MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………3
I Bob. YORUG’LIK NURI VA UNING XOSSALARI.…………………..
Yorug’lik manbalari…………………………………………………
1.2 Yorug’lik nurining hosil qilish usullari……………………………
II Bob. LYUMINESSENSIYA……………………………………………….
2.1 Lyuminessensiya va uning turlari…………………………………..
2.2 Lyuminessensiyani hosil qilish jarayonlari…………………………
2.3 Lyuminessensiyani qo’llanilishi........………………………………..
XULOSA……………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……..…...
Kirish.
1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. Kadr-lar tayyorlash Milliy dasturi asosiy vazifalaridan biri bu ta’lim jarayonidagi sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yu-qori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muam-molarni yechimini topib, ularni amalda keng qo’llash oliy ta’lim tizimi xodim-lari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o’qi-tishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vosi-talaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.
Optika – yorug’likning tabiati, uning hosil bo’lishi va tarqalish qonunlarini, modda (muhit) bilan ta’siri jarayonlarini o’rganadigan fandir. Optika – grekcha (“optics”) – ko’rish degan ma’noni anglatadi. Optika bo’limida to’lqin uzunligi 0,1 dan 1 sm gacha diapazondagi spektrga ega bo’lgan elektromagnit to’lqinlari o’rganiladi. Demak, yorug’lik deganda to’lqin uzunligi yuqoridagi diapazonda bo’lgan barcha tarqalayotgan elektromagnit maydonlari nazarda tutiladi. Ko’zga ko’rinadigan yorug’likka tegishli elektromagnit to’lqinlar 0,4-0,76 mkm inter-valdagi uzunlikka ega bo’ladi.
Optika fanining maqsadi - tabiat qonunlarini o’rganishdan va shu qonunlar asosida kuzatilayotgan hodisalarni tushuntirishdan, hamda yangi hodisalarni bashorat qilishdan iborat.
"Optika" fanining vazifasi:
- Tabiiy-ilmiy tafakkurni va materialistik dunyoqarashni shakllantirish;
- Fizikaviy nazariyani imkoniyat darajasida aniq bir matematik ko`rinishda taqdim etish;
- Talabalarda fizikaviy modellar va ilmiy farazlarning qo’llanish chegaralari to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish, ularni keng hodisalar va fizikaviy jara-yonlarni tahlil qilishda yuzaga keladigan muammolar yechimining ma`lum usullari bilan tanishtirish.
Fanning maqsad va vazifalari quyidagidan iborat: chiziqli va nochiziqli optika sohalaridagi zamonaviy fan yutuqlariga tayangan holda elektromagnit to’lqin-larning muhitlarda tarqalish qonuniyatlarini, fan va texnikada keng qo’llanib kelinayotgan nur tola optikasining bugungi holati va istiqboli, interferensiya, difraksiya, qutblanish hodisalari, yorug’likning muhitlardan yutilishi, sochilish spektrini hosil bo’lishi va ular yordamida atom va molekulalarning xususiyat-larini o’rganish, infraqizil nurlanishlar, fotosamara hodisasi, optik kvant gene-ratorlari va bir qatop boshqa qonuniyatlarni o’rganish ushbu fanning asosiy maqsadi va vazifasini belgilaydi.
Yorug'lik nurining tabiati o’rnatilishidan oldin optikaning quyidagi asosiy qo-nunlari ma'lum edi: Yorug‟lik nurining optik bir jinsli muhitda to'g’ri chiziqli tarqalish qonuni; yorug'lik nuri dastalarining bir-biriga bog’liq bo'lmaslik qonu-ni; yorug'likning qaytish va sinish qonunlari. Yorug'likning to'g'ri chiziqli tarqa-lish qonuni. Optikaviy bir jinsli muhitda yorug'lik nuri to'g’ri chiziqli tarqaladi, chunki nuqtaviy yorug'lik manbai bilan shaffof bo'lmagan buyumlar yoritilgan-da, buyumlar shaklida aniq soya hosil bo'ladi. Yorug'lik nurlari to'lqin uzunligi-ga yaqin bo'lgan o'lchamli buyumlar yoritilganda, bu qonundan chеtlashish ku-zatiladi.
Birinchi davrda (Nyuton-Gyuygens, XIX asr boshigacha) bu tasavvurlarning qarama-qarshi qo’yilishi bir-birini istisni qilish xarakteriga ega edi va ilmiy rivojlanish bu qarama-qarshilikni chuqurlashtirib, ularning tabiatini ravshanroq tushunish imkoniyatini beradigan eksperimental baza qidirish va rivojlangan nazariya yaratishdan iborat edi. Ikkinchi davr, ya’ni Frenel-Yung- dan to yorug’lik kvantlari tasavvuri paydo bo’lguncha (1905 y.) o’tgan davr korpuskulyar go’yo uzilkesil yengib chiqqan to’lqin tasavvurlarning har taraflama rivojlanish davri bo’ldi. Un-dan keyingi davr eksperimental metodlar rivojlanishi tufayli ochilgan yangi, nozik eksperi-mental faktlarni jamg’arishdan iborat; ayni vaqtda kvantlar nazariyasi yaratilishi bilan bog’liq bo’lgan yanada chuqurroq nazariy tasavvurlar rivojlana bordi. Bu davrda faqat barqaror to’l-qin tasavvurlar bilan bir qatorda korpuskulyar qarashlar asoslanibgina qolmasdan, balki kor-puskulyar va to’lqin tasavvurlar muvaffaqiyatli ravishda sintez qilib ko’rildi.
Optika taraqqiyotining XX asrning 60 yilidan boshlanadi deb hisoblanishi mumkin bo’lgan hozirgi bosqichi yangi, juda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Yorug’likning barcha optik hodisalarni tushuntirish uchun asos bolib xizmat qilayotgan fundamental xossalari – to’lqin, kvant xossalari, uning elektromagnit tabiati borgan sari xilma-xil va chuqur tasdiqlanmoqda va qo’llanmoqda. Ammo bu hodisalar doirasi beqiyos kengaydi.
Yorug’lik tabiati to’g’risidagi keyingi tadqiqotlar A.Eynshteyn, N.Bor, Zommerfeld, A.Kompton, L.D.Broyl, Raman, P.Cherenkov, I.Tamm, N.Basov, A.Proxorov, Ch.Tauns va boshqa olimlarning nomlari bilan bog’liqdir. O’rta Osiyolik olimlar va mutafakkirlardan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ulug’bek, Ali Qushchi asarlarida optikaga doir ilmiy maqolalar uchraydi. Hozirgi davrda Respublikamizda optika va spektroskopiya sohasida akademiklar P.K.Xabibullaev, R.B.Bekjonov, A.K.Otaxo’jaev, K.M.Muqimovlar yaratgan ilmiy maktablarda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |