To‘rtpog‘ona usuli doirasidagi harakatlar
4 pog‘ona deb quyidagi pog‘onalar ataladi. Ular davomida bir amaliyot o‘qituvchisi bir tinglovchi harakat qiladi:
1-pog‘ona: Amaliyot o‘qituvchisi nima qilish kerakligini tushuntiradi. U
tinglovchilarga ma’lum bir ish bosqichi yoki bir ko‘nikmani qo‘llash uchun kerakli barcha ma’lumotlarni beradi. Tinglovchilar esa amaliyot o‘qituvchisi og‘zaki tushuntirishlarini tinglashadi.
2-pog‘ona: Amaliyot o‘qituvchisi tushuntirilgan ish bosqichi qanday
qilinishi kerakligini ko‘rsatadi, tinglovchilar esa qarab turishadi. Odatda amaliyot o‘qituvchisi nima qilayotgani haqida tinglovchilarga izohlar berib boradi. YA’ni bu erda demonstratsiya (namoyish etish) tushunchasi ham ishlatilishi mumkin.
3-pog‘ona: Amaliyot o‘qituvchisi ko‘rsatib bergan ish bosqichini ko‘rsatilgan tarzda qaytaradilar. Amaliyot o‘qituvchisi ular qilayotgan ish yuzasidan o‘z fikrini bildirib, xatolarni to‘g‘rilab turadi.
4-pog‘ona: Har bir tinglovchi ish bosqichini ko‘rsatilgan tarzda qaytarib,
ko‘rganidan va ish bosqichini to‘g‘ri bajarish bo‘yicha amaliyot o‘qituvchisining
izohlarni tushunganidan keyin, bu ish bosqichi ko‘p marotaba mashq qilinadi
va kerakligicha, ya’ni maqbul natijaga erishilmagunicha takrorlanadi. Bundan keyin amaliyot o‘qituvchisi keyingi ish bosqichiga o‘tadi. Bu bosqich ham 4 pog‘onadan iborat. Bu 4 pog‘ona usulining asosiy belgisi shuki :
• amaliyot o‘qituvchisi tomonidan boshqarilgan nazariy va amaliy ma’lumot berish davrlari (fazalari) eng boshida turadi so‘ng esa tinglovchilarning harakatlari bilan almashinadi;
• tinglovchilarning harakatlari amaliyot o‘qituvchisi ko‘rsatib bergan harakatlar doirasi bilan cheklangan;
• tinglovchilar individual o‘rganishga (o‘zlashtirishga) yo‘naltiriladilar
• ish tashkillashtirishi (ish tartibi) odatda hech qanday yangicha yondashuvlarga yo‘l qo‘ymaydi.
“KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” METODI - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. CHunki, ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.
Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.
Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.
Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
Kichik guruhlar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |