Releyning formulasi yuqorida aytib o‘tilgan qonuniyatlarni tavsiflaydi. Sochilgan yorug‘likning intensivligi to‘lqin uzunligining to‘rtinchi darajasiga teskari proporsional ekan, bu qonuniyat o‘lchab topilgan natijalarga muvofiq keladi va osmonning zangori bo‘lish sababini izohlab beradi va bu Reley qonuni deyiladi. Biroq osmonning zangori bo‘lishiga atmosferada chang borligining aloqasi yo‘q ekan, biz buni keyinroq ko‘rsatamiz. Reley formulasida muhitning optik jihatdan bir jinslimasligining o‘lchovi bo‘la oladigan ko‘paytuvchi bor. Agar bo‘lsa, muhit bir jinsli bo‘lib qolib, yorug‘lik ham sochilmay qo‘yadi (I=0). Optik jihatdan bir jinslimaslikning bunday o‘lchovi faqat mayda zarralargagina tegishli bo‘lib qolmay, balki boshqa hollarda ham optik bir jinslimaslikning xarakteristikasi bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |