2.3. Suv rejimiga munosabatiga ko’ra o’simliklarning ekologik guruhlari
O‘tgan asrning oxirida A. Shimper va Ye. Varming suv rejimiga munosabatiga ko‘ra, o‘simliklarni 3 ta ekologik gruppaga: gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlarga bo‘lishni taklif etganlar. Biz yuqorida aytib o‘tgan quruq iqlim sharoitida o‘sadigan o‘simliklar uchun tipik bo‘lgan morfologik belgilar bu gruppalarning har aysisi uchun u yoki bu darajada xosdir. Quyida bu gruppalarga mansub o‘simliklarning gigromorf mezomorf va kseromorf tuzilishi haqida fikr yuritamiz.
A.P.Shennikov (1950) Shimper va Varmingan keyin o‘simliklarni quyidagi gruppalarga bo‘ladi: 1) gigrofitlar-soya va yorug‘da o‘sadigan; 2) kserofitlar-bular sukkulentlarga-suv zapas qiladigan to‘qimalari bo‘lgan seret, sersuv o‘simliklarga va sklerofitlarga- quruqroq, ingichka, qattiq o‘simliklarga bo‘linadi; 3) psixrofitlar-shimolda yoki baland tog‘li zonada nam va sovuq joylarda o‘sadigan o‘simliklar; 4) kriofitlar-shimolda yoki baland quruq va sovuq joylarda o‘sadigan o‘simliklar; 5) mezofitlar-namgarchilik o‘rtacha bo‘ladigan sharoitda o‘sadigan, gigrofitlar bilan kserofitlar orasidagi o‘simliklar. Ushbu klassifikatsi asoslanib, o‘simliklarning quyidagi asosiy tiplari bilan tanishamiz.
Gigrofitlar. Gigrofitlarga quruqlikda o‘sadigan o‘simlnklar kiradi, ularning ontogenezi suv bilan yaxshi ta’minlangan va havo namligi yetarli bo‘lgan sharoitda o‘tadi. Shuning uchun ular kuruqlikda yashash uchun hech qanday alohida anatomik-morfologik yoki fiziologik moslashuvga ega emas. Tropik o‘rmonlarning nam va issiq sharoitida o‘sadigan, shuningdek, bizdagi salqin o‘rmonlarda tarqalgan o‘simliklar gigrofitlarning tipik vakillari hisoblanadi. «Gigrofitlar» degan nomning o‘zi ular suv bug‘i bilan to‘yingan havo sharoitida o‘sishini ko‘rsatadi. Mo‘’tadil zonadagi gigrofitlarni 2 gruppaga bo‘lish mumkin: a) soya o‘rmonlarda o‘sadigan yupqa bargli gigrofitlar (adoksa, cho‘pxina va boshqalar) havoning yerga yakqin qatlamidagi namni saqlaydi. Havo quruq bo‘lsa, ular tez so‘lib qoladi; b) ochiq joylarda o‘sadigan yorug‘sevar gigrofitlar uchun tuproq va havo doim nam bo‘lishi kerak (kalujnitsa, boltiriq va boshqalar). Ular suv rejimining o‘zgarib turishiga kam moslashgan bo‘lib, tez so‘lib qoladi va suv bilan yaxshi ta’minlanmagan sharoitda ularning hayot faoliyati keskin pasayib ketadi. Bu o‘simliklarning kam shoxlanadigan ildizi va barglari aerenxima bilan ta’minlangan bo‘ladi. Barglaridagi ustunsimon parenxima va sklerenxima kuchsiz rivojlangan, kutikulasi esa bilinmaydi. Og‘izchalari ko‘pincha barglarining ikkala tomonida joylashadi, lekin ular orqali transpiratsiyaning tartibga solinishi kuchsiz ifodalangan. Bularning hammasi barglarning va butun o‘simlikning gigromorf tuzilish belgilaridir.
Kserofitlar. Bu ekologik gruppaning xossalari gigrofitlarnikiga qarma-qarshi bo‘ladi. Kserofitlar havo va tuproqning uzoq davom etadigan va anchagina kuchli quruqligiga aktiv holatda chidaydi. Ular quruq issiq iqlim zonalari (adirlar, cho‘llar, O‘rta dengiz oblastlari boshqalar) uchun tipik hisoblanadi. Issiqsevar kserofitlar (termokserofitlar) nam iqlim zonalarida ham, lekin, odatda kuchli isiydigan janubiy yonbag‘irlarda, ya’ni mezofitlar va gigrofitlar uchun noqulay bo‘lgan joylarda uchraydi. Kserofitlarning noqulay namlik sharoitiga chidamliligi ularning ayrim anatomik-morfologik belgilariga bog‘liq. Ana shu belgilariga ko‘ra, kserofitlar 2 gruppaga: sukkulentlar va sklerofitlarga bo‘linadi.
Sukkulentlar-barglarida yoki poyasida suv zapasi hosil qiladigan, parenximasi kuchli rivojlangan (agava, aloe, kaktus va boshqalar) ko‘p yillik sersuv, seret o‘simlik. Ildiz sukkulentlari ham bo‘lishi mumkin. (masalan, Ceiba parviflora). Floramizda sukkulentlar odatda, kam bo‘lib, ular asosan bargli sukkulentlardan iborat bo‘ladi. Bularga Sedum, Sempervivum, Cotyledon avlodining vakillarini kiritish mumkin. Lekin sukkulentlar Markaziy Amerika (kaktuslar) va qisman Janubiy Amerika (sutlama) cho‘llarining asosiy landshaft o‘simliklari hisoblanadi. Bu turlar yil davomida vaqt-vaqt bilan namgarchilik bo‘lib turadigan va qattiq qish bo‘lmaydigan oblastlar o‘simliklaridir.
Bu xildagi o‘simliklarniig sukkulentligi parenxima hujayralarining o‘sishi bilan bir vaqtda vakuolasining kattalashishi va hujayralararo bo‘shliqlar o‘lchamining keskin ravishda kichrayishiga bog‘liq. Sukkulentlarning ko‘p miqdorda suv to‘plashi va uni saqlashi hamda tejab-tergab sarflashi farq qiladigan asosiy xossasidir. Mak Dugoll kolonnasimon ko‘rnishdagi kaktus-sereus (bo‘yi 10m) tarkibidagi suv zapasini hisoblab ko‘rganda 3 mnng litrni tashkil qilgan. Uning o‘ziga xos moddalar almashinuvi natijasida tanasida hujayra shirasining suv saqlash kuchini oshiradigan pentoza tipdagi uglevodlar ko‘plab hosil bo‘lishiga bog‘laydilar. Bulardan tashkari sukkulentlarda transpiratsiya intensivligi juda past bo‘ladi, chunki kunduzi, odatda, ustitsa (og‘izcha)lari berk holatida bo‘ladi, bu esa suv sarflashning cheklash imkonini beradi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, sukkulentlar odatda, unchalik katta bo‘lmagan yuza joylashgan ildiz sistemasiga ega. Ular tuproqning yuza qatlamidagi namlikdan foydalangani uchun boshqa turdagi o‘simliklarning potensial konkurenti hisoblanadi. Cho‘l sukkulentlarida ildiz sistemasining so‘ruvchi qismi qurg‘oqchilik vaqtida, odatda, nobud bo‘ladi, natijada tuproqdan suv o‘zlashtirish xususiyatini yo‘qotib, o‘zidagi suv zapasi hisobiga yashaydi. Namgarchilik davri boshlanishi bilan o‘simlik tezda qaytadan so‘ruvchi ildizlar chikaradi. Shunga ko‘ra va o‘zida yuqori osmotnk bosimni rivojlantirish xususiyati yo‘qligidan sukkulentlar faqat vaqt-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib turadigan cho‘llarda yashaydi. Suvdan samarali foydalanish sukkulentlarga xos husiyatdir. Ular ko‘proq toshloq singari dag‘al tuproqlarda uchraydi. Qishi nisbatan sovuq va yog‘in-sochin kamroq bo‘ladigan, yog‘inning asosiy qismi kuzda va bahorda yog‘adigan janubiy cho‘llarimizda sukkulentlar, odatda, kam bo‘ladi. Mu’tadil o‘rmon zonasida esa sukkulentlar sekin o‘sishi va qish qattiq bo‘lishi tufayli ularning konkurentligi pasayib ketadi. Shunga ko‘ra, ular ko‘pincha o‘simlik qoplami siyrak bo‘lgan yoki umuman bo‘lmagan uchastkalarda o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |