MUNDARIJA:
KIRISH…………………………….……………………………………….
I Bob. O’ZBEKISTONDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI
O’zbekistonda turizmni rivojlanish bosqichlari…………………………….
Turizm industriyasi va infratuzilmasining mohiyati…………………
Turizm industriyasining tarkibiy tuzilmasi…………………………..
II BOB. O’ZBEKISTONDA TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI
2.1. Turizm industriyasida davlat tashkilotlari va transportning ahamiyat……..
2.2. Turizmda axborot texnologiyalarining o’rni……………………………….
2.3. Turizm industriyasini rivojlantirishda jahon tajribasi………………………
XULOSA ………………………………………………………………….... ….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI …………………..........
ILOVA ………………………………………………………………………
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Turizm industriyasi sub‘ektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish , pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish.Yurtboshimiz tomonidan 2019-yil 5-yanvar sanasida “O’zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi PF-5611 sonli farmon qabul qilindi. Bu farmonga asosan quyidagi yo’nalishlar: Turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish; Turizm bozorining turli sigmentlariga yo’naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarning diversifikatsiya qilish; Turizm tarmog’i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor berilgan bo’lib, amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalarni belgilab berildi. 2016 yilda O’zbekiston turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. Turizm sohasidagi o’zgarishlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo’nalishlaridan biri bo’lib, u hududlarning jadal rivojlanishini ta’minlay oladi. Tahlillar sohaga tegishli asosiy ko’rsatkichlarning ijobiy dinamikasini ko’rsatdi. Xususan, 2016-2019 yillar oralig’ida O’zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro sayyohlarning sonida sezilarli o’sish kuzatildi. Solishtirish uchun, 2016 yilda mamlakatga 2 million chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan bo’lsa, 2019 yilda ularning soni 3,3 barobarga ko’payib, 6,7 millionga yetdi. 2018 yilda chet ellik sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan 98%ga, sayyohlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona va tashkilotlar soni esa 131%ga ko’paydi. E’tiborli jihati shundaki, sayyohlar sonining oshishi turli hududlarda turlicha ro’y bermoqda. Misol uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurganlar soni yillik o’rtacha 22-25 foiz atrofida ko’paygan bo’lsa, uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari orasida yillik o’sish 50 foizni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda ichki turizm ko’rsatkichlarida ham ijobiy natijalar qayd etildi. 2016 yil bilan solishtirganda 2019 yilda mahalliy sayyohlarning soni deyarli 2 barobarga ko’payib, 14,7 millionga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |