8. Talabalarning kasbiy mayllarini aniqlash:
DDO (differensial diagnostika so'rovi);
"Qiziqishlar xaritasi";
Mexanik tushunish testi;
Ota-onalar uchun so'rovnoma
Bu usullarning barchasi bolalarning katta guruhlarini ommaviy ekspress diagnostika qilish uchun moslashtirilgan va kuch va haqiqiylik uchun sinovdan o'tgan.
Shunga qaramay, talabalar bilan psixodiagnostik ishning eng asosiy yo'nalishi - bu shaxsning kasbiy yo'nalishi.
Talabalarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo’lishi
Talabalik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda talabalar uchun hayot davomida kerak bo’ladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko’rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko’tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o’zining barcha ko’rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy darajasida rivojlanadi. Talabalarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga o’rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.Talabalik davriga juda ko’p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos.
Maktab dasturini o’zlashtirish va boshqa ishlar bilan bog’liq turli masalalarni yechishda ko’zga tashlanadigan talabalarning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo’yicha fikrlashga undaydi, talabalarning o’zlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o’z majburiyatlariga mas'ullik kabi muammolar muxokamasida infantillik (yosh bolarlarga xos jismoniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin. 5-6 sinf o’quvchilariga sinfdagi o’zi egallagan mavqeiga katta e'tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, o’quvchilar o’z tashqi ko’rinishlariga, shuningdek qarama-qarshijinsdagi bolalar va ular bilan o’zaro munosabatlariga e'tibor bera boshlaydilar. 7-sinf o’quvchilarida esa o’z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o’quvchilari esa mustaqilik, o’ziga xoslik, do’stlik va o’rtoqlik bilan bog’liq bo’ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi.
Talabalarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin. Talabalik davrida o’quv fanlarini turli o’qituvchilar o’qitishlari bilan kattalar shaxsi va faoliyatni baholashning yangi mezonlari hamshakllana boshlaydi. Talabalik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o’quv materialini qiziqarli va tushunarli yo’l bilan yetkaza oladigan, o’quvchilarni ajratmaydigan, o’qituvchilarni ko’proq hurmat qiladilar va yaxshi ko’radilar. Ular o’qituvchi bilan munosabatlariga ham katta e'tibor beradilar. 10-15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o’zgarishlar amalga oshadi.
Ilk talabalik davrida ko’pchilik talabalar o’zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo’lgan sari talabaning o’z-o’ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o’zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo’la boshlaydi. XIX asrning 60 yillarida talaba davri pedagogik psixologiyasi to’la ravishda prinsiplari ishlab chiqilishi ilmiy yo’lga qo’yildi. Komil insonni shakllantirish uchun mana shu davrda talaba yoshida bolani kompleks o’rganishni ilmiylashtirildi. Bolani to’laqonli rivojlantirishga katta urg’u berildi. Aqlan bu ishni bajarishda pedagogika yoki psixologiya emas, boshqa fanlarning roli ham bilinadi. Talabalik yoshi rivojlanishida 3 ta fanga tayanadi: 1.Psixologiya 2.Fiziologiya 3.Logika Bular quyidagi fanlar o’rtasida bog’lanib o’rganiladi ya’ni medisina va didaktikaning roli beqiyosdir.
Pedagogika va psixologiyaning bog’lanishi bolalarning talaba yoshlarda har qanday fikrlarning paydo bo’lishida asos bo’lgan. Bu narsa pedagogika va psixologiya degan termin paydo bo’libdi. Fan sifatida ko’pgina muammolar va ishlanmalarni olib kelinishiga sabab bo’ladi. Pedagogika bilan fiziologiyaning bog’liqligi ham psixologik jihatdan insonni yangicha tarbiya olishiga chorlaydi. Aqliy tarbiyaga katta yordam boradi. Shu bilan birgalikda shaxsning gigiyenik 295 normalari ishlab chiqildi. Psixologik va fiziologik jihatdan rivojlanishiga yordam berdi. Bu esa maktab gigiyenasi alohida fan tarmog’I sifatida shakllanishiga olib keldi. Pedagogika va logika o’rtasidagi aloqa psixologiya mantiqiy rivojlanishi natijasida yangicha yondoshishi ya’ni, masalalarni hal qilishning didaktik yo’llari bilan talabalik yoshida mantiqiy yo’llarini o’rganish paydo bo’ldi. Shunday qilib mana shularning ildizi bolani har tomonlama o’rganish va ularning rivojlanishda qonuniy to’g’ri ekanligi va optimal yo’llar yaratildi.
Bolani o’rganishda juda ham katta qiziqishlarga sabab bo’lgan narsa shunda ko’rindiki, umumiy psixologiyaning rivojlanishiga katta yo’l ochildi. Voqelikka bo’lgan ongli munosabatning uchunan usishi bilan talabalarning o’qishga bo’lgan ongli munosabatlari sezilarli darajada kuchayadi. O’zlarining o’qish faoliyatlarida ular sekin-astalik bilan shaxsiy ma’no kasb etadigan haqiqiy, chuqur bilimlar bilan yangicha munosabatlarda boglangan yangi, yuksakroq bosqichga kutariladilar.
Rus psixologlarining tadqiqotlari shuni belgilab berdiki, talabalar o’qish faoliyatining motivlari murakkab tuzilishga egadir. Talabalar o’qish faoliyatining motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim orttirishning ijtimoiy jihatdan muhim ekanini anglash, mustakil hayot va mehnatga tayyorlanish uchun o’qish zarurligi), aslida muvaffaqiyatga intilish, izzat nafs bilan bogliqbo’lgan bilish motivlari va shaxsiy motivlar (bolalar jamoasida obru qozonishga intilish va raxbarlik rolini o’ynash) birga qushilib ketgandir. Bunda ba’zan qarama-qarshilikkuzatiladi: bilim orttirishga bo’lgan intilish maktabdagi o’qishga befarq yoki hattosalbiy munosabatda bo’lish bilan, maktabdagi baholarga «xushchaqchaq-mensimaslik» (D.B.Elkonin) munosabati bilan aralashib qushilib ketishi mumkin. Bu o’qishdagi u yoki bu xildagi muvaffaqiyatsizlikka, o’qituvchi bilan bo’lgan nizoga nisbatan o’ziga xos reaksiya bo’lishi mumkin.
Talaba odatda o’zining o’qishdagi muvaffaqiyatsizliklarini qattiq ichdan kechiradi, lekin uning izzat nafsi ba’zan bu muvaffaqiyatsizlikka bo’lganhaqiqiy munosabatni niqoblash hohishini tugdiradi. Natijada o’quvchio’qishdagi muvaffaqiyatlarga o’zini mutlaqo befarqdek va beparvodek tutadi, hattosoxta mardlik kursatmoqchi bo’ladi. Talabaning o’qishlarining paydo bo’lishi (kitob o’qish, shaxmat o’ynash, filyatiliya, ya’ni marka tuplash va boshqalar) bilan tushuntirish mumkin. Diqqatning taraqqiy etishi ma’lum ziddiyatlari bilan: bir tomondan, talabalik yoshida barqaror, ixtiyoriy diqqatning tarkib topishi bilan, boshqa tomondan, talabadagi taassurotlar, kechinmalar, jo’shqin aktivlik va impulsivlik ko’pincha beqaror diqqatga olib borishi bilan, uning tez chalg’ishi bilan ajralib turadi.
Hamma narsa ish sharoitiga, materialning mazmuniga, o’quvchining kayfiyati va psixik holatiga, uning ishga bo’lgan munosabatiga bogliqdir. Diqqatning tanlovchilik qobiliyati, ya’ni uning turlicha xarakteristikasi usha narsaga bo’lgan qiziqish ko’lami va darajasiga bog’liqbo’lishi talabada juda yaqqol ifodalangan. Bu darsda (o’zi yoqtirmagan darsda) e’tiborsiz va parishonxotir bo’lib o’tirgan o’quvchi boshqa, o’zi yaxshi ko’rgan darsda nixoyatda, hushyor, fikrini bir yerga tuplab olib, hech narsaga mutlaqo chalg’imasdan bemalol ishlashi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, talabalik yoshida diqqatning ko’lami, shuningdek, diqqatni bir operasiyadan boshqa operasiyaga qaratish, faoliyatning bir turidan boshqa turiga jalb etish qobiliyati sezilarli darajada ortadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilardan farqli o’larok, talaba uchun odatda o’z faoliyatini o’zgartirishga qandaydir alohida psixologik tayyorgarlik ko’rish talab etilmaydi. Diqqatni tashkil etishning eng yaxshi usuli o’qituvchining qandaydir alohida usullarni qullanishga emas, balki o’qish faoliyatini talabada diqqatni uzoq vaqt mobaynida biror narsaga chalg’itish uchun na vaqt, na istak va na imkoniyat qolmaydigan qilib uyushtira olishiga bog’liqdir.
Qiziqarli ish, qiziqarli dars talabani shunchalik qamrab olishga qodirki, u juda o’zok vaqt davomida zur ishtiyoq bilan ishlaydi. Shunisi ham borki, talaba uchun qiziqarlibo’lgan narsa-hamisha ham shunchaki qiziqarli narsa emas. Ishning bir turidan boshqa turiga vaqti-vaqti bilan o’tib turiladigan mazmunli mashgulotlar, aktiv bilish faoliyati-ana shu narsa darsni talaba uchun qiziqarli darsga aylantiradi, ana shuning o’zi uning diqqatini uyushtirishga yordam beradi. N.F.Dobrinin va uning xodimlarining tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, talabalar irodaviy zo’r berish bilan ushlab turiladigan ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat deb ataladigan diqqatga tobora ko’proq o’tib bormoqdalar. Bu diqqat oldindan o’ylab ko’yilgan va muayyan maqsadga qaratilgan diqqatbo’lib, ishga «kashfiyotlar»ga bo’lganqiziqishning asta-sekin ortib boishi asosida yuzaga keladi, shunga ko’ra ham bu diqqatni tutib turish uchun irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi.
Talabalik yoshida fikrlash faoliyatida muhim siljishlar yuz beradi. Kichik maktab yoshida erishilgan tafakkur taraqqiyotining darajasi talabaga fan asoslarini muvaffaqiyatli va sistemali o’rganish imkonini beradi. O’rganiladigan fanlarning mazmuni va o’quv kurslari tuzilishining mantiki bilimlarni o’zlashtirishning yangi xarakterini, mustaqil tafakkurga tayanishni talab etadi, abstraksiyalash va umumlashtirish, taqqoslash, muloxaza yuritish, xulosalar chiqarish, isbotlash qobiliyati zarur bo’ladi. Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, hamma talabalar ham isbotlovchi tafakkurga osongina o’tavermaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |