MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………..….5 I-BOB. QURILISH ISHLARINI IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI YILLARIGA SMETA QIYMATINI ANIQLASHNING NAZARIY ASOSLARI……………………………………………………………………….8 1.1. O‘zbekiston Respublikasida qurilish sohasini rivojlantirishning 2021 - 2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi…………………………………………..……8
1.2. Kapital qurilishda obyektlar qurilishi qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi…………………………………………………………………..16
1.3. Qurilish ishlarini ikkinchi va undan keyingi yillariga smeta qiymatini aniqlash usullari………………………………………………………………….26
II-BOB. INVESTITSIYA DASTURI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN QURILISH OBYEKTI TEXNIK IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI…….……………………………………….32 2.1. Investitsion loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar………………………………………………………………….…32
2.2. Investitsiya dasturida bunyod etilayotgan qurilish obyekti texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari va smetasi xarajatlari tahlili….………………………………….43
2.3. Qurilish obyektning ikkinchi va undan keyingi yillardagi qurilish ishlari smetasi qiymatini shakllantirish ko‘rsatkichlari tahlili………..…………………53
III-BOB. QURILISHNING IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI YILLARIGA SMETA QIYMATINI ANIQLASHDA NARXLARNI OPTIMAL SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI……………………..…………68 3.1. Qurilish obyektining ikkinchi va undan keyingi yillari uchun smeta qiymatini shakllantirishni takomillashtirish yo‘llari………………………………………..68
3.2. Resurslar narxidagi tafovudlarni taqqoslash vedomosti asosida hisoblash…78
Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muxofazasi……………………………81 XULOSA………………………………………………………………………..85 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………...87
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozir kunda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish davrida mukammal va ruxta o’ylangan investitsiya dasturlarni tayyorlash, sifatli va raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarni tashkil etish bugungi kunning asosiy maqsad va vazifasi hisoblanadi.
Qurilish tarmog‘ida ham iqtisodiy islohatlarni jadal rivojlantirish maqsadida 2020 yil 13 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5963-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni qabul qilinib unda qurilish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdek qurilish jarayonlarining barcha bosqichlarida shaffoflikni ta’minlash qaratilgan demokratik islohatlarni amalga oshirish belgilab olindi. Jumladan mazkur, Farmonda 2028 yil 31 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda, xorijiy normativ hujjatlar qo‘llanishiga imkon yaratib beruvchi muxitni shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Ayniqsa bugungi kunda Prezidentimizning 2020 yil 27 noyabr, PF-6119-sonli “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 - 2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmonlari bilan belgilab berilgan vazifalar qurilish sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarga dastur amali bo‘lib xizmat qilmoqda.1 Maskur hujjatning asosiy strategiyasi “Qurilish tarmog‘ini yanada takomillashtirish, arxitektura hamda qurilish organlari va muassasalarini izchil rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ta’minlash, sohaga raqamli texnologiyalarni ilg‘or joriy etish”ga qaratildi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlarining samaradorligini oshirish va ajratilgan mablag‘larni maqsadli va to‘g‘ri yo‘naltirish albatta qurilish sohasida bahoni shakllantirish tizimining mukammal ishlab chiqish va bahoni shakllantirishning uslubiy asoslarini doimiy rivojlantirib borish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi kunda, hisobot yili tugagandang so‘ng buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot bilan birgalikda prognoz qilinayotgan yil va keyingi yillar uchun bajarilayotgan ishlarning (xizmatlarning) kontrakt bo‘yicha qoldiq qiymati aniqlanadi. Qurilishning titul ro‘yxatini shakllantirish va kapital qo‘yilmalarning obyektlar bo‘yicha limitlarini aniqlash Nizomga muvofiq shartnomalarda belgilangan obyekt qurilishining davom etish muddatlari va qiymatiga qat’iy muvofiq bo‘lishi zarur. Ikkinchi va keyingi yillar uchun qurilishning titul ro‘yxatlariga o‘zgartirishlar pudrat shartnomasi (kontrakt) asosida kiritiladi. Bu ayrim holatlarda buyurtmachiga zarar bo‘lsa, ayrim holatlarda pudratchi tashkilot iqtisodiy salohiyatiga jiddiy zarar yetkazmoqda.
Demak, qurilishning ikkinchi yili (va keyingi yillari) uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini aniqlash buyurtmachi va pudratchi bilan birgalikda asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, hamda narx omillari bo‘yicha aniq va real indeksatsiya qilinish mexanizmini yaratish hozirgi kunning o‘ta dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.