1.2. Fikrlashning turlari va ularning o’ziga hos xususiyatlari.
Fikrlash jarayoniga bo’lgan an’anaviy nuqtai nazarda asosan tankidiy fikrlash, munozara, taxlil va mantiqqa e’tibor qaratiladi. Bu jabxalar juda katga ahamiyatga ega, lekin ularning barchasi — fikrlash jarayonining bir qismidan iborat.
Ravshanki, agar biz har qanday fikrlashni nazarda tutib, «tanqidiy fikrlash» atamasidan foydalansak, «tanqidiy» tushunchasiga hech qanday ehtiyoj qolmagan va shu tufayli biz bu atamani barcha o’ziga xos tomonlarini yo’qotgan bo’lar edik. «Tanqidiy»( critical ) so’zi yunoncha bo’lib, uning ma’nosi «qozi» (sudьya) ni bildiradi va adabiyotga lotin tilidan kirib kelgan. Lug’atda uni «talabchan», «qattiqqo’l», «injiq» iboralar sinonimlari sifatida aniqlaydi. Ko’pincha «tanqidiy» so’zi nimanidir yaxshi yoki yomon deb baxolashda qo’llaniladi. Lekin masalaning bunday qo’yilishi tanqidiy fikrlashning asosiy qiymatini pasaytiradi va mohiyatini ochib bera olmaydi.
Ta’rifda foydalaniladigan tanqidiy so’zi baxolash komponentini nazarda tutadi. Ayrim hollarda bu so’z biror narsaga salbiy munosabatni bildirish uchun qo’llaniladi. Masalan: «U filьmga o’ta tanqidiy munosabatda bo’ldi», — deyilganda. Lekin baho ham ijobiy, ham salbiy munosabatlarning konstruktiv ifodasidan iborat bo’lishi mumkin va shunday bo’lishi shart. Biz tanqidiy fikrlaganimizda o’z fikrlash jarayonlarimizni (natijalarini qabul qilgan qarorlarimizni qanchalik to’g’riligini yoki qo’yilgan masalani qanchalik muvaffaqiyat bilan xal qilganimizni) baxolaymiz. Tanqidiy fikrlash shuningdek fikrlash jarayonining o’zini ham baholashni qamrab oladi. Bunda bizni xulosalarimizga olib kelgan muloxazaning qanday o,\ib borilganligi yoki biz qaror qabul qilishda inobatga olgan omillarga baho beriladi.
Tanqidiy fikrlash ba’zi hollarda yo’naltirilgan fikrlash deb ham ataladi, chunki u kutilgan natijani olishga mo’ljallangan bo’ladi. Biz hech qanday aniq maqsad g’^ymay shutullanadigan orzular, tushlar va fikrlash faoliyatining boshqa ko’rinishlari tanqidiy fikrlash toifalariga mansub emas. Masalan, biz ertalab o’rindan turib, tishimizni yuvib, tanish yo’l bilan maktabga yoki ishga ketaetganimizda, bizning fikrlashimiz ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lsada, biz bajarayotgan harakatlarni ongli baxolashni deyarli o’tmaydi. Bularning barchasi yo’naltirilmagan yoki avtomatlashgan fikrlashga oid misollardir.
Tanqidiy fikrlashning muxim afzalligi, e’tiborsiz bildirilgan fikrlarni, noaniq tushunchalarni va yolg’on argumentlarni fosh qilishidir. Lekin uning kamchiligi yaratuvchi va konstruktiv kuchga ega emasligidan iborat. Tanqidiy fikrlash g’oyangizni mustahkamlashga qodir, ammo konstruktiv, yaratuvchi fikrlash bilan ta’minlamaydi. Tanqidiy fikrlashni go’yoki mototsiklning bir g’ildiragiga qiyoslash mumkin. Uni ijodiy darajagacha rivojlantirish — mototsikldagi ikkinchi g’ildirak bo’lib xizmat qilishn uchun zarur. Misol keltiramiz: Suv alangani o’chiradi. Suv — bu suyuqlik. Benzin — bu suyuqlik. SHuning uchuya benzin alangani o’chirnshi kerak.
Tanqidny fikrlash muloxaza yuritishdagi shu kabi klassik xatolarga e’tibor beradi. Alisher anjirni juda yaxshi ko’radi, Alisher o’g’il bola. Rustam ham o’g’il bola, shuning uchun u ham anjirni yaxshi ko’rishi kerak. Bunday xulosaning noto’g’riligi o’z —o’zidan ko’rinib turibdi,
Mulohazalar boshqa yo’l bilan olib borilishi mumkin:
Bizga ma’lum bo’lgan barcha suyuqliklar (suv, sut, sharbat) alangani o’chiradi. Extimol, alangani o’chishiga ularning "suyuq" tabiati sababchidir, chunki u xavoni alangaga yaqinlashishidan mahrum qiladi.
Benzin biz uchun — noma’lum bo’lgan suyuqlik (xozirga qadar uchramagan), demak, u ham alangani o’chiradi, — deb faraz qilish mumkin.
Muloxaza yuritishning shunga o’xshash induktiv zanjiri juda to’g’riday bo’lib ko’rinadi, faqat benzindan foydalanish shaxsiy tajribasi yoki benzin haqidagi bilimlargina bizni bunday emasligiga ishontira oladi.
G’arb mamlakatlari xalqlarining fikr yuritishida an’anaviy ravishda tanqidiy jabha kuchli. Bu an’ana o’z ildizlari bilan Renessans davrida tug’ilgan qadimgi yunoncha fikrlashning o’ziga xos tomonlarini, shuningdek cherkov mutafakkirlari dinsizlar bilan kurashmoq uchun har qanday yo’llarini qidirnb topgan o’rta asrlarga borib qadaladi.
Psixologiya va u bilan aloqador bo’lgan fanlarning mutaxassislari tomonidan tanqidiy fikrlash atamasiga berilgan bir qancha ta’riflar mazmun jihatidan bir birlariga anchagina yaqin. Mana ularning g’oyaviy mazmunini bera oladigan eng sodda ta’riflaridan biri:
Tanqidiy fikrlash – bu g’oyalarni ishlab chiqishda mantiqqa asoslangan, yakuniy natijani olish extimolini oshiruvchi kongnitiv texnika va strategilardan keng foydalanish jarayonidir.
Bu ta’rif tanqidiy fikrlashni nazorat qilinuvchanligi, asoslanganligi va maqsadga yo’naltirilganligi bilan fikrlashning boshqa turlaridan farqini xarakterlaydi. Bunday fikrlashga ko’pincha masalalarni hal qilishda, xulosalarni shakllantirishda, ehtimoliy baholash va qarorlar qabul qilishda murojaat qilinadi. Boshqa ta’riflar yuqoridagiga qo’shimcha ravishda tanqidiy fikrlash uchun quyidagilarni xarakterli deb ko’rsatadi: mantiqiy fikr yuritish o’zaro muvofiqlashtirilgan mantiqiy modellar yaratish va moslangan qarorlar qabul qilish, qarorlar qandaydir bir bildirilgan fikrni qabul qilish yoki qilmaslik, yoki unga qarab chiqishni ma’lum vaqtga kechiktirishga taalluqli bo’lishi. Bu ta’riflarning barchasi muayyan bilishga oid masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan psixologik faollikni nazarda tutadi.
Odamlar nimalarni qilishga qodirlar-u, amalda nima qiladilar, buni farqlash juda muhim. Bunday farq imkoniyatlar bilan harakatlar orasidagi farq deb ataladi. Mabodo ulardan foydalanmaydigan bo’lsak, tanqidiy fikrlash malakalarini o’zlashtirishning ma’nosi bo’lmaydi rivojlantirishga nisbatan ahamiyati kam emas. Sirs va Parsons maxsuldor fikrlashga yo’naltirishni muhimligini ta’kidlashga xarakat qilib, tanqidiy fikrlashni etika nuqtai —nazaridan ta’riflaganlar.
Ko’p hollarda odamlar tanqidiy fikrlay olmaganliklari uchun emas, balki shunday qilishni hoxlamaganliklari uchun xatoliklarga yo’l qo’yadilar. O’z fikrlash imkoniyatlariday yaxshi va o’rtacha foydalanadigan odamlar va shunga mos kuchli va kuchsiz o’quvchilar orasidagi asosiy farqlardan biri ularning o’z imoniyatlariga bo’lgan munosabatidir. Tanqidiy fikrlashni qo’llaydigan odamga quyidagi sifatlar xos:
1. Rejalashtirishga tayyorgarlik
2. Moslashuvchanlik
3. Maqsadga intiluvchanlik
4. O’z xatolarini tuzatishga tayyorgarlik
5. Anglash
6. Kelishtiruvchi qarorlarni qidirish
Tanqidiy fikrlashga yo’naltirishning eng katta qiyinchiligi shundan iboratki, odamlar qachon beixtiyor harakat qilayotganliklarini yoki shablon asosida fikrlayotganliklarini ko’pincha anglab yetmaydilar. Mak Tay bu muammoni quyidagicha tasvirlagan :
"o’quvchilar o’qiganlarini miyasiga dastla6 kelgan talqini bilan qanoatlanadilar va ulardan o’z nuqtai nazarlarini tushurtirish yoki asoslash so’ralsa chindan ham tashvishga tushganday ko’rinadilar. Ularning ko’pchiligi shunga ham qodir emas: hatto boshqalarga nisbatan yaxshi javob berganlari ham masalalar yechishning tayyor strategiyalaridan foydalanib, tanqidiy fikrlash malakalariga juda oz darajada murojaat qiladilar".
Tanqidiy fikrlash malakalari — u qo’yilgan maqsadga yetishga yo’l topish imkonini beruvchi usullar yoki operatsiyalar majmuasidan iborat. Albatta, uzluksiz ravishda ro’y beruvchi fikrlash jarayonini bir qator bo’laklangan operatsiyalarga ajratish juda sun’iy bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin bunday qilinishi tanqidiy fikrlashga oid keng mavzuni ishlashga qulay tarkibiy qismlarga ajratish uchun zarur. Qismlarga ajratish materialni yaxshi o’zlashtirish uchun kerak bo’lib, u aslo tanqidiy fikrlash jarayonini aloxida olingan elementlar ko’rinishida tasavvur qilish mumkin, — deb hisoblamaydi.
Ma’lum usullarni qo’llash tanqidiy fikrlashni bir muncha soddalashtirishidan qatьiy nazar, uni tasavvur qilishning qulay yo’lidir. Tanqidiy fikrlashga o’rgatish quyidagi ikki farazga asoslanadi: a) fikrlashni muayyan ko’nikma va usullari mavjud va talabalarni ularni bilishga va kerakli darajada foydalanishga o’rgatish mumkin; b) agar talabalar buni uddalay olsalar, yanada samaraliroq fikrlay boshlaydilar.
Jismoniy ko’nikmalarni egallash kabi, fikrlash ko’nikmalarini egallash uchun ham, maxsus o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tkazish, natijalarga ega bo’lish va vaqt talab qilinadi.
Yo’l qo’iilishi mumkin bo’lgan xatoliklarga chap berish yo’li bilan yaxshi fikrlovchini tarbiyalash mumkinmi? Albatta yo’q. Agar biz kursantni trassada yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatoliklardan qochishga o’rgatsak undan yaxshi haydovchi chiqadimi? Yo’q. Xato qilmaslikning eng sodda yo’li mashinani garajda qoldirish; shunda yo’l qo’iilishi mumkin bo’lgan har qanday xatoning oldi olinadi. Xatosiz boshqarish faqat mashina biror joyga ketayotgandagina ahamiyatga egadir. Xuddi shu kabi, tanqidiy fikrlash ham qachonki u bilan birga inson konstruktiv va yaratuvchanlik fikrlash qobiliyatiga ega bo’lsagina, ahamiyatta ega bo’ladi. Agar ot bo’lmasa, tizginni nima xojati bor?
Bu juda muxim e’tiroz, chunki ko’p pedagoglar o’quvchilarni tanqidiy fikrlash malakalarini hosil qilishnin deb hisoblaydilar, Bunday fikrlash, uning reaktiv turiga urg’u beruvchi an’anaviy nuqtai nazar bilan hamohangdir.
Tanqidiy komponent umumiy fikrlash jarayonining ajralmas qismi sifatida juda muxim. Lekin u - fikrlashning bir qismigina xolos: avtomobil g’ildiragi alohida olinganda befoyda, lekin bu xolat g’ildirak butunlay keraksizligini bildirmaydi.
Faqat tanqidiy fikrlash bilan cheklanib qolish xavf — xatardan xoli emas. O’ta aqlli insonlar shu kabi qopqonga tushib qolib, zamonaviy jamiyat uchun zarur bo’lgan konstruktiv va yaratuvchan fikrlashlarini rivojantirmaydilar. Maktab xam, kollej xam, hattoki oliy o’quv yurti ham fikrlashning .konstruktiv va yaratuvchan qirralarini rivojlantirishga e’tibor berib, vaqt ajratmaydilar: bu maskanlarda shunchaki fikrlashga o’rgatamiz degan ishonch bor, Tanqidiy fikrlash xavfli takabburlikni tug’dirishi mumkin, chunki xatolar va kamchiliklardan xoli bo’lgan fikrlash, agar u mos bo’lmagan axborotga va noto’g’ri qabul qilishga asoslangan bo’lsa xam, avtomatik ravishda to’g’ri fikrlash, deb kabul qilinadi. Ijodiy va yaratuvchan fikrlash bilan mustaxkamlanmagan tanqidiy fikrlash, yangi zarur g’oyalarni paydo bo’lishini yanada murakkablashtiiradi.
SHunday qilib, ta’kidlash mumkinki, tanqidiy fikrlashdan tashqari bizga yaratuvchan — konstruktiv turdagi fikrlash ham zarurdir. Taxlil qilishdan tashqari ijod va ixtiro qilish mahorati xam zarur. Mantiqqa qo’shimcha yaxshi idrok etish qobiliyatiga ham ega bo’lish kerak.
Kollej va akademik littseylarda tashkil etilgan o’quv jarayoni yuqoriroq darajadagi psixik xolatni faollashtirishga, ya’ni, mahsuldor va ijodiy — izlanuvchan darajalarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Fikrlashning mahsuldor darajasi ko’p ma’lumotlarni o’zlashtirish, yodda saqlay olish va ma’lum bir sohadagi bilimni boshqa soxa masalalarini hal etashda samarali qo’llash jarayonlarida namoyon bo’ladi.
Amerikalik ixtirochi olim Edison kasbdoshlari, ayniqsa nazariyotchilarga «ayyorona ahlli» savollar bilan murojaat qilib, ularning boshini qotirishni xush ko’rardi. Kunlardan bir kun u matematik Eptonga shishakolbaning hajmini zudlik bilan aniqlab berishini iltimos qmladi-Ko’p bosqichli matematik usullar va murakkab hisoblash jarayonidan (bir soatdan ortiq vaqt sarflab) so’ng Epton topshiriqni qoyil qilib bajarganini mag’rurona ko’z—ko’z qilib hisobli yozuvni Edisonga uzatadi. Bunga javoban Edison kolba hajmini juda oson yo’l bilan (deyarli bir necha soniyada) Arximed qonunini qo’llab, yuqori aniqlikda olingan natijani namoyish etib, do’stini xayron qoldiradi.
Mahsuldor fikrlash bilan mahsuldor o’zlashtirishning tub moxiyatini anglay bilmoq zarur. Maxsuldor o’zlashtirish natijasida ko’p bilimga ega bo’lishning o’zi mahsuldor fikrlashga yetarli asos bo’la olmaydi. Fikrlash o’ta murakkab dinamik xususiyatga ega ekan, maxsuldor fikrlash xam, fikrlashning boshqa turlari kabi, o’zining rivojlanish omillariga ega. Bular ichida eng muhimi, bizning fikrimizcha, ijodiy farazlashdir.
Qishloq maktablarning birida sakkizinchi sinf o’quvchilari orasida
Alisher, A’zam va Anvar matematik masala va misollarni yechishda «ustasi farang» hisoblanardilar, va mos ravishda birinchisini «vunderkind», ikkinchisini «tirishqoq», uchinchisini esa «epchil» deyishardi. Albatta, bu laqablarda ma’lum darajada ularning qobiliyatlari aks ettirilgan edi.
O’qituvchi masala shartini e’lon qiladi: maktab hovlisidagi basseyn to’rt tarafdan quvurlarda oqib keladigan suv bilan to’ldiriladi. Birinchi uchta quvurdan oqqan suvga basseyn 6 minutda, oxirgi uchtasidan oqqan suvga 20 minutda, birinchi va to’rtinchi quvurlarning birga ishlashida esa — 30 minutda to’lsa, hamma quvurlar baravar ishlaganda basseyn necha mimutda to’ladi?
Alisher doskaga chiqib tenglamalar tuza boshladi. SHu payt Adham—«krossvord» (darslarda uncha ajralib turmaydigan, o’rta miyona o’quvchi) «Javob tayyor, 8 minutda, muncha kichikina basseyn bo’lmasa?», — deb sinfga yuzlanadi. Alisher: «Adxam masalani javobini bilar ekanda» — deb hayron bo’ldi. SHuida Adham: «Bu juda oddiy—ku! Qaranglar, basseyn to’lishida barcha quvurlar ikki martadan ishtirok etmoqda, jami sakkizta quvur, bir minutda to’rtdan bir hajm, to’rt minutda esa to’la hajm, agar quvurlarni to’rtta ekanligini e’tiborga olsak, 8 minut... vassalom».
Ofarin, ko’rinishidan qiyinroq, ikki—uch bosqichda tenglamalar sistemasi bilan yechiladigan masala, oddiygina oltinchi sinf hajmidagi «kasrlarni qo’shish» usuli bilan hal qilindi. Bu yerda Adhamning har narsaga qiziquvchan va e’tiborliligi qo’l keldi. U masalani mahsuldor fikrlash
evaziga ijodiy hal qildi. Boshqacha qilib aytganda, mantiqdan ko’ra ijodiy faraz ustun keldi. Mahsuldor fikrlashda xayolan faraz qilish, fantastik hodisa va voqealarni ko’z oldiga keltira bilish muhim ahamiyatta ega bo’lib, bular og’ushida insonning noan’anaviy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. SHunday qilib, maxsuldor fikrlash deb g’oyalarni ishlab chiqishda nafaqat mavjud mantiqiy bilimlarni to’la ishga solish, balki ularning ba’zi tashkil etuvchilarining samaradorligini oshirish jarayoniga aytiladi
Endi fikrlashning yana bir turi- lateral fikrlash xaqida so’z yuritsak. Fikrlashning bu turi E.De Bono tomonidan ishlab chiqilgan. U vertikal (tanqidiy) fikrlashni muvozanatlovchi gorizontal (lateral) fikrlash mavjudligini asosladi. Vertikal fikrlash yagona qabul qilinishi mumkin bo’lgan yechimni tanlab, muammoni hal qilishning qolgan barcha variantlarini tashlab yuboradi. Lateral fikrlash esa keyinchalik tanlab olish uchun •imkoni boricha ko’p sondagi alьternativ variantlarni yaratishga yo’naltiriladi, ya’ni yon tomondan, aylanma yo’llarni qidiradi, Lateral fikrlashning maqsadi g’oyalarni generatsiyalashdir.
Agar siz yon strukturalarga kirishni udallab olsangiz, demak siz, shubhasiz, hazil —mutoyiba hissi yoki ijodiy asos sohibisiz. Barcha ahamiyatli yaratuvchan g’oyalar mantiqiy asoslangan bo’lishi kerak, lekin bu dastlabki ma’lumotlardan mantikiy yo’l bilan ularni olish imkoniyati mavjud degan ma’noni bildirmaydi.
"yon yo’laklarga chiqish uchun" ikki usuldan foydalanish mumkin. Bularning birinchisi ig’votariqa g’oyalar va o’tish kombinatsiyalaridan iborat. Biz ig’votariqa g’oya deb, — haqiqiy hayotdan butunlay uzilgan, hatto to’g’riga o’xshashlikka da’vo ham qilmaydigan g’oyani ataymiz. Uni bildirayotib o’z taxminingizni ig’votariqa g’oya sifatida belgilashni unutmang. Keyin biz toptalgan -- ilgaridan aniq bo’lgan yo’ldan yon yo’lakchaga (yangi g’oyaga) burilamiz. O’tish mulohazadan farq qiladi. Mulohaza yangi fikrni bizning eski tasavvurlarimiz bilan solishtirish va shunday tekshiruvlar dosh berolmagan g’oyalarni tashlab yuborishdan iborat. O’tishdan foydalanib biz mulohazalar tizimi doirasidan chiqib ketamiz. Qandaydir g’oyani o’rganayotib, biz faqat oldinga qarab ilgarilash yo’lini izlaymiz.
Ig’votariqa g’oyalar ilgari surishning yana boshqa usullari ham mavjud, masalan tashqaridan olish, ag’darish, chetlashtirish, hohlanilganni haqiqiy deb qabul qilish va qo’zg’atuvchi g’oyalar.
Ig’votariqa g’oyalardan konstruktiv g’oyalarga o’tishga imkon beruvchi qator usullar mavjud: umumiy tasavvur hosil qilish, batafsil (qadam — baqadam) kuzatish, tamoyil belgilash e’tiborni farqlarga mujassamlashtirish, ahamiyatlisini qidirish va qizikarli holatlarii nazardan chetda qoldirmaslik.
Lateral (nostandart) fikrlashning bu vositalari amalyotda qo’llashni talab qiladi, shundan so’ng qaerda yangi g’oyani ilgari surishga ehtiyoj tug’ilsa undan ong’li foidalanishmumkin.
Lateral fikrlash g’oyalarni ishlab chiqarishda intellekt (mantiqiy bilim) imkoniyatlari doirasida chetdan har tomonlama ko’ra bilish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |