2.2. Suvni ifloslanishi va ifloslantiruvchi manbalar.
Inson, suv, havo va tuproq. Tabiatdagi barcha mavjudotlar bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Birining ishtirokisiz ikkinchisini tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugun eng katta global muammo sanalgan ekologiya muammosi haqida juda ko‘p gapirayapmiz. Uni bartaraf etish uchun dunyoda millionlab olimlar bosh qotirishmoqda.
Darvoqe, yer shari bepoyon havo qobig‘i bilan o‘ralgan. Biz mana shu ulkan havo qobig‘ining tubida yashaymiz. Inson ovqatsiz, suvsiz bir necha kun, havosiz esa atigi bir necha daqiqagina yashay olishi barchaga ma’lum. Gaz - bug‘, qattiq muz, suyuq ko‘rinishlarda uchraydigan murakkab mineral - Suv mo’jiza, desak yanglishmaymiz. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, chuchuk suv yetishmasligi hamda ifloslanishidan yiliga 500 milliondan ortiq kishi kasallanmoqda. Yer sharida chuchuk suvga muhtoj hududlar soni esa kun sayin oshib borayotir. Biz ham bundan mustasno emasmiz. Ayni paytda jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo‘qolib borishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bir avlodning ko‘z o‘ngida halok bo‘lib ulgurayotgan Orol dengizi fojiasi bugun barchamizni o‘ylantirmoqda. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojialardan biriga aylandi.
Mutaxassislar 2030-2040-yillarda iqlim 3-4 daraja ko‘tariladi, aholi soni 2020 yilda 8 milliardga yetadi, tuproq eroziyasi tufayli uning holati yomonlashadi, dunyo bo‘yicha kuniga 1 tadan o‘simlik va hayvon turi yo‘qoladi, deya bashorat qilishayotgan bir paytda oramizdagi ba’zi kimsalarning nobop xatti-harakatini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.
Suvni ifloslanishi va ifloslantiruvchi manbalar.
Suv resurslarining ifloslanib borishiga asosan sanoat korxonalarning chiqindi suvlari: ularning tarkibidagi yangidan-yangi kimyoviy komponentlarning qo’llanilishi oqibatida tabiat zarar ko’rmoqda.
Suvning ifloslanishi quyidagi sabablar bilan amalga oshadi:
- Tabiiy mahsulotlar bilan (chiqindilar, O2 yutilishi bilan boradigan jarayonlar);
- Suspenziyalarning tushishi;
- Turli xil zaharli moddalarni tushishi (pestitsidlar, gerbitsidlar);
- Suv havzalarini tabiiy eskirishiga olib keladigan moddalarni tushishi;
- Xo’jalik chiqindi suvlarni tushishi;
- Suv havzalarini qaynoq oqova suvlar bilan ifloslanishi;
- Tarkibida turli xil tuzlar bo‘lgan, neft qoldiqlari bo’lgan, tarkibida organik sintetik moddalar bo’lgan va h.k);
- Tarkibida noma‘lum bo’lgan turli xil radioaktiv chiqindilarni tushirish va h.k.
Suv havzalariga tushgan hamma materiallar ham uni iflos qilavermaydi. Bizga ma‘lumki, suv universal erituvchi va uning o’zi tarkibida erigan va suspenziya holidagi ko’plab moddalardan iborat sistemadir. Ba‘zi moddalar esa shu darajada yig’ilib boraveradiki, ma‘lum vaqt o’tgandan so‘ng shu moddaning miqdori ruxsat etilgan me‘yordan oshib ketadi va insonga yoki shu suvda yashovchi tirik: organizmlar uchun xavfli bo’lib qoladi. Shundagina bu suv ifloslangan deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |