Mundarija kirish I. Tabiiy geografik komplekslarni o`rganishning nazariy masalalari


Tabiiy jarayonlarning rel`yef hosil qilishdagi o`rni va ahamiyati



Download 271,5 Kb.
bet12/12
Sana31.12.2021
Hajmi271,5 Kb.
#235641
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Qashqadaryo havzasida ta

.3. Tabiiy jarayonlarning rel`yef hosil qilishdagi o`rni va ahamiyati

Qashqadaryo havzasida yuqorida qayd qilingan xilma - xil tabiiy jatumanlar rejalanganki, bu jatumanlar bilan chambarchas bog’liq ravishda namayon bo’ladi. Shu bilan birga joyning petrografik tarkibiga bog’liq ravishda biz tadqiq qilgan tabiiy jatumanlar havzaning aksariyat qismida relyef hosil qiluvchi jatumanlar sifatida yuzaga kelganligini ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa viloyatningtog’li va tog’ oldi tumanlarida va shamol eroziya, karst, surulma, va boshqa jatumanlar hozirgi zamon relyefning shakllantiruvchi kuchlari sifatida ko’zga tashlanadi.

Qayt qilish lozimki bu jatumanlarning u yoki bu darajada rivojlanganligi boshqa tabiiy jatumanlar rivojiga ma’lum darajada tasir ko’rsatadi. Mumkin endogin kuchlar natijasida hosil bo’lgan relyefning kuest formalarierozion jatumanlarning sustlashuviga va o’z navbatida nurash jatumanning susayishiga olib keladi. Ayni vaqtda karst eroziya sel kabi jatumanlarning o’zaro munosabatini yani birini ikkinchisining rivoji uchun qanday ro’l oynashi mumkinligi xususidagi masala aniq emas.

Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, tog’li tumanlardagi kuchli rivojlangan voronka va boshqa yer usti karst relyef shakllari selning deyarli bo’lmasligiga imkon beradi.

Ohaktoshdan tuzilgan tog’ massivlari kesib o’tuvchi daryo daralari eroziya va karst jatumanlarining o’zaro bir biriga kuchaytiruvchi tasiri natijasida shakllanganligi ma’lum. Bunda oqar suvning yemiruvchilik faoliyati bilan tezlashtiradi, ya`ni eroziya yemiruvchiligiga karst eruvchiligi chuqur daralar hosil qiladi. Bunday daralar Qashqadaryo, Oqar suv, Yakkabog`, Langar daryosining yuqori qismlarida nihoyatda keng tarqalgan. Bu daralarning chuqurligi ba`zan 500-600 m cacha yetadi. Eni esa 150-200 mni tashkil etadi. Bu yerlarda geologik tadqiiqot ishlarini olib borgan S.I.Kulinikov shunday tasvirlaydi: “Bu chuqur va yirik yoriqlar uzoqdan tog`lar orasida deyarli ko`zga tashlanmaydi. Faqat onda- sonda vodiyning ilon izi terassalarida yuzlab metr chuqur devorlarning borligi ko`zdan pinhona ravishda daryoning erozion faoliyati mavjudligidan dalolat beradi”.

Ayniqsa, bunday chuqur tanglar devon, karbon davrlariga mansub. Ohaktoshli Oqsuv daryosining o`rta oqimi uchun xarakterlidir. Shu bilan birga Yakkabog`, Langar daryolari havzasida keng tarqalgan yuqori yura ohaktosh qatlamlarida tipik ravishda namoyon bo`ladi.

Shunday qilib viloyatning hozirgi rel`yefi shakllanishida iqlimi va litologik omillar asosiy kuch sifatida maydonga chiqadiki, bu hozirgi ekzogen rel`yef hosil qiluvchi omillarning geologik davrlar mobaynida ham aktiv kechganligini aks etadi. Mana shu omillar ta`siri natijasida viloyat rel`yefi ToshdU professori O.Y.Poslovskiy tomonidan uch qismga bo`linadi:


  1. Tog`li – erozion tektonik rel`yef tiplari guruhi. Bunda ekzogen va litologik omillarni tektonik harakatlar boshqarib boradi;

  2. Adir yoki tog` oldi rel`yef tiplari guruhi. Bunda tektonik harakatlarga qaraganda, litologik tuzilishi va ekzogen jatumanlarning eroziya ko`proq hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo`ladi;

  3. Tekislik rel`yef tiplari guruhi. Bunda yerning litologik tuzilishi fonida ekzogen jatumanlar shamol va suv eroziyasi nurash va akkumulyatsiya hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo`ladi.

Hisor tizmasi va uning g`arbiy tarmoqlari bo`lgan viloyatning tog`li qismida asosan, eroziya, karst, surilma, suffoziya jatumanlar asosida hosil bo`lgan rel`yef formalari shakllanganligini ko`rdik.

Daralar, g`orlar, karst voryonkalari, botiqlari, silliqlangan tepaliklar, o`tkir qirrali qoyatog`lar kuchli parchalangan rel`yef sifatida ko`zga tashlanadi.

Qoratepa va Hisor tizmasining tog` oldi tumanidagi adir zonasida tabiiy jatumanlardan eroziya va sel hosil qilgan rel`yef shakllari ustun ravishda tarqalgan. Adir orasidan oqib o`tgan soylar ularga yon tomondan keladigan irmoqlar va ulardagi konussimon yotqiziqlar yoki yoyilma konuslar sel mahsulotlari ekanligini ko`rish mumkin.

Adir bilan tekislik tutash tumanlarda erozion jatumanlar natijasida jarlar hosil bo`lgan. Qalqamasoy, Langarsoy, Toychisoy havzalarining quyi qismlarida lyossimon yotqiziqlarida jarlar uchraydi. Shuni aytish kerakki, rel`yefning u yoki bu genetik tipining tarqalishida insonning xo`jalik faoliyati ta`siri kuchli ekanligini yuqorida qayd qilib o`tdik. Darvoqe, jarlarning hosil bo`lishida tog` oldi tumanlarida suvdan oqilona foydalanmaslik tufayli bo`lishi mumkin. Shuningdek, bu tumanlarda suffozion botiqlar rel`yefga yaqqol tashlanmasada, genetik tip sifatida rivojlangan.

Havzaning janubiy va shimoli-g`arb tomonlarini ishg`ol etgban tekislik zonasidagi suv va shamol eroziyasi holsil qilgan rel`yef tiplari uchraydi. Qum tepalari, gryadalari ular orasidagi holzirgi zamon rel`yef hosil qilish jatumanida ustunlik qiladi.

Tekislik qismining jadal sur`atda o`zlashtirilishi munosabati bilan rel`yefda shamol eroziyasining ta`siri bilan hosil bo`ladigan chuqurliklar irrigatsiya shaxobchalari atrofida yerning yuvilib ketishi bilan bog`liq erozion shakllar paydo bo`lishi kuzatilmoqda. Kompleks o`zlashtirishda ixotazorlarning barpo etilishi suvdan to`g`ri foydalanish, chorva mollarini boqish bunday salbiy hodisalarga barham beradi.

X U L O S A

Qashqadaryo viloyati hududida tabiiy resurslarning deyarli barcha turlari mavjud bо‘lib, ana shular orasida insonni oziq – ovqat va keyim kechak bilan taminlaydigan yer resurslari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Viloyatimizningg yer resurslaridan uzoq tarixiy davrlar maboynida foydalanib kelinayotganligi tufayli turli xildagi tabiiy jarayonlarning ancha tezlashtirilgan formalari nomoyon bо‘la boshladi. Bunday jarayonlar ayniqsa yaylovlarda, lalimikor va sug‘oriladigan maydonlarda kuzatilmoqda.

Sug‘orilayotgan mintaqalarda yuzaga kelayotgan eroziyaning bosh omili sifatida yer resurslaridan xо‘jalikda foydalanish jarayonida agrotexnik qoidalarning buzilishi oqibatida shakillanmoqda. Bu xildagi eroziyalar sug‘orish yoki irrigatsiya eroziyasi deb yuritilmoqda.

Irrigatsiya eroziyasi tufayli, tuproqning mahsuldor qatlami yuvilib ketadi. Oqibatda bunday joylarda yetishtiriladigan ekinlarning hosildorligi talab etiladigan darajadan ancha pastlashib ketadi. Shuning uchun sug‘orma dehqonchiligi olib borilayotgan hududlarda minerall va mahalliy ug‘itlar bilan о‘z vatida oziqlantirib borish va belgilangan sug‘orish meyorlariga tо‘liq amal qilishga tо‘g‘ri keladi.

Lalimikor maydonlarda yerning haydalma gorizonti о‘simlik qoplami bilan yaxshi qoplanmagan va iqlim ancha qurg‘oqchil kelgan yillarda shamol eroziyasiga berilish darajasi kuchaysa, namgarchilik yillarida to oldi qiya tekisliklarida yuza oqim tufayli hosil bо‘ladigan chiziqli suv eroziyasining kuchayganligini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun ham viloyatimizning lalikor maydonlaridan foydalanish jarayonida iqlimiy о‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda tо‘g‘ri agrotexnika qoidalarini qullay olish ijobiy samara beradi.

Viloyatimizning yaylovlari asosan chо‘l, adirlarda keng tarqalgan bо‘lib, chо‘l yaylovlarida kо‘pincha shamol eroziyasi kuzatilsa, adir va tog‘li mintaqa yaylovlarida suv eroziyasi kо‘proq nomoyon bо‘ladi.

Viloyat hududida qishloq xо‘jaligida foydalanilayotgan yerlarning 325,8 ming gektari turli darajadagi shamol eroziyasiga berilgan bо‘lsa, 44,8 ming gektari sug‘orish eroziyasiga berilgan.

Bundan tashqari tabiiy eroziya jarayonlariga umumiy yaylov yer fondining 90 % ida turli kо‘rinishlarda (shamol va suv eroziyasi) nomoyon bо‘layotgan bо‘lsa, lalimikor maydonlarning shamol va suv erooziyasiga berilgan hududlari uning umumiy maydonining 70 % ini tashkil etadi.

Inson xо‘jalik faoliyati ta’sirida tezlashtirilgan eroziyaga berilgan maydonlarning mahsuldorligini oshirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida tez о‘sar va issiqqa chidamli darxt va butalardan ixotozorlar barpo etish, mahalli va mineral о‘g‘itlardan foydalanish bilan bir qatorda, agrotexnika va gidromeliorativ tadbirlar majmuasini tо‘g‘ri amalga oshirish lozim.

FAYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI

3. Abdullayev S.I., Usmanov I. Prirodniye resursi Kashkadarinskoy oblasti i ix xozyaystvennoye ispolzovaniye. Geograficheskiye aspekti. Prirodi xozyaystvennoy otsenki territorii Kashkadarinskoy oblasti i ix ispolzovaniye v kravedcheskoy podgotovki studentov. T.: 1980, S 11-12

4. Belotserkovskiy M.V i dr. Erozionniye protsessi. Izd. «Misl» M.: 1984, 255s.

5. Doshchanov M.B. О‘zbekistonda tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash.// О‘zbekiston bilim jamiyati. T.: 1967 23 b

6. Djerrod A.Dj. Pochvi i forma relyefa. Kompleksnoye geomorfologo-pochvennoye issledovaniye. Perv s ang. L.: «Nedra» 1984, 208 s.

7. Karpachevskiy L.O. Zerkala landshafta M.: «Misl» 1983, 156 s

8. Nikitin YE.O. Rol pochv v jizni prirodi. M.: «Znaniye» 1982, 28 s

9. Mamatov A.M. Voprosi oxrani prirodnix kompleksov Karshinskoy step //Voprosi ekologii vip. № 3 , Ashxabod, 1992 S 221-223

10. Rafikov A.A. i dr. Prirodno-meliorativnaya otsenka novoorashayemiye zemel Uzbekistana. Meliorativnaya geografiya M.: 1975

11. Rafiqov A.A. Geoekologiya muammolari T. 1997

12. Mamatov F.P. Lalimikor tuproqlarda ishlov berish texnologiyasi va texnika vositalarini takomillashtirish. // Qarshi Davlat universiteti professor о‘qituvchilarining ilmiy amaliy konferensiyasi. Tezislari tо‘plami. Qarshi, 1996, 70-71 b

13. Snachkov I.A. Barba s eroziya pochv. Vesselxozizd M.: 1968, 168 s.

14. Jumayev X.N., Yо‘ldoshev R.I. Qashqadaryo viloyati yer-suv resurslaridan foydalanishning ba’zi ekologik muammolari// Istiqlol va geografiY. Geografiya jamiyatining IV syezdi meteriallari II-qism. T.: 1995, 65-67 b.

15. Nazarov X.T. Qumli yaylovlarni mustahkamlash uchun о‘tkaziladigan fitomeliorativ tadbirlarga doir// Qarshi Davlat universiteti professor о‘qituvchilarining ilmiy amaliy konferensiyasi. Tezislari tо‘plami. Qarshi, 1996, 77-78 b.

16. Hikmatov F.N. va b. Tuproqning yuvilish shakllari va suv eroziyasining ta’sirlari haqida. //Geografik ekologiya va tabiatdan foydalanish muammolari. Ilmiy amaliy konf. Tezislari. T.: 1999, 78-81 b.

17. Yusupov S., Tursunov L. Kitob – Shahrisabz kotlovinasi tuproqlaridan foydalanishning ekologik asoslari. //Ekologiya muammolari. Ilmiy anjuman materiallari . 2 –qism. Qarshi.: 1999, 102-103 b

18. Muradov M va b. Qashqadaryo vohasida shamol eroziyasining oqibatlari va ularni bartaraf etish.// О‘zbekiston janubiy rayonlari tabiati va xо‘jaligini majmuali о‘rganishning dlzarb masalalari. Respub. Ilmiy.amaliy anjumani materiallarining tezislari tо‘plami III-qism. Q.: 1991, 329 b.

19.Ochilov A.M. Uchet osobennosti relyefa mestnosti pri osvoyeniy zemle Karshinskoy stepi. .// О‘zbekiston janubiy rayonlari tabiati va xо‘jaligini majmuali о‘rganishning dlzarb masalalari. Respub. Ilmiy.amaliy anjumani materiallarining tezislari tо‘plami III-qism. Q.: 1991, 432 b.

20. G‘afurova L.A. va b. Eroziyaga uchragan sug‘oriladigan tuproqlar tarkibidagi gumusni saqlash hamda uning miqdorini oshirish.// Tabiat landshaftlarining ekologik muammolari. Ilmiy amaliy konfe. Materil. I-qism. Guliston, 1994, 50 b.

21. Madraimova K.I. va b. Tabiatni muhofaza qilishda tuproq muhofazasiga oid ayrim masalalar. //Ilmiy amaliy konfe. Materil. I-qism. Guliston, 1994, 56-57 b.

22. Ubaydullayev SH.R. yaylovlar fitomelioratsiyasi va tabiatni muhofaza qilish. // О‘zbekistonning ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish. Ilmiy amal konf. Mater. Samarqand 1998, 132-135 b

23. Qorayev O. Qashqadaryo viloyatining ekologik ahvoli va uni yaxshilash choralari. //Ekologiya muammolari. Ilmiy anjuman materiallari . 2 –qism. Qarshi.: 1999, 22-23 b

24. Abdullayev M.Maxsudov A. Tuproqshungoslik asoslari va tuproqlar geografiyasi. T.: “О‘qituvchi”, 1988, 144 b

25. Muradov O. Zemelniye fondi i ix ratsionalnoye ispolzovaniye. Izd “Fan” T.: 1977, 96 s.

26. Muxamedov T. tuproq eroziyasi dehqonchilik uchn katta ofat. “О‘zbekiston” nashriyoti, T.: 1977, 96 s.

27. Sultonov Y. Landshatlar geografiyasi T.: “О‘qituvchi”, 1974, 110 b

28. Kashkadarinskaya oblast. Tom I. Priroda izd SAGU 1959.

29. Qashqadaryo viloyati geografiyasi. Qarshi. 1984



30. Viloyat yer kadastr ma’lumotlari . 2011
Download 271,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish