Mundarija kirish i-bob. Qurilish ishlarini ikkinchi va undan keyingi yillariga smeta qiymatini aniqlashning nazariy asoslari



Download 301,7 Kb.
bet8/30
Sana22.07.2022
Hajmi301,7 Kb.
#838163
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
2 5303492253518404885

O2 = (C - O1 - Pp - H1) x K1
bunda:
O2 - ikkinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
C - tanlov savdolari (tender) natijasida aniqlangan obyektning joriy narxlardagi qiymati;
O1 - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi yilidagi pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Pp - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;
N1 - buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
K1 - pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyekt qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining ikkinchi yili uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient.
Narx omillari bo‘yicha indeksatsiya qilinishi lozim bo‘lgan uchinchi yil uchun pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati buyurtmachilar va pudratchi tashkilotlar tomonidan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:14
O3 = (S - O1 - O2 - Pp - N2) x K2
bunda:
O3 - uchinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
C - obyektning tanlov savdolari (tender) natijalari bo‘yicha aniqlangan joriy narxlardagi qiymati;
O1 va O2 - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi va ikkinchi yillari uchun pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Pp - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;
N2 - qurilishning ikkinchi yilida buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
K2 - pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyektning qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining uchinchi yili uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient.
Qurilishning keyingi yillari uchun obyekt qurilish qiymati ham shu tartibda aniqlanadi.
K koeffitsientni - qurilishning ikkinchi yili (va keyingi yillari) uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini aniqlash buyurtmachi va pudratchi bilan birgalikda quyidagi asosiy narx shakllantiruvchi komponentlar asosida aniqlanadi:
a) mehnat xarajatlari (eng kam oylik ish haqining o‘zgarishi);
b) elektr energiyasi ("O‘zbekenergo" kompaniyasi);
v) yonilg‘i-moylash materiallari ("O‘zbekneftgaz" kompaniyasi);
g) metall ("O‘zmetkombinat" birlashmasi);
d) sement (sement zavodlari);
ye) qum (zavod-karerlar);
j) yig‘ma temir-beton buyumlari (tayyorlovchi zavodlar);
z) yog‘och-taxta materiallar (birja narxlari);
i) g‘isht (tayyorlovchi zavodlar) va boshqa komponentlar.
Bunda komponentlar va asosiy qurilish materiallarining turlari har bir muayyan obyekt bo‘yicha, pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan raytdagi obyektni qurish qiymatining kamida 70 foizini tashkil etadigan asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanadi.
Har bir keyingi kalendar yiliga qoluvchi obyektning pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati mazkur “Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom”ga muvofiq aniqlangan ishlar hajmi va qiymati ushbu obyektga tanlov savdolari (tender) o‘tkazgan tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi obyektlar markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga qurilganda ikkinchi yilga (va keyingi yillarga) qurilishning shartnomaviy joriy narxi aniqlashtirilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar. Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 avgustdagi 196-sonli Qarori bilan yaengi tahrirda qayta tasdiqlangan.
Mazkur Nizomga rioya etilishi va obyekt qurilishining keyingi yillari uchun shartnomaviy narxlar to‘g‘ri aniqlanishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzgan buyurtmachi bilan quruvchi pudratchi tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
O‘zaro hisob-kitob qilishda narxni shakllantiruvchi asosiy omillar va boshqa hisoblab chiqiladigan ko‘rsatkichlar asossiz qo‘llanilishi natijasida ikkinchi yilga va keyingi yillarga obyektlar qurilishi qiymati oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda oshirib yuborilgan summa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Respublika byudjetiga (investor hisob raqamiga) qaytarilib berilishi ko‘zda tutiladi.
Mazkur nizomlarda keltirilgan tartib qoidalar nazariy jihatdan mukammal shakllangan va amaliy jihatdan tajriba-sinovlaridan o‘tkazilgan bo‘lib, uning asosida obyekt qurilishiga keyingi kalendar yili uchun narxlarni belgilash aniqligi obyektning qurilishda sarflanadigan asosiy (kamida 70% qurilish materiallari) narxlarining keyingi yil narxlarida aniq olinishiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo Respublikamiz amaliyotida qo‘llanilayotgan kvartallik kataloglardan foydalanish orqali baho shakllantirilganida bu qiymat o‘z aniqligini yo‘qotadi. Bunga sabab kataloglarni hisobot kvartali tugaganidan keyin ma’lum vaqt o‘tganidkn so‘ng chiqarilishi hisoblanadi. Shu sababli ikkinchi va undan keying yilga qurilish ishlari smetasi qiymatini aniqlash jarayonida ishlab chiqaruvchi korxonalarning narxlar to‘g‘risidagi ma’lumoti (Prays-listlari) asosida shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Download 301,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish