Kurs ishining maqsadi. Valyuta siyosatini, mazmun mohiyatini yoritish.
Kurs ishining vazifasi. Valyuta siyosatiga oid malumotlarni o’rganish, ko’rib chiqish, tahlil qilish va unga qo’shimcha ma’lumotlar kiritish.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Valyuta siyosatini bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat. Kirish qismida kurs ishi maqsadi vazifasi, kurs ishi obyekti va predmeti,shuningdek bir qator ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Asosiy qism 2ta bob, 4 ta rejadan iborat.
BOB.O'ZBEKISTONDA VALYUTA SIYOSATINING KENG MIQYOSDA ERKINLASHTIRISH
1.1. Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
Valyuta siyosati valyuta kurslari tizimini tanlash va valyuta operatsiyalari amalga oshiriladigan kursni belgilashdan iboratdir. Mamlakatda amalga oshiriladigan valyuta siyosati, unda mavjud bo’lgan mahalliy valyutada ifodalangan narxlar tashqi bozorlarda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar (eksport mahsulotlari) va ichki bozor ehtiyojlariga (eksportga mo’ljallanmagan tovarlar)ni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar o’rtasidagi narxlar nisbatiga ta'sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, ushbu siyosat ichki bozordagi narxlarning umumiy darajasiga ta'sir ko’rsatadi. Shu tufayli, tanlangan valyuta kurslari tizimi va belgilangan valyuta kursi narxlarni rag’batlantiruvchi omil sifatida mamlakat iqtisodiyotiga keng darajada ta'sir ko’rsatadi.
Valyuta siyosatini belgilashda mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasi va unda mavjud tizimlarning o’ziga xos xususiyatiga katta e'tibor qaratilishi lozim. Shu tufayli, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda Markaziy banklar valyuta kurslari tartibining quyidagi turlaridan foydalanishadi:
qat’iy belgilab qo’yilgan valyuta kursi (yagona valyuta yoki valyuta savatchasi asosida aniqlanadi);
talab va taklif ta'siri ostida sun'iy (stixiyali) ravishda vujudga keladigan erkin suzub yuruvchi valyuta kursi;
«pogonali» valyuta kursi;
ko’p xilli valyuta kurslari tizimi;
ikkiyoqlama valyuta kursi.
1993 yilning noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi muomalaga sum-kupon - o’z milliy valyutasiga o’tilish davrida foydalanishga mo’ljallangan oraliq pul birligini kiritdi. Muomalaga sum-kupon kiritilishi bilan valyuta kursi siyosatini amalga oshirish zaruriyati tugildi. Iqtisodiy islohotlaming boshlangich davrida va usha vaqtda mavjud bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boshqariladigan suzib yuruvchi tartibotda bosqichma-bosqich devalvatsiya qilish varianti O’zbekiston uchun eng optimal usul deb topilgan edi. Ayirboshlash kursini belgilashda muomaladagi pul massasi hajmi va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobga olingan edi.
Hozirgi kunda, valyuta kurslarini tartibga solishda bir qancha muammolar mavjud bo’lib, ular yagona valyuta kursining mavjud emasligi bilan bog’liqdir. Jumladan, chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishda quyidagi kurslar yuzaga kelganligini ko’rish mumkin:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi. Buxgalteriya hisobi, bojxona va va boshqa to’lovlar maqsadida, shu jumladan, mahsulot eksport qiluvchi korxonalar tomonidan Markaziy bankka va vakolatli banklarga chet el valyutasidagi tushumdan majburiy tarzda sotuvni amaga oshirishga doir operatsiyalarda qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi savdolarida belgilanadigan birja kursi. Ushbu kurs bo’yicha markazlashgan valyuta manbalari hisobidan hukumatning valyuta kreditlari va hukumat kafolati ostida olingan chet el valyutasidagi kreditlarni to’lash, elchixonalarga sarflanadigan xarajatlar, xalqaro tashkilotlarga a'zolik badallarini to’lash, hukumat topshiriqlari bilan chet elga xizmat safari xarajatlari uchun so’m mablag’larini erkin ayirboshlanadigan valyutaga konvertirlashishi ta'minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |