1.3.So`zlarning ma`no tiplari orasidagi munosabati.
So`zlarni real borliqdagi biror hodisa, predmet, harakat, belgi va hokazolarni aks ettiirishiga ko`ra tematik gruppalarga birlashtiriladi. Biroq so`zlarni biror leksik-semantik gruppaga birlashtirishi kretiyalari har xil bo`lishi mumkin. So`zlar shakl ma`no va mazmuniga ko`ra omonimlar, antonimlar, sinonimlarga bo`linadi. Bular bir-biridan talaffuzi va yozilishi jihatdan farqlanadi. Bir xil aytilib yoki yozilib turli ma`nolarni ifodalovchi so`zlar omonimlar deyiladi. Grekcha homog - “bir xil”, “onyma” - ”nom” degan ma`noni anglatadi. Omonimlar quyidagi tiplarga bo`linadi:
a) Haqiqiy omonimlar: ot-hayvon, ot-nom, ot-biror narsani uloqtirmoq, ot-miltiq bilan otmoq.
b) Aytilishi bir xil, yozilishi va leksik ma`nolari har xil bo`lgan amofonlar: qurt-hashorat, qurut-sut qatiqdan qilingan ozuqa.
v) Omograflar ya`ni yozilishi bir xil lekin ma`nolari va talaffuzi har xil so`zlar: tear-ko`z eshi, tear-yirtilmoq.
g) Omoforma yoki leksik grammatik omonimlar, ya`ni grammatik formasi to`g`ri keluvchi biroq ma`nosi har xil so`zlar: light-erug`, light-yengil. Omonimlar tildagi tuvush o`zgarishlari natijasida ham sodir bo`ladi. Masalan: piece-bo`lak, piace-tinchlik, weak-kuchsiz, week-hafta va boshqalar.
Ba`zi omonimlar ona tilidagi so`zlarning yozilishi va aytilishiga boshqa tildan kirgan so`zning yozilishi va aytilishining mos kelishi natijasida xosil bo`ladi.
Ingliz tilida so`zlarning yozilishi va talaffuzi o`rtasida katta farq bor. Unda har xil ezuvchi so`zlar ham bir xil talaffuz qilinishi mumkin. Masalan: knight-ritsar, night-kechasi, die-o`lmoq, dye-bo`yamoq. Ma`no jihatdan farqlanib aytilishi va yozilishi bir xil bo`lgan so`zlar to`liq omonimlar13 deyiladi. Agar so`zlarning faqat yozilishi yoki talaffuzi bir xil bo`lsa, to`liq bo`lmagan omonimlar deyiladi. Omonimlarni farqlashda ularning tarixiy kelib chiqishini ham hisobga olish zarur. Masalan: tug`ilmoq (chaqaloqning tug`ilishi), tug`ilmoq (fikt tug`ilishi). Ikkalasi ham bir o`zakdan xosil bo`lgan. Omonimlarning kelib chiqishida tildagi tovush o`zgarishlari zarur qoidalari va semantik siljishlar muhim manba bo`ladi. Omonimlar konkret tillar sistemasiga hos.
So`zlarning turlari va ma`nolari ularini qislash orqali oydinlashadi. So`z ma`nolarining o`hshashligi sinonimlarni, qarama-qarshiligi esa antonimlarni tashkil etadi.
Qarama-qarshi ma`nolari bilan guruhlanuvchi so`zlar antonimlar deyiladi (grekcha anti-“zid” onyma-“nom”). Antonimlar leksika va grammatik to`plamlarga bo`linadi.
Leksik antonimlar: yahshi-yomon, uzun-kalta, oq-qora, cho`ziq-qisqa va boshqalar.
Grammatik antonimlar: tuzli-tuzsiz, shirin-bemaza, ishli-ishsiz. Antonimlar yana quyidagi uch tipga bo`linadi.
Gradual va koordinatsiya qilingan qarama-qarshiliklar antonimlari: boy-kambag`al, kun-tun.
Konversiya qarama-qarshiliklar antonimlari: urush-tinchlik, er-hotin.
Tushunchalarning dehotomik bo`linishlari: qonuniy-noqonuniy, ataka-kontrataka.
Antonimlar bir-birini inkor etuvchi ma`nodagi so`zlar o`rtasida vujudga keladi. Ular o`zining sinonimlariga ega bo`lishi mumkin. Masalan: kalta (pakana) - novcha (uzun).
Sinonimlar to`rt tipga bo`linadi: 14
Ma`no attenkasi putur yetkazmay bir-birining o`rnida bemalol ishlatila oluvchi so`zlar obsolyut sinonimlar deyiladi. Masalan: tilshunoslik-lingvistika.
Ma`no jihatidan farqlanuvchi so`zlar sinonimlarning semantik tipiga kiradi. Masalan: botir, jasur, qo`rqmas, dadil.
Nutq situatsiyasi yoki kontekstda ma`nolari jihatidan bir-birining o`rnida ishlatiluvchi sinonimlar kontekstual sinonimlar deyiladi. Masalan: shoir, yuzuvchi, adib.
Ma`no attenkalarida emotsional ekspressiv hissiyotni ifodalovchi sinonimlar stilistik sinonimlar deyiladi. Masalan: yuz, bet, bashara, aft, chehra, turq, nusha va boshqalar.
Ba`zan chet tilidan kirgan so`z ona tilidagi so`z bilan bir ma`noni ifodalash uchun qo`llanib, sinonim bo`lib qoladi. Masalan: prokuror-qoralovchi, advokat-oqlovchi. Tildagi sinonimlar yig`indisi sinonimika deyiladi.
Leksikologiya leksika-grafiya bilan birgalikdagi yana bir sohasi frazeologiyadir. Bu ikki yoki undan orliq “raining cats and dogs” (sharillab yomg`ir yog`moq) ga o`xshash qo`shma ma`nolarni o`rganadi. Chunki ushbu frazaning butun ma`nosi bir so`zni tashkil yotgan ma`nodan farq qiladi. Frazeologiya bugungi kunga kelib bunday so`zlarning qay yo`sinda va nima uchun ishlatilayotganini, ushbu so`z birikmalarini, boshqaruvchi qonunlarni tekshiradi. Frazeologizmlarning semantik hususiyatlarini o`rganish orqali ularda frazeologik polisemiya, frazeologik omonemiya, frazeologik antonimiya va frazeologik antonomiya hodisalari borligi aniqlangan. Frazeologizmlar ayniqsa leksik-semantik jihatdan sinonimlarga juda boy. Birgina “asabi buzilmoq”, “hafa bo`lmoq” ma`nosida ishlatuvchi “to be in a bad mood” iborasi ingliz tilida 9 ta sinonimga ega.
To be down in the month.
To be in a bad temper.
To be in a bad humaur.
To be in a low spirits.
To be in the dumps.
To be out of humaur.
To be out of sorts.
To be out of spirist.
Frazeologiya idomalarni tadqiq qiladi. Ingliz tilida shunday ideomalar ham borki, ular bir-biri bilan sinonim hisoblanadi. Masalan: Dead to the world - tarrakdek qotib qolish. Bunda
Out like a light - qotib uxlamoq.
Jonked out - xurrak otmoq, iboralari sinonim bo`ladi.
My brother didn`t get to bed until three in the morning and was still dead to the world.
Ushbu gapda dead to the world iborasi to be fe`lining o`tgan zamon formasi bilan birga kelib, predicative vazifasida kelgan. Har bir ideoma ham bir komponent hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |