Mundarija: Kirish I. Bob. O'Zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirish


Valyuta kursining nazariy asoslari



Download 105,04 Kb.
bet10/10
Sana14.06.2023
Hajmi105,04 Kb.
#951273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirov S

2.2. Valyuta kursining nazariy asoslari
Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan bog’lovchi asosiy omillardan biridir. Nominal va real ayirboshlash kursi kabi ikkita ayirboshlash kursi mavjud. Nominal ayirboshlash kursi - bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy narxidir. Real ayirboshlash kursi - bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy narxi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga bog’liq bo’lib quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
R = e • P / P*
Bunda,
e - nominal ayirboshlash kursi,
P - bitta mamlakatdagi narxlar darajasi,
P* - esa boshqa mamlakatdagi narxlar darajasini ifodalaydi.
Bunda :
e = R • P* / P
Erkin suzib yuruvchi ayirboshlash kursi shart-sharoitidagi valyuta bozorini ko’rib chikamiz. Bunda masalan, real ayirboshlash kursi 1 ga teng bo’ladi, chunki valyutaga bo’lgan talab va taklif erkin raqobat qonunlari hisobiga tartibga solinadi. Ushbu modelning sofligi uchun xalqaro kreditlash, xorijdan mablag’ jalb qilish va shuningdek, valyuta chayqovchiligi mavjud emas, deb tasavvur kilaylik.
Ushbu talab, xorijiy valyutadan faqat tovar va xizmatlarni eksport va import qilishga oid savdo bitimlarida foydalanilishini nazarda tutadi. Maxsulot import qiluvchilar o’zlarining xorijdagi to’lovnomalari bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun chet el valyutasini olishlari lozim. Xususan, import, xorijiy valyutaga bo’lgan talab manbai bo’ladi. Eksport esa, bundan farqli ravishda uni taklif etish manbaidir. Bozorda eksport tomonidan bo’lgan taklif, importga bo’lgan talab bilan tuknashadi. Bunga asosan, ayirboshlash kurslari o’rnatiladi. 3-chizmada chet el valyutasi bozorining muvozanat holati ko’rsatilgan.


Y o`qi bo’yicha biz ayirboshlash kursini ko’rsatamiz. Yoki, xorijiy valyutaning, ushbu holatda AQSH dollarining sumdagi narxini ko’rsatamiz. Tegishli tarzda, ushbu chizmadagi ayirboshlash kursining o’sishi milliy valyutaning arzonlashuvi, kursning pasayishi esa, milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi.
X - o`qi chet el valyutasi miqdorini aks ettiradi.
S - uning taklifi esa, eksportdan tushgan milliy valyutadagi daromadlarning umumiy qiymatini aks ettiradi.
M - talab esa, importning milliy valyutadagi umumiy qiymatini aks ettiradi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi - valyuta bozorini muvozanat holatiga keltiruvchi narx bo’ladi (3-chizmadagi E nuqta).
Ichki va tashqi narxlar darajasi doimiy bo’lsa, mamlakat valyutasi arzonlashgan holda xorijda mamlakatning mahsulotlariga bo’lgan narxlar tushib ketadi va ularga bo’lgan talab oshadi. Tegishli ravishda eksport xarajatlari ham oshib ketadi. Import xarajatlari esa, kamayadi. Xususan, milliy valyuta kursining boshqa mamlakatlar valyutalariga nisbatan kursining pasayishi mahsulot eksport qiluvchilar uchun foydalidir, kursning oshishi esa, import qiluvchilarga foydali bo’ladi.
Mamlakatning YAIM hajmi o’sib borayapti, deb tasavvur kilaylik. Bu esa, aholi daromadlari miqdori va shu bilan birga importga bo’lgan talabning ham oshishiga olib keladi. Bunda M egri chizigi Ml holatiga o’zgaradi (4-chizma). Ushbu holatda boshlangich ayirboshlash kursida importga bo’lgan talab EI nuqtasiga o’tadi.



Ammo, eksportdan kelayotgan daromadlar xali ham E nuqtasiga muvofiq keladi. Import xarajatlari va eksportdan olingan daromadlar E2 o’rtasidagi farqlar chet el valyutasiga bo’lgan talabning ortiqchasini aks ettiradi. Agarda, Markaziy bank ushbu jarayonga aralashmasa, bu holda valyuta kursi mustaqil ravishda tartibga solinadi. U o’sib borgan holda E2 nuqtasida yangi muvozanatga keladi.

Xulosa
Turli mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan TMKlar o’z mahsulotlarini turli xil tillarda «jarangdor» nomlanishiga erishishga harakat qiladilar, Masalan, «Djeneral Motors» kompaniyasi modellarni «Nova» deb nomlanishi Lotin Amerikasi bozorlarida oson qabul qilinadi, deb uylangan edi. Chunki, ushbu so’z ispan tilida «yulduz» degan ma'noni anglatar edi. Ammo, aholi ushbu modellarni «no va» deb kullay boshladi va bu u ispan tilida «ishlamaydi» degan tushunchani keltirib chiqardi. «Koka-kola» kompaniyasi o’z firma tovarlarini global kenglikda qo’llashga harakat qilardi. Ammo, tez orada «Dayet-Kouk» termini nemis va italyan tillarida kasallar uchun ishlatiladigan dieta, ya'ni u «dieta uchun Koka-kola ichimligi» degan ma'noni bildirishi ma'lum bo’ldi. Shu sababli, ushbu marka AQSH tashqarisida «Koka-kola Layt» (Yengil Koka-kola) nomini oldi.
Bir necha yillar davomida Buyuk Britaniyada «Maraton» va «Snikers» plitkali shokolad ishlab chiqaruvchi «Mars» kompaniyasi, ushbu mahsulotlar nomlanishini birlashtirib, yagona xalqaro markani yaratish ustida boshkotirdi. Shuningdek, bu choraga «Snikers» nomlanishini ko’pchilik hollarda, Angliyada ayollarning ichki kiyimini bildiruvchi «nikers» so’zi kabi talaffuz qilinishi ham turtki berdi.
Talaffuz bilan bog’liq yana bir qancha muammolar yuzaga chiqishi mumkin: savdo markasini nomlanishidagi tovush boshqa mamlakat tilida umuman yuk bo’lishi, yoki u ba'zan muomalada qo’llanilmaydigan axloksiz suzni bildirishi mumkin.
«Ronald Mak-Donald» Yaponiyada o’zini «Donald Mak-Donald» deb ataydi. Chunki, Yaponlar R xarfini talaffuz etishda kiynalishadi. Marsel Bich (Macel Bich) o’zining firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtoruchkalarda o’z familiyasidagi oxirgi h xarfini yozishdan voz kechdi.
Aks holda, ushbu so’z ingliz tilida noxush ma'no beruvchi suzga aylanib kolardi.
Frantsiyaning alkogolsiz roxatbaxsh ichimliklar ishlab chiqaruvchi mashhur «Perve» (Perrier) firmasining ingliz tilida «Pshit»(Pschitt) deb talaffuz qilinadigan mahsulotlari, xaridorlar ishtaxasini ancha tushirib yubordi.
«Yunilever» firmasiga koyil kolsa bo’ladi. U muammoning echimini topganga uxshaydi. «Yunilever» o’z trikotaj mahsulotlarini yumshatishda qo’llaniladigan maxsus tovarni kadoklayotganda hech qanaqa nom emas, balki o’zining firma belgisi - o’yinchok ayikcha suratini tushirdi. AQSHda «Snaggl» (Snuggle) deb nomlana boshlagan ushbu mahsulot, Germaniyada Kyushelvaysh (Kuschelvviech) Frantsiyada «Kajolin» (Cajoline), Italiyada «Kokkalino» (Coccolino), Ispaniyada «Mimozin» (Mimosin) degan nom oldi. Xattoki, ingliz tilida so’zlashuvchi Avstraliyada «Snaggl» boshqacharok ma'noni berardi va shuning uchun firma uni «Xaggi» (Huggy) degan nom bilan almashtirdi.
Qiziq... agar O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlar chet ellarda ham ishlab chiqarila boshlansa, yoki sotilsa, xorijiy tillarda ular qanday ma'nolarni berarkin?

ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni. 1993 yil 7 may.
2. O’zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo’yicha qonunchilik hujjatlari to’plami. T.: O’zbekiston. 2000.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263-sonli qarori.
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli qarori.

  1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O`zbekiston. 2017y

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

  3. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. T.: Moliya, 2002.

  4. Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2010.

  5. Rashidov O.Yu. va boshqalar Pul, kredit va banklar, Toshkent 2008 y.

  6. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar. T.: “IQTISOD-MOLIYA” 2012 y

  7. Toymuxamedov I.R. «Bank ishi» ma`ruza matni, TDIU. 2010 y

  8. Tojiev R.R., Yakubova Sh. «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari» ma`ruza matni. TDIU.2010 y

  9. X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet.

  10. G.X. Nazarova. “Makroiqtisodiyot” fanidan ma’ruzalar matni. T.: Toshkent Moliya instituti, 2017-yil, 243 bet.

  11. Internet saytlari.


Download 105,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish