ichki qatlamlarida katta-katta bo`shliqlarning ajoyib manzarasini hosil qiladi. Ana shunday tabiiy geografik jarayondan biri hisoblangan karst jarayoni va uning formalaridir.

Karst - yer osti suvlarining tog` jinslarini eritib ketishi natijasida hosil bo`ladi. Ohaktosh , dalomit, gips, osh tuzi, shu kabi cho’kindilar suvda eruvchanligi jihatidan boshqa tog’ jinislardan farq qiladi. Ximiyaviy cho’kindilarning bu xossalari karst hosil bo’lishiga olib keladi.

Ohaktosh va dalomitlarning o’ziga xos bir xususiyati bor.ularning ichiga yoriqlar orqali har qancha suv kirsa ham boshqa tog’ jinislari, singari yuvib, maydalanib ketib o’z shaklini yo’qotmaydi. Ma’lum bir geologik davr o’tishi bilan ularning erishidan yer po’stlog’ida bazan juda katta g’orlar hosil bo’ladi.

Qashqadaryo havzasi ham karst hodisalari ko’p uchraydigan tumanlardan biri hisoblanadi. Viloyatda karst yo’li bilan hosil bo’lgan g’orlar va g’or shaklidagi bo’shliqlar hamda ularda hosil bo’lgan ko’llar bilan u joylarda ajralib turadi.

Karst xalq xo’jaligiga katta zarar ham keltiradi. Karst ko’p tarqalgan tumanlarning muhandislik geologik gidrogeologik va goemorfologik sharoitda yil sayin o’zgarib boradi. Karst tufayli hosil bo’lgan,sil kanallar yer yuzasiga nisbatan unchalik chuqurda bo’lsa, ularning ustidagi yer qatlamlari o’pirilib bu joylarda varyonkaga o’xshash tabiiy quduqlar va kanallar hosil bo’ladi.

Binobarin, bu hodisadan karst suvlari, karst konlari, karst kanallari, karst ko’llari, karst buloqlari, karst quduqlari, karst landshafti hosil bo’ladi.

Bundan tashqari karst hodisasi temir yo’l va avtomabil yo’llariga ham katta ta’sir ko’rsatadi.

Karst hodisasini o’rganish suv omborini qurishda ham katta ahamiyatga ega, chunki suv omborlari qurilgandan keyin, suv sathi ko’tarilib, atrofdagi tog’ jinslari suv ostida qola boshlaydi. Agar suv ostida qolayotgan qatlamlar, ichida karstlanuvchi tog’ jinislari bo’lsa, omborda yig’ilgan suvning bir qismi karst g’orlari orqali boshqa yerlarga oqib ketadi. Bu esa tumanning geologik sharoitini o’zgartirib yuboradi, surilmalar va boshqa hodisalar paydo bo`lib, ombor atrofdagi joylarda yer osti suvlarning sathi tez ko’tariladi. Shu sababli bu hodisani o’rganish O’rta Osiyo sharoitda muhim ahamiyatga ega.

Karst suv havzalari o’z xarakteriga ko’ra, 2 ga bo’linadi. Doimiy va vaqtinchalik ko’llar vaqtinchalik ko’llar karst varyonkalarida hosil bo`lib ular qor va yomg’ir suvlari bilan to’lgan bo’ladi. Bular Qizil daryo havzalarida Langar va Kichiko’ra daryoning yuqori oqimi havzalarida uchraydi.Bunga misol Turobobo k`oli misol bo`ladi.

Suv havzasidan 4 m uzoqlikda suv o’simliklari o’sadi. Bahorda suv sathi ko’tarirganda, g’arb tomonda joylashgan o’zanga koldan suv oqib chiqadi. Mahalliy aholining aytishicha, suvning eng ko`p ko`tarilishi aprel-may oylarida qorning erishi va atmosfera yog`inlarining tushishiga bog`liq. Qirg`oqda suv sathining o`zgarishini ko`rsatadigan izlarni ko`rish mumkin. Shu izlarga qarab suv sathining o`zgarishini 50 sm dan 70 sm gacha bo`ladi deb xulosa chiqarish mumkin. Uning suvi toza, hidsiz va ta`msiz.

Xo`jabulgur ko`li yuqori Kichik O`ra daryosining konussimon varyonkasini pastki yarmini egallaydi. Varyonka oval shaklida bo`lib, diametri shimoldan janubga 110 m, g`arbdan sharqqa 97 m ni tashkil etadi. Voronkani suv esib turgan joygacha bo`lgan chuqurligi 30-35 m bo`lib, yonbag`irlari tik tushgan ko`lni hosil bo`lishi yer osti suvlarining gorizontal harakati bilan bog`liq. Suv yuqroi yura davridagi ohaktosh jinslarni ishqordagi va yer osti bo`shliqlarini hosil qilgan. Ishqorlanish bosimi ostida qatlamning ustki qismini bosib qolgan. Bunga yer usti suvlarining ham ta`siri ham bo`lgan albatta. Birmuncha botqoqlashgan qizil karst ko`li shu nom bilan ataluvchi vodiysida joylashgan. Shimoli-sharqiy suvayirg`ichi yonbag`ri uzun, janubi-g`arbiy tomoni qisqa. Havzaning diametri 31 m ga etng bo`lib, u aylana ko`rinishida. Qirg`oq bo`yi mintaqasining chuqurligi 0, 50 m o`rtasi 1, 5 m ni tashkil etadi. Qirg`oq chizig`i kuchli botqoqlangan qamishlar qalin bo`lib o`sib yotibdi.

Karst hodisasi yer sathiga hosil bo`lgan vaqtiga va karstlangan jinslarning xarakteriga nisbatan kimyoviy tarkibiga nisbatan tiplarga bo`linishi quyidagi 4-jadvalda berilgan.

4-jadval.






Hosil bo’lgan

Karstlangan

karstlangan

Yer sathiga nisbatan.

Vaqtiga yoki yoshiga nisbatan.

Jinslarning haraktriga nisbatan.

Jinslarning ximiyaviy tarkibiga nisbatan.

1.ochiq karst.

Hozirgi zamon karsti yoki aktiv karst .

Ohak jinsli karst.

Karbonatli karst.

2.yopiq karst.

Qari karst.

Dalomitli karst.

Sulfatli karst .

3.yarmi ochiq yarmi yopiq karst.

Qadimgi yoki ko’milgan karst.

Gipsli karst.

Sulfat karbonatli karst .







Karbonatli sement bilan qotgan jinslardagi karst.

Tuzli karst.

Karstlanish hodisasining rivojlanishi uchun:

  1. Suvning yoriqlar orqali yerga singishi uchun tekis yoki biroz qiya maydonning bo`lishi;

  2. Karst bir joydagi jinslar qatlamlarining qalin bo`lishi;

  3. Yer ostiga tushgan suvning yanada pastga siljishishi uchun yer osti suvining sathi ancha past;

  4. Har xil chuqurlik va kenglikdagi tektonik va boshqa tur yoriqlarining mavjud bo`lishi;

  5. Karstlanuvchi jinslardan yoki ularning yonidan daryo o`tishi yohud ular yonida suv ombori bo`lishi shart.

Karst hodisasi yer sathida hosil bo`lgan vaqtiga va karstlangan jinslarning xarakteriga nisbatan va karstlangan jinsning kimyoviy tarkibiga nisbatan quyidagi tiplarga bo`linadi:

  1. Ochiq karst – karstlanuvchi tog` jinsi yer yuzasida yotadi.

  2. Yopiq karst – karstlanuvchi tog` jinsining usti suv ta`sirida erimaydigan qatlamlar bilan chgaralangan bo`ladi;

  3. Yarim ochiq yoki yarim yopiq karstlar - karstlanuvchi jismlarning bir qismi yer yuzasiga yaqin yoki yer yuzasida qolgan qismi esa suvda erimaydigan tog` jinslari bilan ajralgan holda yer yuzidan ancha chuqurda bo`ladi.

N.V. Rodinov karstlarni hosil bo`lish sharoiti va joylarning tuzilishiga qarab, quyidagi turlarga bo`lgan:

1) erozion karst;

2) suvayirg`ichdagi karst;

3) tektonik tepaliklardagi karst;

4) tektonik yoriqlarda joylashgan karst;

5) erozion tektonik karst;

6) qadimiy tektonik cho`kmalardagi karst;

7) kontakt zonalarda joylashgan karst;

8) antropogen karst.

Erozion karstlar hozirgi va qadimgi daryo vodiylarida keng tarqalgan, ular asosan oqar suvlar ta`sirida hosil bo`ladi. Karstlarninghosil bo`lish tezligi va faolligi daryo suvining oz-ko`pligiga, suv sathining o`zgarish amplitudasiga va o`zan hamda sohildagi jinslarning suv o`tkazish darajasiga karstlanuvchi jinsning o`zanga nisbatan joylashishiga bog`liq.

Daryo terassalari va qirg`oq suv ostida qolib ketganda ham karstlar tez paydo bo`ladi. Bunda karst voronka g`or o`pirilish shaklida bo`ladi.

Suvayirg`ichlarda ham karstlar hosil bo`ladi. Tog` jinslari hosil bo`lishida ularning nurashidan vujudga kelgan darzlar bunday karstlar paydo bo`lishida asosiy rol o`ynaydi.



Sel - atmosfera yog`inlarining faoliyati bilan bog`liq bo`lgan tabiiy jarayondan biridir.

Sel (arab. tez oquvchi suv oqimi) deb, tog`li va tog`oldi tumanlarida qisqa vaqt ichida atmosfera yog`inlaridan hosil bo`lib, katta buzuvchi kuchga ega, tarkibining 50-60 % i tog` jinslarining parchalari va zarralaridan iborat bo`lgan suv oqimiga aytiladi.

Sellar bir necha sabablarga ko`ra juda nishab daryo havzasiga yog`inning ko`p yog`ishi, tog` tepalaridagi qorning tez erishi, tabiiy yoki sun`iy to`g`onni suv urib ketishi oqibatida paydo bo`ladi.

Qashqadaryo havzasi kuchli sel bo`ladigan rayonlardan hisoblanib, 43 ta kuchli sel hodisasi, birgina G`uzor daryosida esa 19 ta sel oqimi kuzatilgan.

Ayniqsa, havza sharqiy qismini ishg`ol qilgan Hisor tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlari bo`lgan Yakkabog` tarmoqlari va Langar-Qorail o`rtacha va pastak tog`lardan boshlanuvchi daryo va soy havzalarida kuchli sel bo`ladigan tumanlardir.

1964-yil Zarafshon havzasidagi Oltinsoydan kelgan sel oqimi natijasida, daryoda yangi o`zanlar, jarliklar hosil bo`ldi, tepaliklar yemirildi, botiq joylar loyqalar bilan to`ldi.

Sel tog` va tog` oldi tumanlardagi kichik daryolar, tog` soylari, jarliklar uchun tipik hodis

adir. Sel hodisalarining loyqaligiga qarab, uchta tipga bo`linadi:



  1. Tosh va suvdan tashkil topgan sellar;

  2. Loyqa va toshlarning birikmasidan tashkil topgan sellar;

  3. Loyqali sellar.

Sel hodisalarini o`rganish va ulardan foydalanish yo`llari bilan qadimdan qiziqib kelganlar. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O`rta Osiyoda sel hodisalarini o`rganishga qiziqish yanada oshdi. Bu ishni asosan, I.A.Korolkov, S.Y.Rauner, V.I.Lepskiy kabi tog` muhandislari va o`rmonshunoslar olib bordi.

Ularning bu sohada olib borgan ishlari ayniqsa diqqatga sazavordir.

Sel hodisalarini har tomonlama o’rganish, ularga qarshi kurash va xalq xo’jaligida unumli fodalanish yo’llarini izlash ayniqsa keng quloch yoydi. 1927 yilda Farg’ona vodiysing sellarini o’rganish bilan shug’ullanuvchi tog’ meliorativ jamoasi tuzildi. Keyingchalik bu jamoa punkitlarning soni O’zbekistonda oshib bordi.

1930 yilda selni o’rganuvchi jamoalardan biri- Qashqadaryo viloyatida paydo bo’ldi.

O’zbekistondagi sel hodisalarning sababini o’rganish bilan davlat gidrologiya instituti, tuproqshunoslik instituti, Tyan- shan tabiiy geografik stansiyasining hodimlari ham qiziqadilar.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston sel hodisalarini o’rganuvchi bir qancha tashkilotlar mavjud. Shular qatoriga O’rta Osiyo o’rmon xo’jaligi instituti, gidrogeologiya va muhandislik instituti, O’rta Osiyo ilmiy tekshirish instituti, O’zbekiston FAning geografiya bo’limi, O’zbekiston gidrometeorologiya xizmatlar boshqarmasi va bir qancha loyhalash bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar kiradi.

Keyingi yillarda respublikamizning oliy o’quv yurtlarining geograflari ham sel va uni hosil qiluvchi omillar ni o’rganish bobida ancha ishlar qildilar.

Hozirga qadar sel hodisalari seldor havzalar ularning xo’jalikga keltirgan zararli selga qarshi kurash yo’llari haqida anchagina matriallar to’planib bularning bir qismi e’lon qilingan. Sel hodisalari va seldor havzalarga bag’shlangan manbalar qatoriga S.G. Alutunin, S.A. Grishgan, F.K. kocherga V.L. Shulis E.K. Rabkova, S.B. Rauner, P.M. Mashukov M.Mamatqulov, A.S. Saidov O.Hazratqulov, M. Yusupov kabilarning ishlarini ko’rsatsak bo’ladi.

Sel tabiiy hodisadir. Binobarin uning paydo bo’lishi rivojlanishi va tarqalishini o’rganishda hududning tabiiy geografik sharoitini etiborga olmaslik mumkin emas.

Qashqadaryo havzasi kuchli sel hodisalari bo`lib, turadigan birdan- bir tumanlardan hisoblansada, selni tadqiq qiluvchilarning fikriga seldor havzalarni shu omillar boyicha tumanlashtirishni ifoda etadi.

Qashqadaryo havzasida sel hosil qiluvchi omillar boyicha quyidagi 4 ta tumanga ajratish mumkin.


  1. Qashqadaryo o’ng irmoqlari havzasi.

  2. Hisor tizmasining g’arbiy qismi Qashqadaryo- Yakkabog’ daryo havzalari.

  3. Langar- G’uzordaryo havzasi.

  4. Janubiy past tog’lar havzasi.

Ko’p yillik kuzatishlar va mavjud adabiyotlardagi malumotlar viloyatimizning yuqorida ko’rsatilgan to’tlama tumanni ham eng kuchli sel bo’ladigan hududlar jumlasiga kiradi. Bu hududa selni vujudga keltiruvchi barcha tabiiy geografik , geomorfologik, iqlimiy, geologik va nihoyat antropogin omillar yetarlidir.

Qashqadaryo havzasida olib borilgan tadqiqotlar va o’rmon melioratsiya tadbirlari tabiatning bu jarayonga muvaffaqiyatli kurash olib borib mumkinligini ko’rsatadi.

Viloyatimizning iqlimi ham o’ziga xos xususiyatga ega. Uning shakllanishiga O’zbekistonning geografik o’rni quyosh radiyatsiyasi atmosfera serkulyatsiyasi yer usti tuzilishi va inson faoliyati tasir ko’rsatadi.

Viloyat iqlimiga bir qancha havo massalari tasir ko’rsatadi. Shulardan eng salmoqlari shimoldan keladigan sovuq havo, Janubiy siklonlar Sibir antisikloni va Turon havo massalaridir.

Yog’in sochinning miqdori g’arbdan sharqqa qarab o’zgarib boradi. Bu esa pasttekislik tumanlarida yillik yog`in sochinning miqdori 80-200 mm, tog` oldi tumanlarda 300-500 mm, tog`larda 500-900 mm ni tashkil etadi. Yog`inlar yil mobaynida juda notekis taqsimlangan. Eng ko`p yog`in bahor (30-50 %) va qish (25-40 %) fasllariga to`g`ri keladi. Mart oyi juda sernam, yoz oylari esa quruq bo`ladi. Viloyatda shmollarning rejimi juda murakkabdir. ularning o`rtacha tezligi 1-4 m/s bo`lib, bahor va kuzda kuchayadi.

Bunda mahalliy shamollardan hovos, afg`on, ilono`tdi, aylovod kabi shamollar alohida o`rin egallaydi. Sel hodisalarining rejimi ularning yil fasllari bo`yicha taqsimlanishi bilan izohlanadi.

Viloyatimiz oqar suvlarga boydir. Bu yerda daryolar, tog` soylari kichik jilg`alar, buloqlar juda ko`p. Lekin ular notekis tarqalgan. Gidrografik to`r tog`li viloyalarda zich bo`lib, tekisliklarda keskin siyraklashadi.

Katta daryolar qor vamuzdan tog` soylari esa yog`in, qor va buloqlardan suv oladi. Daryo suvlari tog` oldi tumanlarni va tekisliklarni sugorish uchun sarf qilinadi.

Havza hududida tuproqning turlari xilma-xildir. Tekislik tumanlarida qo`ng`ir, taqir, o`tloq qumlar tog` oldi va etaklarida bo`z, past va o`rtacha balandlikka ega bo`lgan tog`larda jigarrang qo`ng`ir, baland tog` o`lkalarida och tusli qo`ng`ir tuproq turlari tarqalgan. Sug`oriladigan tumanlarda inson faoliyati natijasida alohida sifat kasb etgan voha tuproqlari keng tarqalgan.

Viloyat o`zining xilma-xil o`simliklari bilan mashhur. ularni umumlashtirib 4 tipga:



  1. Cho`l;

  2. Adir;

  3. Tog`;

  4. Yaylov o`simliklariga birlashtiradilar.

O`simlik turlari va ularning tarqalish xususiyatlari sel rejimiga ayniqsa, uning tezligiga, suv sarfiga va oqimiga sezilarli ta`sir qiladi.

Sel hodisalarining paydo bo`lishi va rivojlanishini o`ragnish alohida o`rin egallaydi. Chunki, uni bilmasdan turib, tabiatning ushbu ofatiga qarshi kurashish yo`llarini ishlab chiqish mumkin emas.

Hozirga qadar selni hosil qiluvchi omillarni o`rganish bobida ancha ishlar qilingan. Biroq shu kungacha ham bu borada bosh, asosiy omil masalasi to`g`risida tadqiqotchilar sel sodir bo`lishida asosiy o`rinni gidrometeorologik omillarga ayrim tadqiqotchilar esa geologik, geomorfologik yoki o`simliklar dunyosiga beradi.

Sel hodisasi juda muarkkab bo`lib, uning paydo bo`lishi, shakllanishi va rivojlanishida tabiatning bir yoki bir nechta guruh omillari qatnashibgina qolmay, balki tabiatdan hamma komponentlar geografik komplekslar, jarayon va hodisalar selning kuchayishi va susayishida insonning xo`jalik faoliyatining ham roli bor.

Binobarin sel kompleks tabiiy hodisa bo`lib, ma`lum joy landshaftining va unga ta`sir qilgan inson faoliyatining hosilasidir.

Sel hodisalarining paydo bo`lishi va rivojlanishi, tarqalishiga ta`sir qiluvchi tabiiy omillardan biri – hududning orografik tuzilishi, dengiz sathidan balandligidir.

Shunisi aniqki, balandlik oshgan sari qor va muzlarning erishidan hosil bo`lgan sellarning birmuncha ko`payadi.

Pasttekisliklarda loyqali sellar keng tarqalsa, tog`larda toshli va tosh loyqali sellar hukmronlik qiladi. Sel hodisalarining paydo bo`lishi va rivojlanishida orografik omillarning roli sezilarlidir. Orografiya deganda, tog` va tog` tizmalarining yo`nalishi, tarmoqlanishi, ular orasidagi tog` vodiy, cho`qqi va tog` yonbag`irlarining tuzilishini tushunamiz.

Murakkab tog` rel`yefi suv oqimining tezligini oshirishga, ularning vodiylarda tezroq to`planishiga imkon vberadi. Tog` rel`yefi suvining bug`lanishi yer ostiga singishi, transperatsiyasiga sarf bo`lishini kamaytiradi, garvitatsiya jarayonining borishiga salbiy ta`sir qiladi.

Bularning hammasi jilg`alarda toshqin tezligi va loyqaligini oshirib, darhol selni daxshatli kuchga aylanishiga sababchi bo`ladi. Rel`yef xususiyati oqar suvlarning to`planishiga, ularning tezligini oshirishga, binobarin sel hodisalarining to`liq shakllanishiga xalaqit qiladi.

Sel hodisalarining paydo bo`lishidagi muhim tabiat omillaridan biri iqlimdir. Iqlim omillari selning shakllanishida qatnashuvchi deyarli hamma elementlarga turtki bo`ladi. Iqlim selning paydo bo`lishi va rivojlanishidagi faol geografik komponentlardan biridir. Bu borada yog`in-sochinning miqdori, tushish sur`ati, davri, cho`ziluvchanligi, takrorlanishi, havo harorati, namligi va shamolning roli kattadir.

Shuni aytish kerakki, O`rta Osiyoda sodir bo`lgan daxshatli sellarning ko`pchiligi g`arbdan yo`nalgan havo massalari va hind siklonlari bilan bog`liqdir. Havo haroratining keskin ko`tarilishi, iliq shamollarning uzoq esishi, qor va muzlarning erishini tezlashtiradi. Tabiatning bu xil ofatiga qarshi kurash yo`llari va usullari ilm-fan yutuqlariga asoslanib tobora mustahkamlashib bormoqda.

Selga qarshi kurashish choralarini ko`rish uchun ularning quyidagi xossalarini to`liq o`rganish zarur:


  1. Oqim o`zanining nishablik darajasi;

  2. Harakat tezligi;

  3. Hajmiy og`irligi va zichligi;

  4. Oqimning urilish kuchi;

  5. Oqimdagi yirik jinslarning hajmil;

  6. Oqim harakatining xarakteri;

  7. Oqimning ta`sir etish darajasi.

Sel oqimi soy o`zanining nishabligiga, joyning relefiga va geomorfologik , tuzilishiga bog`liq bo`lib, tog`li tumanlarda nishablik 15-35 0, tog` oldi va yassi tog`li tumanlarda nishablik 5-10 0 gacha bo`lgan joylarda hosil bo`ladi.

Sel tarkibidagi tog` jinslarining miqdori oqim o`zanining nishabligiga bog`liqdir. Nishabligi katta bol`lgan joylarda sel tarkibida qattiq materiallar ko`p bo`lib, nishabligi kichik bo`lgan joylarda esa oz bo`ladi. Sel oqimining maksimal urilish kuchi yoki sarflanish miqdori ayrim paytlarda 800-900 m3/sek ga yetadi. Bu holda u juda katta yemirish kuchiga ega boladi. Kuchli sellarda oqib keladigan tog` jinslarining miqdori faollik mayhdonining har km2 yuzasiga 50 000 – 90 000 m3 gacha boradi. Sel oqimining o`rtacha tezligi 2 dan 4 m/sek gacha maksimal tezligi esa 6 dan 8 m/sek gacha bo`ladi.

Sel keltiradigan zararni oldini olish uchun selxonalarni to`liq ro`yxatini ko`rish, ular rejimini aniqlash va aholi o`rtasida targ`ibot qilish muhimdir.

Hozirgi vaqtda selga qarshi kurashda agromeliorativ, fitomeliorativ, agrotexnik, muhandislik – gidrotexnik usullar e`tiborga molik bo`lmoqda.

Agromelioratsiya tadbirlariga seldor havzalarda mavjud bo`lgan o`simliklar zichligini saqlab qolish, o`rmon, to`qay kabi massivlarni har xil ofatlardan asrash, yaylovlarda ortiqcha molni boqishga yo`l qo`ymaslik, tog` yonbag`irlari va vodiydagi qoyalardan oqilona foydalanish choralarini ishlab chiqish kabi bir qator tadbirlar kiradi.

Sel bo`lishini oldindan bilish uchun joyning tabiiy sharoitini to`liq o`rganish lozim. Tabiiy sharoit atmosferadagi yog`inlar miqdorini va xarakterdagi o`rganish selni oldidan bilishda katta ahamiyatga egadir.

Bundan tashqari joylarning geologik, geomorfologik sharoitlarini o`rganish sel bo`lishini oldindan aytishga imkon beradi. Ma’lumki sellarning ko’pchiligi tog’ jinislari kuchli nuragan va yumshoq tog’ jinislardan tuzilgan joylarda bo’ladi. Shu sababli selning oz ko’p bo’lishi tog’ jinislarning nuraganlik darajasiga bog’liq.

Hozirgi vaqtda selga qarshi qo’riladigan choralar, tekshirishlar va ko’p vaqtlar davomida olib borilgan kuzatishlarga asoslanib chiqarilgan ilmiy-amaliy xulosalarga ko’ra 2 turga bo’linadi.



  1. Sel havzlari qurish bilan birinchidan, sel bartaraf etiladi. Ikkinchidan esa yig’ilgan suvdan qlarxda foydalaniladi. Ammo bu usul qimmatga tushadi.

  2. Sel oqimining yoyilib toshib ketishini cheklash uning to’g’rioqishini taminlaydigan marzalar, temir beton devorlar,ariqlar hamda sel vujudga keladigan zonalar tog’ning yon bag’irlari boylab sel oqimi tezligini kamaytiruvchi tosh loyqalar ushlab qoluvchi to’siqlar qurishga shular kiradi.

Binobarin sel ofatiga qarshi kurashda hal qiluvchi rolni muhandislik gidrotexnik inshoatlar oynaydi. Bularga sel suvini kuchsizlantirish maqsadida ularni har tomonga b-b yuboruvchi yo’laklar, ariqlar, kanallar bunyod qilish,suv omborlar, to’g’onlar kabi bir qator tadbirlar kiradi.

Qashqadaryo havzasida olib borayotgan qator selga qarshi tadbirlar misolida ko’rish mumkin.

Selga qarshi kurash tadbirlar o’z vaqtida ko’rilsa, u xalq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Keyingi vaqtlarda selni ushlab qoluvchi suv omborlari quriladi.

Shular jumlasiga havzadagi Chimqo’rg’on, Pachkamar, Talimarjon, Hisorak, Yakkabog’, kabi suv omborlar shular jumlasidandir.

Qashqadaryo havzasida surilma hodisalari tog` yonbag`irlarida, daryo vodiylarida va qisman ko`l qirg`oqlarida tarqalgan bo`lib, o`rganilayotgan mazkur surilmalarning keng tarqalishiga birinchi navbatda geologik tuzilishi, rel`yefi, yer usti va yer osti tektonik harakatlar, shuningdek tog` landshaftlariga insonning xo`jalik ta`siri kuchli ekanini ko`rish mumkin.

Kichik O`ra daryo, Tarag`ay, Kaltasoy, Ko`chganjal va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin. Inson xo`jalik faoliyati ta`sirida quyidagicha:



  1. Yonbag`irlarda shosse yo`llarini o`tkazish;

  2. O`rmon qoplamining yoqotilishi.

Surilmalarning katta-kichikligi har xil uzunligi 20 m dan 200 m gacha, kengligi 10 m dan 1300 m gacha yemirilgan devorning balandligi 2 m dan 25-30 m gacha bo`ladi.

Surilmalarning geografik tomondan joylanishi quyidagicha:tadqiqot o`tkazilgan ushbu tumandagi surilmalar guruh bo`lib joylashgan. ularning tarqalish chegarasi 2400 m mutloq balandliklarda tarqalgan. ular tog` yonbag`ridagi katta-katta maydonlarni ishdan chiqarib, qishloqlarni vayron qiladi, daryo o`zanini to`sib turfadi.

1950-yillarning oxirlarida Dehqonobod tumanidagi Avjin qishlog`ining aholisi boshqa joyga ko`chishga majbur bol`lishgan.

Surilmaning oldini olish ishlari katta kuch va mablag` talab etadi. Hozirgi vaqtda Sochi, Yalta, Odessa, Kiev kabi shaharlarda surilmaga qarshi kurash tadbirlari to`g`ri yo`lga qo`yilgan.

Dengiz va daryo ko’llarining suv o’tkazmaydigan gil tosh va suvli qum shag’al qatlamlaridan hosil bo’lgan tik qirg’oqlarida surilmalar ko’p bo’ladi.

Suv o’tkazmaydigan qatlam ustida to’planayotgan yer osti suvlari guruntni yumshatadi.

Surilmalar geologik tuzilishiga ko’ra qatlam- qatlam bo’lgan qirg’oq jarliklariga roy beradi. Shu tipga mansub surulmalar Qashqadaryo havzasining Chaqilkalon tagidan oqib tushadigan o’ng irmoqlari havzasida keng tarqalgan.

Surilmalar suv o’tkazadigan qatlamsiz jinislarda hosil bo’ladi. Qashqadaryo havzasida surilma hodisalari tog’ yon bag’irlarda daryo vodiylarida juda ko’p tarqalgan b-b, o’rganilayotgan mazkur tumanlarda surulmalarining keng tarqalishiga birinchi navbatda geologik tuzilishi, relyefi, yer usti va yer osti tektonik harakatlar, tog’ landshaftiga insonning xo’jalik tasiri kuchli ekanligini ko’rish mumkin.

Yer osti suvlarining ta’sirida suvda eriydigan jinislarni eritadi. Yoki suvda erimaydigan jins ustida to’planib turadi.

50- yillarning oxirlarida Dehqonobod tumanidagi Avjin qishlog’ining aholisi boshqa joyga ko’chishga majbur bo’lishgan.

Bundan tashqari surilmalar bog’lar, haydalaniladigan yerlarni yaroqsiz holga kel tirib qoyadi.


Download 271,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish