Bunda V*- fluktuatsiya yuz bergan hajm bo‘lib, yorug‘lik to‘lqinining uzunligiga nisbatan kichik, lekin ichida molekulalar ko‘p. Boshqa belgilar (17.5) formuladagidek olingan. Endi yorug‘likning molekulyar sochilishida optik bir jinslimaslikning o‘lchovi miqdor bo‘ladi. Agar fluktuatsiyalar zichlik va temperatura yoki p bosim va S entropiyadan iborat faqat ikki erkli termodinamik o‘zgaruvchi bilan aniqlanadi deb hisoblasak, u holda bu yerda - bosim va entropiyaning fluktuatsion o‘zgarishlari, hosilalardagi indekslar differensial olayotganda qanday miqdor o‘zgartirilmay turishini ko‘rsatadi. Bu yerda va fluktuatsiyalar statistik jihatdan mustaqil ekanligi va demak, ekanligi e’tiborga olingan. Fluktuatsiyalar nazariyasi ва miqdorlarni moddaning termodinamik xarakteristikalari orqali ifodalashga va (17.6) munosabatni
Do'stlaringiz bilan baham: |