MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................
I BOB O’QUVCHILARNI MAKTAB SHAROITIDA IJODKORLIKKA O’RGATISHNING PEDAGOGIK NAZARIY ASOSLAR……………………….. .
1.1.O’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatish – ijtimoiy pedagogik muammo sifatida
1.2.Fikrlashning turlari va ularning o’ziga hos xususiyatlari..............................................
1.3. Ijodiy fikrlashning o’ziga hos xususiyatlari.
Birinchi bob bo’yicha xulosa..............
II BOB O’QUVCHILARNI MAKTAB SHAROITIDA IJODKORLIKKA O’RGATISHNING PEDAGOGIK SHART- SHAROITLARI
2.1. O’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatishning pedagogik– psixologik jixatlari.
2.2.O’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatish printsiplari
2.3. O’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatish situatsion - o’yinli metodlari
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
III BOB TAJRIBA SINOV ISHLARINING TASHKIL QILISH VA ERISHILGAN NATIJALAR TAHLILI
3.1. Tajriba-sinov ishlari mazmuni va taxlili
3.2. Tajriba-sinov ishlarining yakuniy ko’rsatkichlari va ularning samaradorligi
Uchinchi bob bo’yicha xulosa
XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVALAR
KIRISH
Magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon ta’lim tizimida shaxsning ijodiy faoliyatini rivojlantirish yaxlit uzluksiz ta’limning muhim xususiyati sifatida yanada takomillashtirish, o’quvchilarining tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishning metodik kompetentligini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda o’quv mashg’ulotlari samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Buyuk Britaniya (University of Cambridge), AQSH (Harvard University), Germaniya (University of Haidelberg), Angliya (University of Oxford), Janubiy Koreya (Adju universiteti) universitetlarida innovatsion strategiyalarni o’quv mashg’ulotlariga qo’llash asosida o’quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish ishlari samarali olib borilmoqda.
Dunyoda shaxsning ijodiy faoliyatini rivojlantirish shakllantirish kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishda yangi ijtimoiy ehtiyoj va zamonaviy talablarga javob beradigan ijodkor kadrlarni tayyorlashni taqozo etmoqda. Xalqaro miqyosda shaxsning ijodkorlikka tayyorgarligini rivojlantirish va metodik amaliyotini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etib, xalq ta’limi tizimini modernizatsiyalash, bugungi kun talablariga mos ravishda integratsiyalash, kompetentsiyalarga asoslangan ta’lim dasturlarini joriy etish, o’quvchilarining ijodkorlik faoliyatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi ilg’or innovatsion mexanizmlarni ishlab chiqish dolzarb muammo sifatida e’tirof etilmoqda.
Respublikamizda ta’lim mazmunini yangilash hamda ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirish bo’yicha olib borilgan islohotlar bugun o’z samarasini bermoqda. Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitidan samarali foydalanib, o’quvchilarni ijodiy faoliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning samarali natijasi ularda mustaqillik, faollik, maqad sari intilish, jamoa yoki mikroguruhlarda tengdoshlari bilan faol muloqotga kirisha olish, o’yin, ta’lim va mehnat jarayonida hamkorlikka erishish, shuningdek, jamoa a’zolarini uyushtirish, ularni yagona maqsad atrofiga birlashtirish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirishda ijodkorlikni yuza chiqara olish kabilarning samarali shakllanganligi bilan belgilanadi.
2019 yil 8 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son Farmonlari, 2019 yil 30 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4467-son qarori O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-son farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2909-son qarori, 2018 yil 13 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3907-son qarori hamda ushbu faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |