3.2. Resurslar narxidagi tafovudlarni taqqoslash vedomosti asosida hisoblash Respublikamizda qurilish amaliyotida qurilishi uzoq davom etuvchi obyektlarda qurilish ishlarining keyingi yilga o‘tishi hajmini aniqlashda taqqoslash vedomostlaridan foydalaniladi. Taqqoslash vedomosti obyektning smetasi asosida shakllantiriladi va unda obyektning lokal smetasida keltirilgan ishlar hajmi har bir ish turi bo‘yicha taqqoslab chiqiladi.
Taqqoslash vedomosti tuzishdan maqsad amalda bajarilgan ishlar hajmini aniqlash va uni smeta ko‘rsatkichlari bilan solishtirgan holda navbatdagi yilga o‘tkazilayotgan ish hajmini aniqlashtirishdan iborat. Taqqoslash vedomosti amalda bajarilgan ishlar va qolgan ish hajmini ajratishning eng mukammal shakli hisoblanadi. Unda har bir resursning tarkibiga kiruvchi komponentlar alohida-alohida solishtiriladi. U ishlarni farqlarni aniq shakli bo‘lishi bilan birga o‘ziga xos kamchiliklardan ham xoli emas.
3.5-jadval. Qurilish obyektida bajarilgan ishlarni lokal resurslar vedomosti asosida taqqoslash vedomosti