Ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik to‘lqinining uzunligiga nisbatan kichik bo‘lgan zarralarda yorug‘likning sochilishini laboratoriya sharoitida birinchi bo‘lib Tindal kuzatgan (1869 yil). Turli burchaklar hosil qilib sochilgan yorug‘lik dastlabki oq yorug‘likdan ko‘k bo‘lishi bilan farq qilishini to‘shayotgan yorug‘lik yo‘nalishiga nisbatan burchak hosil qilib sochilgan yorug‘lik to‘liq yoki deyarli to‘liq chiziqli qutblanishini ham Tindal payqagan. Tindal osmonning zangori bo‘lib ko‘rinishiga Quyosh yorug‘ligining er atmosferasida chang zarralarida sochilishi sabab bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |