Mundarija: kirish I. Bob. ‘’shaxs va jamiyat’’ hayotida ma’naviuyatning tutgan o’rni



Download 44,87 Kb.
bet1/4
Sana10.07.2022
Hajmi44,87 Kb.
#772964
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5282827349086178911 (2)



MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………
I.BOB. ‘’SHAXS VA JAMIYAT’’ HAYOTIDA MA’NAVIUYATNING TUTGAN O’RNI
1.1. SHAXS DUNYO QARASHI RIVOJLANINISHIDA MA’NAVIYATNING TUTGAN O’RNI………………………………………………………
1.2. MANAVIYAT JAMIYAT HAYOTINING MUHUM SOHASI SIFATIDA …………………………………………………………………………
II.BOB. MANAVIYATNING SHAXS VA JAMIYAT HAYOTIDA BAJARADIGAN VAZIFALARIVA FUNKSIYASI
2.1 MANAVIYATNING INSON HAYOTIDAGI BAJARADIGAN VAZIFALARTI………………………….
2.2. JAMIYATNING IJTIMOIY SOHASIDA MANAVIYATNING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI……………………………………………………….


XULOSA ………………………………………………………………………


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………...
KIRISH

Kurs ishining maqsadi: Kurs ishimning maqsadi shundan iboratki: Bugungi yetishib kelayotgan yosh avlodimizning va ularning jamiyat bilan munosabati, buning ma’naviyat bilan chambarchas bog’liqligini mazmunon yoritib berishdir.


Insonning ishlab chiqarish faoliyati nafaqat iqtisodiy, balki о‘zining ma’naviy jihatlariga ham ega. Iqtisodiyot bilan ma’naviyat rivojiga bir xil katta ahamiyat bergan jamiyat о‘zining yirik ijtimoiy ziddiyatlarisiz va qarama – qarshiliklarsiz barqaror taraqqiy etishi uchun zamin yaratadi.


Iqtisodiyot va ma’naviyat uyg‘unligi, hamoxangligi ta’minlangan mamlakatda rivojlanish, taraqqiyotda kо‘zlangan maqsadga erishish oson kechadi. Tarix saboqlaridan shu narsa aniq va ravshanki, qaysi bir davlat yoki jamiyat asosiy e’tiborni faqat moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va kо‘paytirishga qaratib, uni yaratuvchi insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishni о‘ylamasa, u albatta tanazzul va inqirozga yuz tutadi. Ma’naviyatsiz iqtisod va iqtisodiyotsiz ma’naviyat yuksak bosqichga kо‘tarila olmaydi.
Oldin iqtisodiy masalalarni, vazifalarni hal qilib, sо‘ng ma’naviyat bilan shug‘ullanish lozim deguvchi ba’zi bir siyosatchi va nazariyotchilarning fikrlari mutlaqo xato bо‘lib, yangi jamiyat, yangi hayot qurish jarayonida faqat zarar yetkazishi mumkinligini bugun hayotning о‘zi har qadamda tasdiqlab bermoqda.
Yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida iqtisod va ma’naviyatning о‘zaro uyg‘unligi jamiyat taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillaridan biri ekanligini kо‘rsatib shunday degan edi:
“...insonga xos orzu- intilishlarni rо‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bо‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak... о‘rinli bо‘ladi.
Qachonki ana shu ikki muhim omil о‘zaro uyg‘unlashsa, tom ma’nodagi qо‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida о‘sish- о‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bо‘ladi.”
Mamlakatimizda islohotlarni amalga oshirish jarayonida iqtisodiy va ma’naviyatning о‘zaro uyg‘unligi asos qilib olinganligi hamda ahamiyati haqida birinchi Prezidentimiz: “Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni о‘zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og‘ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bо‘lgan muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda... faqat moddiy boylik ortida quvish – xalqimizning azaliy orzu intilishlariga ham, insoniylik bilan yо‘g‘rilgan milliy qadriyatlarimiz mohiyatlariga ham tо‘g‘ri kelmas edi. Shu bois islohotlarni amalga oshirishda ma’naviyat va iqtisodiyot bir-birini inkor etmaydi, aksincha, bir birini quvvatlab, о‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi, degan qoidani о‘zimiz uchun dasturi amal sifatida belgilab oldik”, - degan edi. Chunki har qanday iqtisodiy masalalarni ma’lum ma’naviyat va ma’rifat sohiblari hal etadilar. Mamlakat qanchalik iqtisodiy rivojlangan bо‘lsa, bu mamlakatda ma’naviyat va ma’rifat shuncha yuksak bо‘ladi. Yuksak ma’naviyat va ma’rifatga ega bо‘lgan mamlakatning iqtisodiy kuch-qudrati ham yuqori bо‘ladi. Demakki, ma’naviyati va ma’rifati yuksak inson yurt, mamlakat, xalq oldida о‘ziga yuklatilgan ma’suliyatni chuqur his etadi. Shu yurt, mamlakat, xalq uchun halol, fidokorona yaratuvchilik, bunyodkorlik mehnati bilan uning yuksaklikka parvozi uchun о‘z hissasini qо‘shishi kerakligini teran his etadi. Shunday qilib, yuksak ma’naviyat va ma’rifat yuksak iqtisod bilan, yuksak iqtisod esa yuksak ma’naviyat va ma’rifat bilan bog‘lanib ketgan jamiyatda taraqqiyot oson kechadi..
Ayrim kishilar erkin bozor iqtisodi sharoitida ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy qadriyatlarning qiymati tushib ketadi, madaniyat va ma’naviyat ikkinchi darajali narsaga aylanadi, ma’naviy qashshoqlik avj oladi, deb da’vo qiladilar. Erkin bozor iqtisodiyoti bilan ma’naviyatni bunday qarama – qarshi qо‘yish mutlaqo о‘rinsiz, aksincha yuqorida aytganimizdek ular bir-birlarini tо‘ldiradi, chunki faqat ma’naviy sog‘lom, kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bо‘lishi mumkin.
Mustaqillik yillari iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarning о‘zaro mutanosib uyg‘un tarzda rivojlanib kelayotganligi mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bо‘lib xizmat qilmoqda.
Mana shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish XXI asr arafasi va uning dastlabki yillaridagi ustivor yо‘nalishlardan biri ekanligi ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisning birinchi sessiyasida belgilab qо‘yildi. Yurtboshimiz I.A.Karimov «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz» kitobida ta’kidlaganidek, har qaysi ijtimoiy toifa va qatlamning о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, umumiy gaplar bilan emas, amaliy ishlar bilan ma’naviyatni yuksaltirish diqqatimiz markazida bо‘lishi shart. Demak, ma’naviyat va iqtisod bir birini inkor etmaydi, balki bir- birini quvvatlab,о‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi. Hozirda iqtisodiy islohotlarning yangi, yuqori bosqichiga о‘tayotgan ekanmiz, demak ishlab chiqarish tarmoqlari ishga tushib, iqtisodiy yuksalish yuz beradi. Bu esa fan, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. Xususan, bunga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uni amalga oshirish borasidagi ishlar yaqqol misol bо‘la oladi.
Chunonchi, mamlakatimizda о‘tgan davr mobaynida 1200 dan ziyod akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4600 dan ortiq umumta’liim maktabi yangidan bunyod etildi, rekonstruksiya qilindi va zamonaviy о‘quv-labaratoriya jihozlari bilan ta’minlandi.
Kadrlar tayyorlash va maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturining ijrosi 2009 yilda tо‘liq yakunga yetgach, zamon talablariga javob beradigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 1.1million о‘quvchi, umumiy ta’lim maktablarida esa 3 million о‘quvchi ta’lim olish imkoniga ega bо‘ladi.
Ma’naviyatning birinchi о‘ringa qо‘yilishiga ikkita sabab bor:
Birinchidan, rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot tajribalari qо‘rsatdiki, faqat yuksak ma’naviyatgina yuksak iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashi mumkin. Ma’naviyat, yaratuvchanlik va faollikning asosiy manba’i hisoblanadi.
Ikkinchidan, respublikamiz iqtisodiy rivojlanishini orqaga surayotgan, unga tо‘siq bо‘layotgan sabablardan eng muhimi-ma’naviyatsizlik ekanini anglab yetdik. Bu haqiqat achchiq bо‘lsa ham, ammo uni tan olmasdan ilojimiz yо‘q.
Iqtisod, ma’naviyat va ma’rifatning о‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligini bizning ota-bobolarimiz tо‘g‘ri tushunib yetganlar. Shunga tayangan holda ular komil, ma’naviyati yuksak inson haqida butun bir axloqiy talabalar majmuasini, boshqacha aytganda axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Undagi asosiy о‘zak, jihat kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasaiz isyon bо‘lishi, bozor munosabatlarida insof va diyonat, xaridorga munosabatda samimiylik, yumshoq muomala, xaridor kо‘nglini topishga intilish asos qilib olingan.
Ma’naviyati yuksak kishi birovning haqiga, davlat, jamoa mulkiga hiyonat qilmaydi, sadoqatli bо‘ladi, Vatani, eli, yurti, xalqi uchun jonini fido etishga о‘zini ayamaydi. Buning aksi о‘laroq, ma’naviyati qashshoq kishilar nopok, firibgar, poraxо‘r, о‘g‘ri, qallob, Vatan va millat manfaatlariga befarq qaraydi.
Kelajakda О‘zbekiston yuksak darajada rivojlangan iqtisodiyoti bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviyati yetuk farzandlari bilan ham jahonni hayratga solishi va unga yuz tutishi lozim. Bunga esa iqtisod va ma’naviyat, ma’rifatni birga, о‘zaro mutanosib, mushtarak rivojlanishiga ahamiyat berganimizdagina erishishimiz mumkin.

Download 44,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish